Boshlang'ich sinf o'quvchilarini tikki amalli masalalar yechishga o'rgatish metodikasi



Download 31,1 Kb.
Sana16.01.2022
Hajmi31,1 Kb.
#373391
Bog'liq
Boshlang'ich sinf o'quvchilarini tikki amalli masalalar yechishga o'rgatish metodikasi


Boshlang'ich sinf o'quvchilarini tikki amalli masalalar yechishga o'rgatish metodikasi

Reja:


1. Masalani  yechishga  o’rgatishning  asosiy  bosqichlari

2.Masalani  yechishga  o’rgatishning  asosiy  bosqichlari 

3.Masala mazmuni bilan tanishtirish 

Masalalar yechishga o’rgatishda quyidagi etaplarga  rioya qilish maqsadga  

muvofiqdir. 

1-etap-masala mazmuni bilan  tanishtirish; 

2-etap-masala  yechimini izlash; 

3-etap-masalani yechish; 

4-etap-masala yechimini tekshirish. 

Ajratilgan etaplarga bir-biri bilan uzviy bog’langan va bu bosqichning har bir 

etapida ish asosan o’qituvchining rahbarligida olib boriladi. 

Har bir etapda ishlash metodikasini batafsil ko’rib chiqamiz. 



Masala mazmuni bilan tanishtirish 

uni o’qib, masalada aks ettirilgan hayotiy vaziyatni ko’z oldiga keltirish demakdir. 

Masalanui odatda bolalar o’qiydilar. 

Masala teksti bolalarda bo’lmagan taqdirda yoki ular hali o’qishni bilamagan 

holda, masalani o’qituvchi o’qiydi. Bolalarni masalani to’g’ri o’qishga o’rgatish 

juda muhimdir. Amalni tanlashni belgilab beradigan ,,bor edi’’, ,,jo’nab ketdi’’,  

,,qoldi’’, ,,baravardan bo’ldi’’kabi so’zlarga va soni ma’lumotlarga urg’u berib 

o’qish masala savolini intonatsiya bilan ajratib o’qish. Agar masala tekstida 

tushunarsiz so’zlar uchrasa ularni tushuntirish yoki masalada gap ketayotgan 

predmetni, masalan,  buldozer, o’rish mashinasi va hokazoni  ko’rsatish mumkin. 

Masalani bolalar bir-ikki marta, ba`zan bir necha marta o’qiydilar, biroq 

masalani bitta o’qiganda esda qolishga ularni asta-sekin o’rgatib borish  kerak, 

chunki bu holda ular masalani ko’proq diqqat bilan o’qiydilar. 

Masalani o’qiganda, bolalar masalada aks ettirilgan hayotiy vaziyatni 

tasavvur qila olishlari lozim. Shu maqsadda bolalar masalani o’qib 

bo’lishganidaqn keyin masalada nima to’g’grisida gap ketayotganini tasavvur qilib 

ko’rishlari va hikoya qilib berishlarini taklif qilish  maqsadga muvofiq  bo’ladi. 

 15


2. Masala yechimini izlash  Masala mazmuni bilan tanishgandan so’ng 

uning yechimini izlashga o’tish mumkin o’quvchilar masalaga kirgan kattaliklar,  

berilgan sonlar va izlanayotgan sonni ajratib ko’rsatishlari, berilgan sonlar va 

izlanayotgan son orasidagi bog’lanishni aniqlashlari va buning asosida tegishli 

arifmetik amalni tanlashlari kerak. 

Yangi turdagi masalalarni kiritilayotganida masala yechimini izlashga 

o’qituvchi rahbarlik qiladi, keyinchalik o’quvchilar buni mustaqil bajaradilar. U 

holda ham bu holda ham kattaliklar, berilgan sonlar va izlanayotgan sonni ajratish, 

ualr orasidagi bog’lanishlarni aniqlashda bolalarga yordam beradigan maxsus 

usullardan foydalaniladi. Bunday usullar jumlasiga masalani ilyustratsiyalash, 

masalani takrorlash, masalani tahlil qilish va eshitish planini tuzish kiradi. Bu 

usullarning har birini ko’rib chiqamiz: 

Masalani ilyustrasiyalash bu masalaga kirgan kattaliklar berilgan va 

izlanayotgan, sonlarni ajratish va ular orasida bog’lanishni, aniqlash uchun 

ko’rsatmali qurollardan foydalanish demak. 

Iluystratsiya predmetli yoki semantik bo’lishi mumkin. Birinchi holda 

masalada aytilayotgan predmetlardan yoki bu predmetlarnining rasmlaridan 

ilyustratsiya sifatida foydalaniladi, ular yordamida predmetlar ustida tegishli 

amallar ilyustratsiya qilinadi. 

Masalan, quyidagi masalani ilyusratsiya qilish kerak. ,,Bolalar chana 

uchayotgan edi. Ulardan 5 qiz bola va 2 o’g’il  bola uyiga ketishdi. Hammasi 

bo’lib uyga nechta bola ketgan?’’ bunday paytda ilyustratsiya uchun bolalarning 

o’zlaridan foydalangan ya’ni: doskaga chana uchayotgan bolalarni o’ynovchi 

o’quvchilarni chiqarish kerak, so’ngra 5ta qiz uyga ketganini, ya’ni chetga 

chiqqanini keyin 2 ta o’g’il bola uyga ketganini (qizlarga borib qo’shilishadi) 

ko’rsatish kerak. Shunday qilib, to’plamlarni birlashtirish ilyustratsiya qilinadi va 

garchi bolalar ketdi deyilsa ham bolalar masala qo’shish amali yordamida yechishi 

o’quvchilarga ravshan bo’ladi. Predmetlarning o’zidan ko’ra ko’pincha ularning 

rasmlaridan yoki boshqa predmetlardan foydalaniladi.  

 16


Predmetli ilyustratsiya masalada tasvirlangan hayotiy vaziyat to’g’risida 

yaqqol tasavvur qilishga yordam beradi, bu keyinchalik amalni tanlashda asosiy 

moment bo’lib hizmat qiladi. Predmetli ilyustratsiyadan yangi turdagi masalalarni 

yechish bilan tanishtirilayotganda ko’proq sinfda foydalaniladi.  

Predmetli ilyustratsiya bilan bir qatorda 1-sinfdan boshlab seatik 

ilyustratsiyadan foydalaniladi- bu masalani qisqa yozib olishdir. 

Qisqa yozuvda ko’zdan kechirish uchun qulay formada kattaliklar berilgan va 

izlanayotgan sonlar shuningdek masalada nima to’g’risida gap ketayotganini 

bildiruvchi ba’zi so’zlar, ,,bor edi’’, ,,qo’ydik’’, ,,bo’ldi’’ va h.k. va munosabatni 

bildiruvchi so’zlar: ,,katta’’(ko’p), ,,kichik’’ (kam) va h.k. yozib qo’yiladi. 

Qisqa yozuvni jadval ko’rinishida yoki, jadvalsiz, shuningdek chizma 

formasida bajarish mumkin. Misollar ko’raylik. 1-masala. Baliqchi 10 ta 

cho’rtanbaliq, cho’rtanbaliqlardan 8 ta ko’p tangabaliq tutdi. Baliqchi qancha 

cho’rtanbaliq va tangabaliq tutgan? Bu masalani jadvalsiz qisqa yozib olish 

maqsadida : Cho’r - 10 dona 

            Tang -8 dona ortiq 

2-masala. Traktor 6 soat ish vaqtida 48 litr yonilg’i sarfladi. Yonilg’i soatiga  

o’sha normada sarf bo’lganda 12 soatda traktorga qancha yonlig’i kerak bo’ladi? 

Bu masalani jadvalda  yozib olgan yaxshi. 

Yoqilg’i sarf bo’lish 

normasi. 

Bir xil 

Ish vaqti 

 

       6 soat 



       12 soat 

Sarf bo’lgan jami 

yoqilg’i 

        48 litr 

           ? 

 


 17

  Keltirilgan  misoldan  ko’rinib  turibdiki jadval formada kattaliklarning 

nomini ham ajratib yozish talab qilinadi. 

Ko’p masalalarni chizma yordamida namoyish qilish mumkin: ,,o’quv 

yilining boshida o’quvchi uchun kostyum, botinka va shapka sotib olindi. 

Kostyum 2400 so’m turadi. U botinkadan 3 marta qimmat. Xarid qilingan 

narsalarning hammasi qancha turadi?  

Chizma formasida namoyish qilishni kattaliklar qiymatlarining munosabatlari 

berilgan masalalarning yechilishida (katta, kichik, shuncha) shuningdek harakat 

bilan bog’liq masalalarning yechilishida foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi. 

Oxirgi holda harakat qilayotgan jism bosib o’tgan masofani kesma bilan harakat 

yo’nalishini strelka bilan, harakat qilayotgan jism yo’ldagi punktlarni bayroqcha 

yoki chiziqcha bilan tasvirlab qabul qilingan, bunda tezlik yo’analishini 

ko’rsatayotgan, strelkaning tagiga yoki ustiga vaqt esa shu vaqt ichida o’tilgan 

masofani tasvirlovchi kesmaning ustiga qo’yiladi, yo’lning uzunligi  tegishli 

kesmaning tagiga yoziladi. 

     Sanab  o’tilgan  ilyustratsiyalarning har birini bolalarning o’zlari 

 

bajarganlari taqdirdagina bu ilyustratsuyalar masala yechimini topishga  yordam 



beradi, chunki faqat shu holdagina ular masalani o’zlari analiz qilishlari mumkin. 

Demak bolalarni ilyustratsiyalarni o’zlari bajarishlariga o’rgatish zarur. Avval 

yangi turdagi masala bilan tanishtirilayotganda qisqa yozuvchi o’qituvchi 

rahbarligida bolalarning o’zlari bajarishadi, so’ngra u masala yechimini topishga 

yordam beradilar taqdirda mustaqil bajarishadi. 

Ilyustratsiyalarni bajarish vaqtida ba’zi bolalar masala yechimini  topadilar, 

ya’ni ular masalani yechish uchun qaysi amallarni bajarish zarurligini biladilar.  

Biroq bolalarni bir qismi berilgan sonlar va izlanayotgan son orasidagi 

bog’lanishni hamda tegishli arifmetik amalni faqat o’qituvchi masalani tahlili deb 

ataluvchi maxsus suhbat o’tkazadi. 

 18

3. Masalaning yechilishi Masalaning yechilishi bu yechim plani 



tuzilayotganda tanlangan arifmetik amallarni bajarish demakdir. Bunda har bir 

amalni bajara turib nimani topayotganimizni tushuntirish shart. 

Masalayechimini og’zaki yoki  yozma ravishda bajarilishi mumkin. Og’zaki 

yechishda tegishli arifmetik amallar tushuntirishlar og’zaki bajariladi. 

Boshlang’ich sinflarda yechiladigan masalalarning deyarli yarmi og’zaki 

bajarilishi kerak. Bunda bolalarni bajarilayotgan masalalarning deyarli amallarga 

doir to’g’ri va qisqa tushuntirishlar berishga o’rgatish kerak. Masalan quyidagi 

masalani 3-sinfda og’zaki yechish talqin qilinsin: Yangi uyda 49 ta kvartiraga 

xonadon ko’chib keldi. Bo’sh qolgan kvartiralar ko’chib kirilgan kvartiralardan 18 

ta kam. Uyda hammasi bo’lib nechta kvartira bor? O’quvchi quyidagicha fikr 

yuritishi mumkin: avval nechta bo’lib kvartira qolganini bilaman buning uchun 49 

dan 18 ni ayiraman. 31 qoladi; endi uyda hammasi bo’lib nechta kvartira borligini 

bilaman. Buning uchun 49 ga qo’shaman 80 chiqadi. Javob uyda hammasibo’lib 

80 ta kvartira bor. Avval jamini aytib so’ngra tushuntirishni bersa ham bo’ladi. 

Avval 49 dan 18 ni ayiraman. 31 qoladi- shuncha kvartiraga qoladi haligi hech kim 

ko’chib kirmagan va hokazolar. 

Yozma yechishda amallar yoziladi. Ular uchun tushuntirishlarni esa 

o’quvchilar  yozadilar yoki og’zaki aytadilar. 

Boshlang’ich sinflarda masala yechlishini quyidagi asosiy formalari bor: 

1.  Masala bo’yicha ifoda tuzish va uning qiymatini topish;  

2.  Masala bo’yicha tenglama tuzish va uni yechish; 

3.  Yechilishi ayrim amallarning ko’rinishida yozish. Yechilishni ayrim 

yozishning sanab o’tilgan formalarning har  birini quyidagimasalani yechish  

misolida  ko’rib chiqamiz: ”Do’konda   har  biri   300 so’m  turadigan   8 juft  tufli  

uchun   6  juft  botinkaga    qancha  pul  to’langan  bo’lsa,  shuncha  pul  to’landi, 

bir  juft  botinka  qancha  turadi? 

 

 19


1) Yechilishini  ifoda  ko’rinishida  yozish 

a) Ifodani birin-ketin   tushintirish   yozuvini  ham  yozish:  300*8(so’m)  

tuflilar  yoki  botinkalar  jami  pul  (300*8)/6 (so’m)  botinka  bahosi   (300*8 )/6 

(so’m) = 400  so’m.   Javob: 400 so’m. 

b) Ifodani tushintirishlarini yozmasdan ketma-ket  yozish:    300*8(so’m);      

(300*8)/6 = (300*8)/6 = 400 so’m. Javob: botinka bahosi 400 so’m. 

2) Yechilishini tenglama ko’rinishida yozish: 

a) x (so’m) - botinka bahosi 300 x 8 (so’m) – tuflilar  jami puli x*6 (so’m)-

botinkalar jami puli    x*6 = 8x*6 = 2400x = 2400 : 6x = 400   Jami: 400 so’m 111 

b) x (so’m) - botinka bahosi 

    300 x 8 (so’m)  x*6 = 300*8x = 2400 : 6 

    x*6 (so’m) x*6 = 2400,  x = 400  J: botinka bahosi 400 so’m. 

v) x (so’m) - botinka bahosi x*6 = 300*8, x*6 = 2400 

    x = 2400 : 6,  x = 400. J: botinka bahosi 400 so’m. 

Bu masalani yechish uchun boshqa tenglamalar ham tuzish mumkin. 

3) Yechilishini ayrim amallar ko’rinishida yozish: 

a) Tushuntirishlarni yozish bilan: 

1) 300 x 8 = 2400 (so’m) - tuflilar yoki botinkalar jami puli  

2) 2400 : 6 = 400 (so’m) botinkalar bahosi. 

b) Tushuntirish yozuvisiz yozish  

1) 300 x 8 = 2400 (so’m)  

2) 2400 : 6 = 400 (so’m) Javob: botinka bahosi 400 so’m. Amallarga 

beriladigan tushuntirishlarni tasdiq formasidagi emas, balki savol formasida ham 

ifodalash mumkin. 

Tushuntirishlarni yozishga bolalarni maxsus o’rgatish zarur. Dastlab ypzuvni 

o’qituvchi rahbarligida, so’ngra mustaqil bajarish lozim. Har bir masalani ham 


 20


tushuntirishlarni yozish bilan bajaraverish kerak emas. Yangi turdagi masalalar 

bilan tanishtirishda, odatda yechish yozma bajariladi. Bunda, 1-sinfda 

tushuntirishlar aytiladi 2 va 3-sinflarda esa yoziladi. Mustaqil ishlar 

bajarilayotganda o’qituvchi qaysi yozuv formasi bilan foydalanishni aytib turadi. 

Ko’pchilik hollarda  dastlabki ikkita yozuv formasi ya’ni ifoda va tenglama tuzish 

ma’qul ko’riladi. 

4. Masalaning yechimini tekshirish Masalani yechimini tekshirish degan 

yechim to’g’ri yoki noto’g’riligini aniqlash demakdir. 

Boshlang’ich sinflarda  quyidagi 4 tekshirish usulidan foydalaniladi. 

1.  Teskari masala tuzish va uni yechish. Bu holda bolalarga berilgan masalaga 

teskari bo’lgan masalani tuzish va yechish taklif qilinadi. Agar teskari masalani 

yechish natijasida ma’lum bo’gan son chiqsa berilgan masala to’g’ri yechilgan deb 

hisoblash mumkin. Masalan, o’quvchiga quyidagi masalani yechish taklif qilingan 

bo’lsin: ,,Ikkita katta qoshiqqa qancha metal sarf qilingan bo’lsa, har biri 20 

grammli metal sarf qilingan. Bu masalani yechganlaridan so’ng bolalar katta 

qoshiqqa 50 graqmm metal sarf qilinganini biladilar. Endi o’qituvchi teskari 

masala tuzishni, ya’ni berilgan masaladagi izlanayotgan son (50) berilgan son, 

berilgan sonlardan biri (5-20 yoki 2) esa izlanayotgan son bo’ladigan masala 

tuzishni bolalarga taklif qiladi. O’quvchilar bu masalalardan birini, masalan 

quyidagini ifoda qilishadi. ,,Har biri 20 grammli 5 ta choy qoshiqqa sarf qilingan 

metaldan har biri 50 grammli nechta qoshiq yasash mumkin? Agar bu masalani 

yechish natijasida 2 soni chiqsa berilgan masala to’g’ri yechilgan bo’ladi. 

Bu usul 2-sinfda kiritiladi. Bu usulni istalgan masalada qo’llash mumkin, 

bunda faqat teskari masalada qaysi son izlanayotgan son deb olish mumkinligini 

ko’rsatib berishi kerak. Barcha masalalarni bu usul bilan tekshirish lozim deb 

o’ylash kerak emas, chunki bu usul bir qancha qiyin va uzundan uzoqdir. 

Haqiqatdan ham avval masalani tuzish kerak, bunda teskari berilgan masalada ham 

qiyin bo’lishi mumkin. Biroq ko’p hollarda teskari masalalar ham juda  foydalidir, 

chunki ular masaladagi kattaliklar orasidagi bog’lanishlarni oydinlashtirishga 

 21


yordam beradi. Shuning uchun bu usul yordamida barcha sodda masalalarni 4 

proportsiyanalni topishga doir masalani 2 ko’paytma yoki bo’linmaning yig’indisi 

,,ayirmasi yoki bo’linmasi topiladigan masalalarni va bularga nisbatan teskari 

masalani shuningdek, bir qator boshqa  masalalarni tekshirish maqsadga 

muvofiqdir. 

2. Masalani yechish natijasida hosil qilingan sonlar bilan berilgan sonlar 

orasida moslik o’rnatish. 

Bu usul bilan masala yechimini tekshirishda masala javobida hosil 

bo’ladigan sonlar ustida arifmetik amallar bajariladi. Agar  bunda masala shartida 

berilgan sonlar hosil bo’lsa, u holda masala to’g’ri yechilgan deb hisoblash 

mumkin. Buni tekshirish misolida ko’ramiz. ,,Yosh tabiatshunoslar uchun 

hammasi bo’lib 158 kg  kartoshka terishdi. Ular birinchi va 2 qopni tortishgan edi, 

120 kg chiqdi. 2 va 3 qopni tortishgan edi 99 kg chiqdi. Har bir qopda necha 

kilogrammdan kartoshka bor edi?’’  Bu masalani yechish natijasida o’quvchilar 

birinchi qopda 54 kg , 2-qopda 48kg , 3-qopda  51kg kartoshka borligini topishgan 

edi. Yechimini topish uchun uchala qopda 15kg kartoshka bo’lmasligini aniqlash 

kerak. 54+48-51=15. Endi  haqiqatdan ham 1 va 2 qopda 102kg, 2 va 3 qopda 

99kg kartoshka borligini tekshiramiz. 54+48=102 48+57=99 

Javobda  hosil qilingan sonlar berilgan sonlarga muvofiq keladi, demak 

masala to’g’ri yechilgan deb hisoblash mumkin. Bu tekshirish usulidan 2-sinfdan 

boshlab foydalaniladi. Undan javobda hosil qilingan ayirma bo’yicha noma’lumni 

topishga doir va qator boshqa masalalar sonlar ustida tegishli amallarni hosil qilish 

mumkin bo’lgan strukturali masalalarning yechimini maqsadga muvofiqdir. 

3) Masalalar turli usullar bilan yechish. Agar masalani turli usullar bilan 

yechish mumkin bo’lsa, bir xil natijaning hosil qilinishi masala to’g’ri 

yechilganligini tasdiqlaydi. Masalan 3-sinf o’quvchilariga 4 proporsionalni 

topishga doir quyidagi masalani yechish taklif qilinadi: ,,Akasi 10 ta daftar sotib 

oldi va unga 400 so’m to’ladi. Singlisi esa 2 ta shunday daftar sotib oldi. Singlisi 

qancha pul to’lagan?   Masalani tenglama tuzish yordamida yechib o’quvchilar 

 22


o’zlariga avvaldan ma’lum bo’lgan birga keltirish usulidan foydalanib yechimni 

tekshiradilar: 

Yechilishi: 

x (so`m) – singlisi to’lagan 

x/2 = 400/10               x/2=40              

Tekshirish: x=40 * 2          x = 80           400/10*2=80 

 Javob: 80 so’m 

Masalani turli usullar bilan yechib bir xil natija hosil qildik, demak, masala 

to’g’ri yechilgan. Masalaning yechimini bunday tekshirish usuli 1-sinfda kiritiladi. 

4) Izlanayotgan sonning chegarasini belgilash. 

Bu usulining qo’llanishi shundan iboratki bunday masalani yechishdan oldin, 

izlanayotgan sonning chegaralari aniqlanadi, ya’ni izlanayotgan son, berigan 

sonlarning qaysinisidan katta yoki kichikligi aniqlanadi.  Yechishdan keyin hosil 

qilingan natija berilgan sonlardan biri bilan taqqoslanadi, agar u aniqlangan 

chegaraga mos kelmasa, demak, masala noto’g’ri yechilgan bo’ladi. Bu usul 

yechiminimg xatoligini sezishga yordam beradi, lekin bu masala yechimining 

topishning boshqa usullarini inkor qilmaydi. Javobning chegaralarini aniqlash 1-

sinfdayoq kiritiladi. Undan foydalangan holda sodda hamda murakkab 

masalalarning yechimini tekshiriladi. 

Shunday qilib biz o’quvchilarni yangi turdagi masalalar bilan tanishtirish 

metodikasining umumiy masalalarni qarab chiqdik. Bu bosqichda ish o’qituvchi 

rahbarligida olib boriladi. Bu planda turli darslarda 2-4 ta o’xshash masalani qarab 

chiqish yetarli. 

Masalalarni yechish usullari 

Ayrim turdagi masalalarni yechishga o’rgatishning uch bosqichdagi ish 

metodikasini qarab chiqamiz. Bu bosqichdagi maqsad–o’quvchilarda berilgan 

sonlar va izlanayotganson orasida ma’lum bog’lanish mavjud bo’lgan masalalarnni 

yechish o’quvini shakllantiridir. 

Ayrim turdagi masalalarni yechish usulini umulashtirish ustida ishlash, eslab 

qolish ishi bilan almashtirish kerak emas, chunki bu holda o’quvchi tanish turdagi  

masalani taniy biladi va uni yechishdagi amallarni bajarish tartibini eslaydi, avval 

qo’shaman so’ngra bo’laman… va hokazo. O’quvchining butun harakati berilgan 

sonlar va izlanayotgan son orasidagi tegishli bog’lanishlarni ochib berishga 

qaratilgan bo’lishi kerak, uning asosida u tegishli arifmetik amalni tanlaydi. 

Bolalarga umumlashtirish uchun yordam beradigan usullarni ochib beramiz.  

Ma’lum turdagi masalalarni yechish usullarni to’g’ri umumlashtirish uchun, 

masalalarni tanlash va joylashtirish sistemasi katta ahamiyatga ega. Sistema 

ma’lum talablarni qanoatlantirishi lozim. Eng avvalo masalalar asta-sekin  

murakkablashib borishi kerak. Murakkablashtirish masala yechiladigan 

amallarning sonini orttirish yo’li bilan berilgan son va izlanayotgan son orasida 

yangi, bog’lanishlarni kiritish yo’li bilan olib borishi mumkin. Masalan, baho, pul 

miqdori kabi kattaliklari bilan 4-proportsionalni topishga doir masala bilan 

tanishgandan so’ng ikkitadan ortiq amal bilan yechiladigan masalalar kiritiladi.  

Kichik yoshdagi o’quvchilar ma’lum turdagi masalalarni yechish usullarini 

to’g’ri umumlashtirishlarning asosiy shartlaridan biri bu masalalarni yetarli 

miqdorda yechishdir. 

Biroq qaralayotgan turdagi masalalar birdaniga ketma-ket kiritilmasdan, 

balki sekin-asta kiritish kerak avval tez-tez, keyin esa borgan sari  kamroq, boshqa 

turdagi masalalar bilan aralashtirib kiritiladi. Bu masalaning yechilish usulini 

yodlab olishning oldini olish zarur. Yechish usulini umumlashtirishda harfiy 

ma’lumotli masalalar yordam beradi. 

 24


Yangi turdagi masalani yechish uquvini  hosil qilishda shu turdagi 

masalalarning yechilishlarini ilgari qaralgan,  yangi  turdagi  masalaga  ma’lum  

darajada  o’xshash  masalalarning  yechilishlari  bilan  taqqoslash  yordam  

beradi.Bunday  mashqlar  bir  turdagi  masalalarning  yechilish     usullarini   

aralashtirib  yuborishning  oldini  oladi.  Masalan,  sonni  bir  necha  birlik  

orttirish  yoki  kamaytirish  bevosita   yoki  bilvosita  bayon  qilingan  masalalarni  

taqqoslash  lozim,  shu  maqsadda masalalrni jufti bilan kiritish kerak: 

1.  Noma’lum son 15 dan 8 ta ortiq. Noma’lum sonni toping.  

2.  12 noma’lum sondan 7 ta ortiq. Noma’lum sonni toping. 

Bu masalalar yechilgandan so’ng, nima uchun ularning har birida ham, … 

dan … ta ortiq deyilsa ham har bir amal bilan yechilishi oydinlashtiriladi. 

O’quvchilar ikkinchi masalada 12 soni noma’lum sondan 7 ta ortiq, demak 

noma’lum son 12 dan 7 ta kam va masalani ayirish amali bilan yechish lozim deb 

javob berishlari kerak. Bu 3-bosqichda bo’ladi. Shuni ko’zda tutish kerakki, 

ma’lum turdagi masalani yechish uquvini egallash hamma bolalarda ham, bir 

vaqtda paydo bo’lmaydi. Masalan bir gruppa bolalar qaralayotgan turdagi 

masalaning yechilishi usulini umumlashtirishga mo’ljallangan.   

Birinchi  darslardayoq  masalani  ko’rib  darhol  tegishli  bog’lanishlarni  

aniqlay  olishlari va  amallarni  to’g’ri  tanlab  bilishlari  mumkin. 2-bir  gruppa  

bolalarni  masalani  qisqa  yozuv  yoki  chizmani  bajarganlardan  so’ng  yecha  

oladilar,  ya’ni  bazi  bolalar  hali  masala  shartini  konkretlashtirishga  muhtoj  

bo’ladilar.  Huddi  shu  vaqtda  uchinchi  gruppa  bolalar  masalani o’qituvchi  

rahbarligida   tegishlicha  tahlil   qilingandan  so’nggina  yecha  oladilar.  Buni  

hisobga  olib,  shunday  sharoit   yaratish  kerakki,  bunda  bolalarning  har  biri  

o’zining  imkoniyatiga  yarasha  ishlashini, bunda turli gruppa o’quvchilariga 

turlicha talab qo’yish yo’li bilan erishiladi. Bunday tabaqalangan yo’l tutish 

amalda har xil bajariladi. 

Masalan, bolalarning hammasiga bitta masalani yechishni taklif qilib, so’ngra 



ulardan qaysi biri bu masalani o’zi yecha olishini so’rash mumkin.
Download 31,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish