Maktab o‘quvchilarining aqliy rivojlanishini o‘rganib borish uchun IQ-testlari
TEST 1
Topshiriq 1.
Umumiy tushuncha.
Test 30 ta savoldan tuzilgan. Savollarning 15 tasi ijtimoiy-gumanitar fanlar, 15 tasi aniq fanlar bo‘yicha tuzilgan bo‘lib, javob variantlari berilgan. Savolga tegishli javobni topish va javob varaqasiga belgilash kerak.
Natijalarni qayta ishlash-har bir to‘g‘ri javob 1 ball bilan baholanadi. Maksimal ball-30 ball.
Ko‘rsatma - Savolni diqqat bilan o‘qing. Qaysi javobni to‘g‘ri deb bilsangiz shu javobni tanlang. To‘g‘ri javob harfini javoblar ustuniga yozib qo‘ying.
1
|
Xalqlarning hayoti, ularning madaniyati, jamiyatning rivojlanishini o‘rganadigan fan?
a) geografiya, b) tarix, c) arxeologiya, d) falsafa
|
2
|
Raqamlar, formulalar, teoremalar, hisoblash qoidalari bular hammasi?
a) darslik, b) testlar, c) hisoblash, d) matematika
|
3
|
Amir Temur yashab hukmronlik qilgan davlat qanday nomlangan?
a) Xalifalik, b) So‘g‘diyona, c) Movarounnaxr, d) Xorazm
|
4
|
Kvadrat – bu?
a) element, b) figura, c) maydon, d) ko‘pburchak
|
5
|
Sharq va g‘arb davlatlarini birlashtirgan va Turkiston hududi orqali o‘tgan buyuk yo‘l?
a) Turkiston, b) savdo, c) ipak, d) O‘rta Osiyo
|
6
|
Ko‘paytirish va bo‘lish bu?
a) ko‘paytiruvchi va bo‘linuvchi b) son va qoidalar, c) yig‘indi va ayirma, e) son amallari
|
7
|
"Registon" tarixiy obidasi qayerda joylashgan?
a) Buxoro, b) Xiva, c) Samarqand, d) Xorazm
|
8
|
Qanday fan jismlarning shakli, uning fazodagi va tekislikdagi o‘lchamini o‘rganadi?
a) izometriya, b) geometriya, c) planimetriya, d) chizmachilik
|
9
|
So‘z va gaplarni o‘zbek va ingliz tillarida to‘g‘ri yozish qoidalari nima deb ataladi?
a) tilshunoslik, b) grammatika, c) leksika, d) orfografiya
|
10
|
Jismlarning tuzilishi, quvvati, harakati, vaqti, yorug‘lik, materiya, ovoz va boshqalarni o‘rganadigan fan?
a) kimyo, b) fizika, c) mexanika, d) anatomiya
|
11
|
Qanday odam "intellektual" deb ataladi?
a) kuchli, b) aqlli c) chiroyli, d) botir
|
12
|
Uchburchakni teng ikkiga bo‘luvchi chiziq qanday nomlanadi?
a) xorda, b) bissektrisa, c) mediana, d) diagonal
|
13
|
Og‘zaki xalq ijodi namunasi hamda bolalar uchun filmlar nima deb ataladi?
she’r, b) ertak, c) maqol, d) multfilm
|
14
|
"Absissa o‘qi" va "Ordinata o‘qi" - bu ?
a) o‘qlar koordinatasi, b)o‘lchov tizimi, c) koordinata tizimi,
d) tekislikdagi tizim
|
15
|
Amerikani birinchi bo‘lib kim kashf etgan?
a) Fernan Magellan, b) Ameriko Vespuchchi, c) Xristofor Kolumb,
d) Marko Polo
|
16
|
Kimyoviy element tarkibining asosi-
a) atom va yadro, b) zarracha va zaryadlar, c) molekula, d) yadro va elementlar
|
17
|
Shoir va yozuvchilarning asarlari bular-
a) nasr, b) she’riyat, c) adabiyot, d) kitoblar
|
18
|
Yerning tuzilishi, uning xudud va maydoni, joylashishi, hayvonot va o‘simlik olamini o‘rganadigan fan-
a) geologiya, b) biologiya, c) geografiya, d) zoologiya
|
19
|
Osiyo xalqlarining dini -
a) machit, b) qur’on, c) islom, d) shariat
|
20
|
O‘simlik va tirik organizmning elementar zarrasi-
a) to‘qima, b) yadro, c) hujayra, d) mikrosoma
|
21
|
Turli so‘zlar va ularning tarjimasi jamlangan kitob bu-
a) adabiyot, b) darslik, c) lug‘at, d) test
|
22
|
Yulduzlarni o‘rgangan va Sharqda birinchi rasadxonani qurdirgan buyuk o‘zbek olimi-
a) Muxammad al - Xorazmiy, b) Abu Rayxon Beruniy,
c) Abu Nasr Farobiy, d) Muxammad Tarag‘ay Ulugbek
|
23
|
Davlat emblemasi nima deb ataladi-
a) bayroq, b) gerb, c) konstitusiya, d) gimn
|
24
|
Kim yangi mashina, uskuna va boshqa texnik qurilmalarni loyihalashtiradi, yaratadi-
a) texnologlar, b) injenerlar, c) texniklar, d) arxitektorlar
|
25
|
Bastakor kuy bastalaydi, musiqachilar ijro etadi, artistlar kuylaydi va o‘ynaydi va bular hammasi
a) teatr, b) balet, c) san’at, d) konsert
|
26
|
Tana va suv haroratini o‘lchaydigan moslama qanday nomlanadi-
a) suv o‘lchagich, b) hisoblagich, c) termometr, d) gradusnik
|
27
|
Boshqa davlatga vakil qilib yuborilgan shaxsni kim deb atashadi-
a) prezident, b) maslahatchi, c) vazir, d) diplomat
|
28
|
Kompyuter ko‘proq nima uchun kerak?
a) ma’lumot va fayl, b) internet va saytlar, c) dasturlash va ishlash ,
d) o‘yin va filmlar
|
29
|
Odamning qaysi a’zosi uning harakatlarini boshqaradi-
a) bosh, b) miya, c) qo‘llar, d) ko‘zlar
|
30
|
Odamlar "NUJ" haqida gapirganda nimani nazarda tutishadi?
a) uchar qayiq, b) kosmik raketa, c) vaqt mashinasi, d) uchar likopcha
|
Do'stlaringiz bilan baham: |