Boshlang’ich sinf o’quvchilarida iqtisodiy savodxonlikni shakllantirishga oid tarixiy ma’lumotlar to’plash



Download 19,72 Kb.
bet1/3
Sana30.03.2022
Hajmi19,72 Kb.
#518927
  1   2   3
Bog'liq
3-MT. Tarixiy ma’lumotlar. Nasimova Shahnoza


Boshlang’ich sinf o’quvchilarida iqtisodiy savodxonlikni shakllantirishga oid tarixiy ma’lumotlar to’plash
Iqtisodiy savodxonlik— kishining iqtisodiy bilim, qobiliyat va ko‘nikmalarga ega bo’lish darajasi bo‘lib, unga jamiyat xo‘jalik faoliyatida ongli ishtirok etish imkonini beradi. Taniqli yozuvchi va adibimiz Abdulla Qodiriy aytganidek: "Moziyga qarab ish tutish xayrlidir". Shu sababli iqtisodiy ta'limotlar tarixini o`rganish katta nazariy, amaliy va tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyot tarixi (xalq xo`jaligi tarixi) va iqtisodiy ta'limotlar tarixi iqtisodiyot fanining faktologiya va metodologiya asoslarini ta'minlovchi va yaratuvchi asos sifatida ahamiyatlidir. Shu sababli bu fanlar iqtisodiyot fanining ajralmas va tarkibiy qismidir. Ayniqsa hozirgi davrda iqtisodiyot har bir inson hayotiga jo`shqinlik bilan kirib bormoqda va odamlar iqtisodiyot to`g`risida imkoni boricha ko`proq bilishga intilmoqdalar. Xo`sh, ummon kabi keng iqtisodiyot fanini o`rganishda nimadan boshlamoq kerak, degan savol tug`ilishi tabiiy.
Bizningcha, bu ishni, shifokor davolanuvchini tuzatishni uning kasallik tarixidan boshlagani kabi, tarixdan boshlash zarur. Albatta, bugungi va ertangi kun muammolarini to`la hal etishda o`tgan asr iqtisodchilaridan barcha savollarga tayyor javob topish qiyinligi aniq, ammo, o`tgan donishmandlarning fikr-mulohazalari hozirgi va kelajak to`g`risida to`g`ri xulosa chiqarish uchun yaxshi imkoniyat beradi. Aniqrog`i, velosipedni qayta kashf qilishga hojat qolmaydi, tarixiy tajriba shunisi bilan ham qimmatlidir. Ammo, shunday bo`ldiki, oxirgi 25-30 yil davomida bu fanlarga kam e'tibor berildi, hatto "Iqtisodiy ta'limotlar tarixi" qatag`onga uchradi, faqat mustaqillik yillari bu fanni oliy o`quv yurtlarida qaytadan o`qitish boshlandi. Bu o`z-o`zidan bo`lgani yo`q, albatta. Sovetlar tuzumi davrida ko`pgina fanlar, shu jumladan, iqtisodiyot fani sinfiylik, partiyaviylik mafkurasi asosida o`rganildi, marksizmleninizm g`oyalari birdan-bir to`g`ri ta'limot deb qabul qilindi va barcha masalalar yechilgan, tarixga, uzoq o`tmishga hech qanday hojat yo`q, degan umumiy qayfiyat yuzaga keldi. Sotsialistik va kommunistik jamiyat qurishda dasturilamal bo`lgan mafkuraga muqobil bo`lgan barcha fikrlar tanqidga uchradi; asosiy e'tibor markscha-lenincha iqtisodiy ta'limotni o`rganishga, kapitalizm, bozor munosabatlarining kelajagi yo`qligini zo`rma-zo`raki "isbotlash"ga qaratildi. Ammo, bu yo`l tarix sinovidan o`tmadi. Iqtisodiyotda sinfiy, mafkuraviy tamoyillar ertaklardagi qum saroylari kabi vayron bo`la boshladi. Tabiatning yomon ob-havosi bo`lmaganidek, tarix ham bo`lib o`tgan yaxshi yoki yomon voqealar uchun hech kim oldida tavba-tazarru qilmaydi. Hozirgi davr olimlari avvalgi mualliflardan ko`ra ko`proq biladilar, bu obyektiv jarayon, ammo shunisi ham ayni haqiqatki, biz ular tufayli ham shu narsalarni bilamiz. Yana shuni ham alohida ta'kidlab o`tish kerakki, sobiq SSSR davrida qaysi fanni o`qish, qanday dastur v` darslik asosida o`qitish "markaz"ning to`la ixtiyorida bo`lgan. Tarjima qilish ham shu yo`sinda olib borilgan. Oxir-oqibat o`zbek tilida biror jiddiy asar yaratishga yo`l berilmagan. Ayniqsa, Sharq, xususan O`rta osiyolik olimlar, donishmandlar va allomalarning iqtisodiyot va boshqa fanlarga qo`shgan hissasi doimo kamsitib kelingan. Mustaqil taraqqiyot yo`liga o`tgan o`zbekistonlik olimlar oldida, ko`pgina fanlar kabi, iqtisodiyot fani borasida ham katta ishlarni amalga oshirish vazifasi turibdi. Yangi dastur, o`quv qo`llanma va darsliklar yaratish eng muhimdir. Iqtisodiyot insoniyat tarixi kabi qadimiydir. Iqtisodiyotga oid fikr, g`oya, qarash, nazariya va ta'limotlar ham ko`p ming yillik tarixga ega. Lekin ularning asosiy qismi yozuv paydo bo`lganidan so`ng, yozma manbalardan bizgacha yetib kelgan. Bu manbalar, ulardagi g`oyalar avvalo insoniyatning muqaddas mulkidir, uni topish, o`rganish va kelajak uchun saqlash savobli bo`lsa, ulardagi nodir fikrlarni hayotga tatbiq etish ham nazariy, ham amaliy ahamiy`t kasb etadi, katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Iqtisodiyot baynalmilal xodisa bo`lib, uning oldida turgan vazifalar barcha xalqlar va mamlakatlar uchun bir xil, ammo ular rivojlanish davomida turlicha natijalarga erishganlar. Hozirgi davrda ham bozor iqtisodiyotining prinsiplari hamma uchun bir xil bo`lishiga qaramasdan natijalar turlichadir.XVIII asr oxirida klassik iqtisodiy maktab vakillari Adam Smit va David Rikardo obyektiv, ya'ni inson xohishiga bog`liq bo`lmagan, ammo, ular tomonidan o`rganilishi mumkin bo`lgan qonunlar asosida amal qiluvchi xo`jalik tizimi to`g`risidagi ta'limotni yaratdilar. Ularning fikricha, davlatning iqtisodiy siyosati bu qonunlarga xilof bo`lmay, aksincha, bu qonunlarga suyanishi kerak, ana shunda iqtisodiyot ravnaq topadi va aksincha. Demak, bu qonun va qonuniyatlarni bilish, ulardan amaliyotda to`g`ri foydalanish hayot talabi bo`lib bormoqda. Uzoq o`tmishdagi ko`pgina o`gitlar, hayotiy tajribalar, allomalarning fikri va g`oyalari hozirgi kunda asqotmoqda, ularni o`rganish va eng muhimi hayotga tadbiq etish zarur. Iqtisodiy ta'limotlar tarixi deyarli to`rt ming yillik rivoji davomida bir qancha bosqichlarni bosib o`tdi. Ularning turli yo`nalishlari va maktablari mavjud. Hozirgi davrda O`zbekiston Respublikasidagi 60 dan ortiq oliy o`quv yurtlarining ko`pchiligida, iqtisodiyot universiteti, in-stituti, ayrim fakul'tet va guruhlarida "Iqtisodiy ta'limotlar tarixi" iqtisodiy zarur fan sifatida o`qitilmoqda. Ayrim akademiya, kollej, iqtisodiy yo`nalishdagi litsey, o`rta maktablarda "Iqtisodiyot tarixi" va "Iqtisodiy ta'limotlar tarixi" ham maxsus fan sifatida o`qitilmoqda. Ammo bu fanlarni o`qish va o`qitish bilan bog`liq bo`lgan uslubiy ishlar aslini olganda bir kafedrada olib borilmoqda. 1963 yili, Toshkent Xalq xo`jaligi instituti, hozirgi iqtisodiyot universitetida taniqli iqtisodchi olim SAIDAHMAD G’ULOMOVICH G’ULOMOV (1910-1994) tashabbusi bilan tashkil etilgan, hozircha O`zbekistondagi, hatto Markaziy Osiyodagi yagona "Iqtisodiy tarix" kafedrasi professor-o`qituvchilari tomonidan baholi qudrat dastur, o`quv qo`llanmalari va boshqa materiallar tayyorlanmoqda va nashr etilgan. Kafedra rasman bo`lmasa ham amalda uslubiy markazga aylangan. Ammo yaratilgan materiallar sifatini jahon andozalari darajasiga ko`tarish vazifasi turibdi. 1992 yili kam tirajda chop etilgan ma'ruzalar matni, 1997 yili chiqqan o`quv qo`llanma allaqachon tarqalib, yangi darslik yaratish zarur bo`lib qoldi.
Sharq, jumladan Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi xo`jalik faoliyatida nisbatan erkin odamlar ishtirok etgan. Masalan, dehqonchilik, hunarmandchilik, qurilish sohasida qullar mehnatidan foydalanilmagan. Antik dunyo (G’arbiy Yevropa)dagi ayrim regionlarda xalqaro savdoni olib borish bilan bog`liq ravishda tovar-pul munosabatlari ham anchagina rivojlangan (masalan, Gretsiyaning ayrim shaharlari). Shu asosda qulchilikka asoslangan xususiy mulkchilik rivoj topdi. O`z mahsulotini sotishga mo`ljallab ishlab chiqargan qulchilik xo`jaliklari ekspluatatsiyani kuchaytirishni talab etgan. Oqibatda, klassik yoki antik qulchilik yuzaga keldi (Gretsiya va Italiya). Bizgacha yetib kelgan eng qadimgi qo`lyozmada (qadimgi Misr, eramizdan avvalgi XXII asr) noib va aholi o`rtasidagi munosabatlar to`g`risida fikr yuritiladi. Bu davrda sinfiy ajralish to`la shakllanmagan bo`lib, boshqaruv ishiga ishbilarmonlarni taklif etish (yuqori tabaqali, yoki oddiy aholidan bo`lishidan qat'iy nazar) kerak deyilgan. Qadimgi Misrdan farqli ravishda Mesopotamiyada xususiy mulkchilik va tovar-pul munosabatlarining nisbatan tez rivojlanishi xarakterlidir. Inson shaxsi ozodligining kafolati yo`q bo`lgan o`sha sharoitda qarzdor qulchilik xo`jalik rivojiga olib kelar edi. Bunday jarayonlar soliq to`lovchilar va harbiylardan ajralib qolishi mumkin bo`lgan davlatning kuchsizlanishiga olib kelgan. Saqlanib qolgan yodgorliklarda, yozma qonunlarda iqtisodiy g`oyalar ham mavjud, unda mustaqil ishlab chiqaruvchilarning huquqlarini himoya qilish, tartibga solish bo`yicha muhim fikrlar berilgan. Eramizdan avvalgi XVIII asrda Bobil (Vavilon) da (m.a.1792-1750 yy.) podsholik qilgan Xammurapi (ba'zi manbalarda Xammurabi) qonun to`plamlari (jami 282 ta) diqqatga sazovor (m.a.1760 y.). Bu to`plam 1901-1902 yy. Suza shahri qoldiqlarini arxeologik qazish paytida topilgan (Fransiya poytaxti Parijdagi mashhur muzey - Luvrda saqlanyapti). Nusxasini BMT binosidagi muzeyda ham ko`rish mumkin. Toshga o’yib yozilgan muhim va qadimiy, tarixiy hujjatni tahlil qilish shuni ko`rsatadiki, mavjud davlat sinfiy va sotsial jihatdan ancha mukammal ajralgan. Biz uchun ayniqsa mulkchilik va unga egalik shakllari muhimdir.qonunda "kuchlilar zaifroqlarni cheklamasligi kerak", degan qoida bor. Masalan, qarzdorligi uchun podsho jangchilari va boshqa aholining yerlarini sotish yoki tortib olish man etilgan. Sudxo`rlik faoliyati cheklangan, uning miqdori pulda 20, mahsulotda 33 foizdan ortiq bo`lmasligi kerak.



Download 19,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish