Tayanch iboralar
Lokal, global tarmoqlar, portativ Kompyuterlar, almashtirish tezligi, masshtablashtirish, optotalali aloqa. World Wode Web (WWW), mustahkamlikni ta’minlash interaktiv xizmatlar.
Adabiyotlar
Gavrilov M.V. Informatika informatsionnыe texnologii: Uchebnik dlya studentov vuzov. - M.: Gardariki, 2006. - 655 s.
Davudova L.A. Informatsionnыe sistemы v ekonomike v voprosax i otvetax: Uchebnoe posobie. – M.: TK Velbi, Izd-vo Prospekt, 2006. – 280 s.
Golitsыna O.L., Maksimov N.V., Partыka T.L., Popov I.I. Informatsionnыe texnologii: Uchebnik. – M.: FORUM: INFRA-M, 2006. – 544 s.
Informatsionnыe sistemы i texnologii v ekonomike i upravlenii: Uchebnik / Pod red. Prof. V.V. Trofimova. – M.: Vыsshee obrazovanie, 2006. – 480 s.
http://WWW.ibc.mese.ru/
INTERNETGA KIRISH VA UNDA ISHLASH
Internet bilan ishlashga tayyorlanish.
Internetda qidiruv.
5.3. Internetda xulqiy qoidalar.
Internet bilan ishlashga tayyorlanish
Internet muhitida ishga tayyorlash jarayoni bir necha bosqichlardan tashkil topgan:
Internet da ishlash uchun Windows ni sozlash;
Tarmoqga ulanish;
Server - xizmati bilan aloqani ta’minlash;
Internet dan aloqani uzish
Windowsni sozlash tamoyillari. Internet muhitida samarali ishlash uchun foydalanuvchilarning Kompyuter vositalari kerakli tarmoq operatsion sistemalari bilan ta’minlangan bo’lishi kerak. Hozirgi vaqtda Internetning barcha dasturiy instrumental (asbob) vositalari Windows 95 va uning to’ldiruvchilariga o’rnatilgan. Windows 95 ni sozlashning asosiy tamoyillari Internetga kirish va uni sozlashning imkoniyatlarini ancha kengaytirib beradigan Microsoft plus ni o’z tarkibiga olgan to’ldiruvchilarda joylashgan. Microsoft plus Windowsga qo’shicha ravishda mavzu tushunchasini va boshqa ko’z bilan ko’rish imkoniyatlarini beradi. SHu bilan birga ekranning ishchi qismini xoxishga qarab sozlash, telefon qo’ng’iroqlarini tarmoqdagi boshqa Kompyuterlardan Dual.Up.Server sistemasi asosida qabul qilish imkoniyatlarini beradi. Internet bilan aloqani sozlash uchun eng yaxshi usul hisoblangan Internetga tez kirishning vositalar yig’indisi - Internet Jumpstart Kit (IJK) Microcoft Plus ning eng muhim sifatidir. O’z navbatida IJK Internet Setup Wizard (ISW) - Internet ko’rsatmalari masteri (ustasi), Internet Explorer (Internet provodnigi) va Internet Mail Service for Microsoft Exchange (elektron pochta)larni ulaydi. Hozir Windows 95ni barcha eski versiyalarining hammasida bu vositalar uning tarkibiga kiritilgan emas. Ular asosiy operatsion sistemani o’z ichiga olgan maxsus disketlarga yozilgan. SHu bilan birga oldindan Windows 95 sistemasi o’rnatilgan ko’p zamonaviy Kompyuterlar Microsoft plus vositalariga ega. Ular Windows 95 ning kelajakdagi versiyalariga albatta kiritiladi.
IJK va ISW vositalari asosida Internet bilan bog’lanish va unda ishlash uchun Windows 95 ni sozlashning asosiy tamoyillari va ishlash tartibi quyidagicha (12-rasm):
1. Internet Setur Wizard (TSW)ni ishga tushirish: menyu Start (pusk) - Programms (programmalar) - Accessoires (qo’shimcha vositalar)-Internet Tools (Internet instrumentlari). Kirishni o’qib bo’lgach, Next (Dalee) tugmachasini bosish darkor.
2. Connect Using My Phone Lina (telefon liniyasi orqali ulanish)ni tanlang va NEXT tugmasini bosing. Master tarmoqga ulanish tipidagi savol yozilgan dialog oynasini ochadi.
3. I Already Have on Account With o Different Service Provider (Menda boshqa servis markazi bilan shartnoma bor)ni tanlang. Next tugmasini bosing. Master sizdan servis markazining nomini so’raydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |