1-rasm. Region bo’yicha Internetdan foydalanuvchilarning grafik ifodasi.
2-Ilova
2. O’zbekistonda Internetning zamonaviy holati
O’zbekistonda Internetga ulanish o’tgan 10-yillikning 2-yarmidan boshlandi.
1997 yili Newlett Packard kompaniyasi vakillarining e’loni bo’yicha O’zbekiston Makroiqtisodiyot va Statistika vazirligiga keltirgan jihozlar tugallangan. SHartnomadagi narxi 2 mln. $ bo’lgan Kompyuterlashtirilgan boshqarish sistemasini va bazaviy ma’lumotlarning almashuvini ekspluatatsiya qilish ishlari o’sha yilning dekabrь oyida tugatilgan. O’zbekistonda Newlett packard va chetdagi jihozlari mamlakatning yirik strukturalarda, masalan: tashqi ishlar, tashqi iqtisodiy aloqalar vazirliklarida ishlab turibdi.
Hozirgi vaqtda 31 bankdan tashkil topgan O’zbekistonning yagona elektron bank tizimi talab darajasida ishlab turibdi. Uning yordamida «bank nuqtasi» ga xohlagan to’lov bir soat ichida o’tadi. O’zbekistonning elektron to’lov tizimi, mamlakatni barcha maydonini qamragan bo’lib, davlat milliy foydasini ko’payishiga olib keladi. Bunday elektron tarmoqlar soliq, bojxona, moliya va respublikaning boshqa davlat strukturalarda o’z ishini bajarmoqda.
Hozirgi vaqtda milliy axborot tizimlarni tashkil etish davom etmoqda. Milliy ma’lumotlarni uzatish tarmog’i rivojlanmoqda, umumiy foydalanish telefon tarmog’i rekonstruktsiya va modernizatsiyalash amalga oshmoqda, axborot resurslar tashkil etilmoqda, koorporativ tarmoq keng quloch yoymoqda, Internet va telekommunikatsion xizmat ro’yxati kengaymoqda. Milliy axborot tarmoqlarning rivojlanishi va tashkil qilinishi Internet tarmog’i milliy segmentini rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo’lmoqda.
Internetning milliy segmenti ilmiy texnikaviy o’sishga, iqtisodiyot va respublikaning boshqa faoliyat sohalariga o’z ta’sirini ko’rsatmoqda. Internet milliy segmentining kelgusida rivojlanish yo’nalishini aniqlashda ikkita asosiy savolga javob olishimiz kerak:
1. Bizning respublikamizga Internet tarmog’i milliy segmentining rivojlanishi nima beradi?
2. Uning rivojlanishi qanday negativ oqibatlarga olib keladi.
Quyidagilvrga:
barcha dunyo tillaridagi bitmas-tuganmas axborotlar manbai, dunyoviy global kutubxona, inson bilimining barcha yo’nalishlari bo’yicha so’rov tizimi;
axborotlar almashuvi tarmog’i (elektron pochta, audio, videokonferentsaloqa va b. q.).
yangi turdagi telefakslar, hujjatlar yurgazish va elektron kommertsiyalarni tashkil etish muhiti;
teletibbiyotni uzoq masofadan o’qitishni tashkil etish, bank va boshqa xizmatlarni taqdim etish muhiti;
global tovarlar bozori va ham davlat, ham xususiy tashkilotlarining faoliyat sohasi hamda xizmati;
ham odamlar, ham axborot robotlar uchun (web dizaynlar, elektron kompozitor, rassomlar, rejisserlar va h.k.) yangi kasblarning tug’ilish joyi;
Barcha bu faktorlar xalq ta’limini va xabardorlikni ko’taradi va davlatning rivojlanishiga katta ta’sir etadi va planetada O’zbekiston yuzini ko’rsatadi va investitsiyaga jalb etishni yangi imkoniyatlarini ochib beradi.
Internet o’ta afzalliklarga ega bo’lishi bilan bir qatorda ko’pgina negativ xususiyatlarga egaki, ularni bartaraf qilish uchun barcha davlatlarning birgalikdagi harakatlari talab etadi.
Birinchidan: Internet nazorat etilmaydigan, boshqarilmaydigan tarmoq va shuning uchun u xohlagan ruxsat etilmagan axborotlarni tarqatishda ishlatilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |