Boshlang’ich sinf o‘qituvchisi mahoratini shakllanishining asosiy bosqichlari



Download 46 Kb.
Sana13.05.2022
Hajmi46 Kb.
#602901
Bog'liq
Ergasheva Gulnora O\'qituvchi mahorati


BOSHLANG’ICH SINF O‘QITUVCHISI MAHORATINI SHAKLLANISHINING ASOSIY BOSQICHLARI
Ergasheva Gulnora Mirzakarimovna
Asaka tumani 58-umumta’lim maktabi boshlang’ich sinf o’qituvchisi

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishib, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning o‘ziga xos yo‘lini tanlashi mutaxassislar tayyorlash tizimi va uning mazmunini qayta tashkil etishni zarur qilib qo‘ydi va bir qator chora- tadbirlar ko‘rishni, shu jumladan, “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonunni joriy etish, zamonaviy didaktik ta'minotni ishlab chiqish, o‘quv-tarbiyaviy jarayonni, ilg‘or o‘quv yurtlarini attestatsiyadan o‘tkazishni va akkreditatsiyalashni, yangi tipdagi ta'lim muassalalarini tashkil etish hamda eng asosiysi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ni ishlab chiqish va hayotga tadbiq etishni taqozo etdi.


Kadrlar tayyorlash Milliy modelining yaratilishi O‘zbekistonning xalqaro talablardagi zamonaviy taraqqiyotini ta'minlay oladigan dadil, mustaqil, ijodiy tafakkurli, malakali, bilimli mutaxassis, ayni paytda shaxsiy insoniy sifatlari shakllangan barkamol kadrlarni tayyorlash maqsadini ko‘zlaydi.
O’qituvchi barkamol avlod ta’lim-tarbiyasi uchun javobgar shaxs boiib, nafaqat ma’naviy-axloqiy madaniyati bilan atrofdagilarga o‘rnak bo’lishi, shu bilan birga, pedagogik mahoratini ham namoyon eta olishi, yetuk o‘qituvchi sifatida malakali kadrlami tayyorlash ishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shishi zarur. Pedagogik mahoratga ega bo’lish, o‘qituvchi uchun ta’lim-tarbiya samaradorligini ta’minlovchi zamin bo’libgina qolmasdan, ayni vaqtda, uning jamiyatdagi obro‘-e’tiborini ham oshiradi, o‘quvchilarga nisbatan hurmat yuzaga keladi. Kasbiy mahoratni oshirish yolida amaliy harakatlarni tashkil etish pedagogik faoliyatga qo‘yilgan yoki qo‘yilayotgan xatolardan holi bo’lish, o‘quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar bilan munosabatda muvaffaqiyatlarga erishish imkoniyatini yaratadi.
Hozirgi kunda o‘qituvchining peda­gogik mahoratida “Bilish, tushunish, qo'llash, tahlil qilish, sintez qilish, baholash” kabi didaktik qonuniyatlar ta’lim berishning muhim kategoriyalari sifatida e’tirof etilgan.
Bugungi kun o'qituvchisiga nisbatan qo‘yilayotgan talablar mazmuni yil sayin yangilanib, zamon talablariga moslashib bormoqda. Boshlang’ich sinf o‘qituvchisi ta’limni tashkil etishda quyidagi bosqichlardan o’tishi kerak:
• avvalo u o'z mutaxassisligi bo'yicha ta’lim beradigan fanlardan pedagogik texnologiyalarga asoslangan ma’ruza va amaliy mashg'ulotlarini mazmunan yaxlitligini ta’minlashi;
• pedagogik va axborot texnologiyalari hamda o'quvchilar o'quv faoliyatini faollashtiruvchi metodlami qo'llashi, o'quv mashg'ulotlarida pedagogik va axborot texnologiyalarining so'nggi yutuqlarini uyg'unlashtirish malakasiga ega bo’lishi;
• ta’lim muassasalarida fanlami o'qitish mazmuniga mos ravishda pedagogik tizimni loyihalay olishi;
• ta’lim-tarbiyaviy faoliyatda jahonning rivojlangan mamlakatlarida pedagogika va psixologiya sohasida erishilayotgan ilg'or tajribalami amalda modemizatsiya qilgan holda qo'llashi;
• O'rta Osiyo mutafakkirlarining boy ma’naviy meroslaridan ta’lim-tarbiyaviy faoliyatda foydalanishi;
• darsning barcha turlarida, mashg'ulotlarda zamonaviy axborot texnologiyalari asosida o'qitish metodlaridan foydalanishi;
O‘qituvchilik kasbini egallash uchun, avvalo, bolalarni sevish, ular­ni tushunish, harakterlarini bilish zarur. O‘qituvchi bu narsalardan tashqari izlanuvchan, o’z ustida ishlaydigan, ijodkor bo‘lishi kerak, chun­ki o’quvchilarga ta'limni sodda fikrlar orqali yetkazish kerak.
O‘qituvchi zarur xollarda o’quv materialini o’zgartirishi, qiyin narsalarni oson, murakkab narsani oddiy qilib tushuntirishi ke­rak. Buning uchun o‘qituvchi izlanishi qanday usullardan foydalangan bo‘lishini aniqlab olishi lozim. Darsni bir xil usulda olib borilishi bolalarni zeriktirib qo’yishi mumkin. Shuning uchun turli ko’rgazmali qurollar, turli o’yinlar bilan dars uslubini o’zgartirish kerak.
Dars jarayonida asosiy tashabbus o‘qituvchi qo‘lida bo‘ladi. U darsini tez-tez o‘tish, ko‘proq bilim berish bilan mashg‘ul, lekin sinfda bu ma'lumotlarni barcha o‘quvchi turli tarzda qabul qiladi, ularning hoxish-istaklari turlicha, ular passiv eshituvchi, quloq soluvchi, bu hodisalar o‘quvchilarning o‘quv jarayonidagi mas'uliyatini, javobgarlik hissini susaytiradi. Bu hol ularni erkin fikrlash, mustaqil o‘ylash imkoniyatidan mahrum etadi. Shuning uchun tarbiyani samarali chiqishini maqsad qilgan ekanmiz, bu jarayonda o‘quvchi asosiy harakatlantiruvchi kuch, ta'lim jarayonini sub'ekti bo‘lishi kerak, ya'ni o’qish, o‘rganish, mutolaa qilish o‘quvchi zimmasida bo‘lishi kerak. O‘qituvchi esa o‘quvchini o’qishga o‘rgatishda, bilim berishda o‘quvchilarning bilimlarini mustaqil egallashlariga ko‘maklashishi, mas'uliyatni sezishga o‘rgatishi kerak.
Ilm - quyosh, o‘quvchi nihol, o‘qituvchi esa quyosh nurini niholga eltuvchi zarrachadir. Har bir dars tarbiyaviy rivojlantirishi uchun uchta maqsad qo‘yiladi. Darsni tashkiliy shakli uning qatnashchilarining o‘zaro aloqalariga bog‘liq bo‘lib ta'lim metodlariga va o‘quv imkoniyatlariga bog‘liq.
O‘qituvchining mahorat bilan dars o‘tishi deyilganda darsni tushuntirish g‘oyalari asosida o‘qituvchining bolalar bilan o‘zaro harakati tushuniladi; sinfda psixologik birlik yaratish, har bir metodik yondashuv uchun o‘ziga xos muloqot yo‘lini tanlab borish kabilar kiradi. Ta'lim jarayoniga yangicha yondoshish: ijodkorlik, bunyodkorlik tatbiq etilsagina, ta'lim samaraligi bosqichga ko‘tariladi, ya'ni bolaning talabi, moyilligi, istak-hoxishi uning imkoniyatlari darajasida qondiriladi. O‘quvchining o‘quv mehnatiga mas'uliyati, javobgarligi va burchi oshadi, bilimlarni mustaqil egallash malakalari shakllanadi, unda umr bo‘yi o‘z bilimini boyitishga ishonch paydo bo‘ladi, erkin fikrlash malakasi shakllanadi, shaxs sifatida jamiyatda o‘zining o‘rnini tezroq topib olishga muhit yaratadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Mavlonova R.A., To‘raev O.T., Xasanboeva O, Xolikberdiev K.M. -«Pedagogika» T., «O‘qituvchi » - 1998 y.

  2. R.A.Mavlonova, B.Normurodova. “Tarbiyaviy ishlar metodikasi”. O‘quv qo‘llanma. Toshkent, “FAN” 2008 y.

Download 46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish