107
―Xamsat ul-mutahayyirin‖ning ―Ikkinchi maqolat‖iga Navoiy oʻzi bilan ustozi
oʻrtasidagi maktublarni kiritadi. Ana shu xatlar ham maqolamizda oʻrtaga qoʻyilgan
masalani tadqiq etishimizda juda qoʻl keladi. ―Ikkinchi maqolat‖ning 4-hikoyatida
yana ustoz-shogirdning hamfikr ekani, shuningdek, ulardagi badiiy didning oʻzaro
yaqinligini koʻrishimiz mumkin.
Kunlarning birida Hazrat Jomiy huzurida Mir Xusravning ―Daryoyi
abror‖
19
qasidasi haqida soʻz boradi. Shunda Navoiy bu asarni maqtay ketadi. Biroq
ustozi bu haqda hech narsa demaydi. Navoiy, qasida maqtovga loyiq boʻlsa-da, ulugʻ
hazrat oldida uni oshirib taʼriflab yubordimmikan, degan xayolga boradi. Oradan
biroz vaqt oʻtgach, Navoiy safarga otlana turib ustozidan fotiha olishga borganida,
Jomiy unga oʻzining ―Daryoyi abror‖ javobida bitilgan ―Lujjat ul-asror‖
20
qasidasini
beradi. Navoiy yoʻl davomida ot ustida qasidani oʻqib, behad xursand boʻladi.
Shunda ilhomlangan shoirning xayoliga ―Tuhfat ul-afkor‖
21
asarining matlaʼsi keladi.
Manzilga yetgach, Navoiy matlaʼni qogʻozga tushirib, agar asar tugatishga loyiq, deb
topilsa, yaʼni ustozga maʼqul boʻlsa, uni davom ettiraman, degan mazmunda xat
yozib, bir bek orqali uni joʻnatadi. Jomiydan esa: ―Albatta, tugatsun‖,
22
– degan javob
keladi.
Shunday qilib, bu hikoyatdan ―Lujjat ul-asror‖ va ―Tuhfat ul-afkor‖ asarlarining
dunyoga kelishi haqida muhim maʼlumotlarni bilib olamiz. Shu tariqa ustoz
shogirdning yana bir asar yaratishiga sababchi boʻlgani ham ayonlashadi. Aslida, bu
ham – haqiqiy maʼnodagi ustozlik. Jomiy Navoiy uchun har tomonlama murabbiy
edi. Shuning uchun ham ulugʻ oʻzbek shoiri oʻzining har bir harakati Jomiy
tomonidan qanday qabul qilinishiga aslo befarq boʻlmagan. Aslida yuksak mahoratli
ustoz shogirdi bu xalqning o‘tmishi tarixiy taraqqiyot yo‘lini, ota-bobolarilarining
kim bo‘lganligini va ularning jahon ilm-fani, madaniyati taraqqiyotiga qo‘shgan
buyuk hissalarini bilib olishni, milliy o‘zlikni anglash kishining jamiyat va Vatanning
porloq istiqbolini ta‘minlash uchun qanday imkoniyatlarga ega ekanligini chuqur
anglab yetishi va mavjud imkoniyatlarni yuzaga chiqarish uchun o‘zini safarbar etishi
zarur ekanligini uqtirib boradi. Binobarin sog‘lom avlod tarbiyasi faqat jismoniy
jihatdan chiniqqan, kamol topgan yoshlarnigina emas, shuningdek, sharqona axloq-
odob va umumbashariy ma‘naviy qadriyatlar asosida tarbiya topgan insonni ham
ko‘zda tutmog‘i lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: