YAHOO http://www.yahoo.com/ Taniqli va foydalanishga qulay qidiruv tizimi. SHuning uchun uning foydalanuvchilari ko’pchilikni tashkil etadi.
hycos http://www.hycos.com/ 1994 yilning oxiridan ishlaydigan qidiruv tizimi. Eng keksa ommaviy qidirish tizimlaridan biri bo’lib, keng foydalanuvchilar darajasiga ega.
Rambler http://www.ramler.ru/ Rossiya eng katta qidiruv tizimi 10.500 Rossiya serverlarida qidiruv olib boradi.
ALTA Vista http://www.alta vista.com/ Eng quvvatli qidiruv tizimi bo’lib, uning foydalanuvchilar doirasi juda keng.
Yandex http://www.yandex.ru/ 9000 ta Rossiya serverini o’z ichiga olgan qidiruv tizimi.
O’zbekistondagi qidiruv tizimlari:
ASSALOM Internet http://www.assalom.uz/ O’zbekistondagi birinchi qidiruv sistemasi resurslarni ko’paytirish imkoniyatlari mavjud.
Welcome to Uzbekistan http://www.gov.uz/ O’zbekiston Respublikasi hukumati sahifasi rasmiy axborot, Oliy Majlis qarorlari haqida ma’lumot beradi.
Uzbekistan Reference http://www.book.uz/ O’zbeksiton Respublikasi haqidagi axborotni o’z ichiga oladi.
Kommunikatsion xizmatga E–mail, Telnet, UseNet va h.k. xizmatlar kiradi.
E–mail (elektron pochta) aniq Kompyuter manzili bo’yicha bir–biridan turli xil masofada bo’lgan foydalanuvchilar orasida tez ulashib va katta hajmdagi axborotlar bilan almashish imkoniyatini beradi.
Telnet–boshqa Kompyuter bilan aloqaga kirishni ta’minlaydi. Telnet orqali aloqani o’rnatish foydalanuvchi go’yoki “o’ziniki” bilan ishlayotgandek ishlashi mumkin, ya’ni nazariy jihatdan barcha resurslarga ega bo’ladi.
Telnet dasturi foydalanishga juda qulay. Uning yordamida tarmoqga ulangan biron–bir Kompyuter bilan aloqa o’rnatish uchun uning Internetdagi to’liq manzilini bilish kifoya.
Global tarmoq xizmatlarining ikki turi turli serverlarga Telnet orqali bog’lanishni talab etadi. Kutubxona kataloglari va elektron e’lonlar taxtasi (BBS).
UseNet–tele-anjumanliklarni dunyo bo’yicha barcha kompьterlar o’rtasida tarqatish uchun ishlab chiqilgan edi. Keyinchalik u butunlay Internet–global tarmoqga uyg’unlashib ketdi va endilikda Internetda barcha xabarlarni tarqatishini ta’minlamoqda. UseNet Internetdan foydalanuvchilar uchun telekonferentsiya deb nomlangan guruhiy munozaralarda ishtirok etish imkoniyat yaratuvchi izmdir. Telekonferentsiya (teleanjumanlar) ierarxik tamoyil asosida tuzilgan bo’lib, yuqori darajaga yettita asosiy protakonlar (rukn) to’g’ri keladi. Natijada, fayl tizimlari eslatuvchi daraxtsimon shakl yuzaga keladi.
Asosiy ruknlarni quyidagilarga ajratish mumkin.