Boshlang`ich sinfda axborot texnologiyalari


-ilova GLOBAL HISOBLASH TARMOQLARI



Download 45,93 Mb.
bet141/201
Sana30.05.2022
Hajmi45,93 Mb.
#619905
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   201
Bog'liq
amaliy

4-ilova
GLOBAL HISOBLASH TARMOQLARI

4.1. Lokal tarmog’ining global tarmog’idan farqi.


4.2. Lokal va global tarmoqlarni birlashtirish tendentsiyalari.
4.3. Global tarmoqning yuqori darajadagi xizmatlari.
4.4. Global tarmoq turlari.


Lokal tarmoqni global tarmoqdan farqi

Ikki lokal va global tarmoqlarning farqini aniqlamoq uchun, avval, ularning vazifalari, arxitekturasi bilan tanishib chiqamiz.


Lokal tarmog’i, bu shunday tarmoqni, bularda Kompyuterlar orasidagi masofa bir necha metrdan bir necha yuz metrni tashkil etadi. Lokal tarmog’i markaziy Kompyuter – serverdan va ishchi stantsiyalardan tashkil topgan. Lokal tarmoqlarda axborotlar faqatgina ikki yo’nalishda, ya’ni o’zaro emas balki ishchi stantsiya va serverlar orasida, harakatlanadi. Lokal hisoblash tarmoqlari katta takomillarda axborolar, hujjatlarni almashtirish uchun ishlatiladi. Lokal tarmoqlari asosan bitta binoda joylashadi, foydalanuvchilar umumiy ma’lumotlardan foydalanib, birgalikda oldilariga qo’yilgan masalalarni bajaradilar. Lokal tarmoq - kabellar vositasi yordamida o’zaro bog’langan bir necha Kompyuterlar guruhidan tashkil topgan.
Lokal tarmog’idan foydalanish quyidagilarni amalga oshiradi:

  • tarmoqga ulangan foydalanuvchilarni jamoa bo’lib, ma’lumotlarni qayta ishlash va ular o’rtasida ma’lumotlarni almashtiramiz;

  • dastur, printer, modem va boshqa qurilmalardan birgalikda foydalanish, ya’ni Kompyuter resurslarni tejash va ishda ko’p qulayliklar yaratish.

Portativ Kompyuterlardan foydalanuvchilar firmaning lokal tarmog’iga yoki ofisga kelib yoki firma Kompyuteri bilan modem vositasi yordamida telefon kanallari orqali ulanishi mumkin.
Lokal tarmoqlari bir–biriga yaqin joylashgan Kompyuterlarni birlashtiradi. Ammo ko’pgina korxonalar shaxslarning tur-turli qismlarida yoki turli shaxslar va mamlakatlarda o’zining bo’limlariga (podrazdeliga) ega bo’ladilar. Bu holda samarali ishni tashkil etish uchun, ular o’zlarining bo’limlarini yagona tarmoqga birlashtirishni talab etadi. Bunday tarmoqlar taqsimlangan tarmoqlar deyiladi.
Lokal tarmoqlar turli fan sohasida, texnika va ishlab chiqarishda keng tarqaldi. Ayniqsa,, lokal hisoblash tarmog’i jamoa loyihalarini murakkab kompleks dasturlarni ishlab chiqishda keng foydalaniladi. Bu esa LXT bazasida avtomatlashtirilgan loyihalashni yaratishga imkon beradi va bozor iqtisodi sharoitida raqobatbardosh mahsulotlarni yaratib, uni tezda modernizatsiyalashtirib realizatsiya qilishni ta’minlaydi.
Lokal hisoblash tarmog’i, shuningdek,, tashkiliy iqtisodiy boshqarish tizimlarida yangi axborot texnologiyalarni amalga oshirishga imkon beradi. Universitet o’quv laboratoriyalaridan lokal hisoblash tarmog’i o’qitish sifatini oshiradi va zamonaviy intellektual o’qitish texnologiyasini joriy etadi.
Global tarmoq turli kontinentdagi turli mamlakatlar abonentlarini birlashtiradi. Bu tarmoq abonentlari o’rtasidagi o’zaro aloqa telefon aloqa yo’llari, radio aloqa, sun’iy yo’ldosh aloqasi orqali amalga oshiriladi. Global tarmoqlar 10 – 15 km naridan joylashgan EXT va tarmoq uzellarini yo’ldosh kanallari orqali amalga oshiriladi. Global tarmog’i barcha insoniyatning axborot resurslarini birlashtirish muammosini yechadi va bu resurslarga kirishni tashkil etadi.
Global tarmoq barcha Kompyuterlarni ma’lumot almashuvini ta’minlaydi. INTERNET–global tarmoq faqatgina ayrim Kompyuterlar orasida bog’lanishni tashkil etib qolmasdan, u yana Kompyuterlar guruhlarini ham bir–biri bilan bog’lanishga yo’l beradi. Agarda birorta mahalliy tarmoq globalga ulangan bo’lsa, unda uning har bir ishchi stantsiyasi ham Internetga ulanishi mumkin.
Global tarmoq birinchi navbatda tarmoq mijozlariga o’zaro ma’lumotlar almashish, virtual muloqot qilish imkonini yaratib beruvchi “axborot magistral” vazifasini o’taydi, ikkinchidan esa unda mavjud bo’lgan ma’lumotlar bazasi majmuasi. Dunyo bilimlar omborini tashkil etadi. Bundan tashqari,i dunyo bozorini o’rganishda, marketing ishlarini tashkil etishda zamonaviy biznesning eng muhim vositalaridan biriga aylanib borilmoqda.
INTERNET–global tarmoqning aynan timsolidir. Internet–informatsiyaga ega bo’lish, yangiliklar bilan tanishishi bilimga ega bo’lish, o’qish, ilg’or texnologiyalar va tajribalar bilan tanishish, ish munosabatlarini tezda hal qilish, sherik va buyurtmachilarni nazorat qilish, iste’molchining talabi va muammolarini bilish, mahsulot bahosini nazorat qilish imkoniyatlarini beradi. Demak, Internet bu yangiliklar bilan muntazam ravishda tanishish, hamkorlik va harakatlarning birlashuvi zamonaviy fikrlar almashish, bilimlar bilan almashish, ta’lim olish, tadbirkorlik usulidir. Internet–bu infrasfera (infradoira) bo’lib, uning yordamida ma’lumotlarni uzatish, qabul qilish, boshqarish va tasvirlash mumkin.
Demak, lokal va global tarmoqning bir – biridan farqi quyidagilardan iborat:

  • aloqa yo’llarining sifatli va masofa uzunligi (protyajennostь). Lokal Kompyuter tarmog’i, global tarmoqlaridan uzel orasidagi katta bo’lmagan masofa bilan farq qiladi.

  • ma’lumotlarni uzatish usullarining murakkabligi. Global tarmoqlarda lokal tarmoqga qaraganda, fizik kanallarni mustahkamligi past bo’lishi, ma’lumotlar uzatish usullari va mos tushishadigan asboblarning juda murakkabligi.

  • lokal tarmoqlarda ma’lumotlarni almashtirish tezligi (10, 16 va 100 m-bayt-s) global tarmoqdan (2,4 k bayt-s dan to 2 M bayt-s) yuqori bo’lgan.

  • xizmatlarning turli–tumanligi. Lokal tarmog’ida xizmat qilish to’plami–turli faylli xizmatlar, chop etishi, ma’lumotlar bazasi xizmati, elektron pochta bo’lgan bo’lsa, global tarmoqda elektron pochta va faylli xizmatlar imkoniyati cheklangan.

  • masshtablashtirish. Lokal tarmoqlari topologiya bazalarining qattiq-ligi hisobiga yomon masshtablashga ega.

Global tarmoq ixtiyoriy topologiyalar bilan ishlagani va xohlangancha foydalanuvchilar soniga ega bo’lishi, masshtablashtirish yaxshiligiga olib kelgan.



Download 45,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish