Adabiyotlar
1. N.Xalilova Iqtidorli bolalar psixologiyasi T., TDPU, 2007.
2. Е.И.Рогов. ―Настолная книга практического психолога в образовании‖.:
М.‖Владос‖-1996. 528 стр.
3. Лук А.Н. Психология творчества. М. Наука. 1978. 125 с.
TEMURIY MALIKALAR AXLOQIY SIFATLARINING
BADIIY ADABIYOTDA PEDAGOGIK TALQINI
(Primqul Qodirov asari misolida)
Qubonova Dilafruz Toshturdiyevna
SamDU pedagogika fakulteti o`qituvchisi
Temuriy malikalar axloqiy sifatlarining pedagogik talqini badiiy adabiyotda
muayyan darajada yoritilgan.
Ma‘lumki, adabiyot hayotdagi voqea – hodisalarning badiiy obrazlarda aks
etishidir. Adabiy va tarixiy asarlarda ayol timsoli yozuvchilar tomonidan muayyan
darajada yoritib kelingan. Tarixda o‘zining jasorati va matonati, aql-zakovati,
332
nafosati va nazokati bilan nom qoldirgan temuriy malikalarning timsoli ham badiiy
asarlarda o‘z ifodasini topgan. O‘zbek adabiyotida tarixiy asarlar yozishda Oybek
domladan keyin Pirimqul Qodirovning nomini hurmat – ehtirom bilan tilga olish joiz.
Sababi, adibning qalamiga mansub ―Ona lochin vidosi‖, ―Yulduzli tunlar‖,
―Xumoyun va Akbar‖ asarlari bevosita milliy tariximizni yoritishga xizmat qiladi
[1.2.3.4.]. Pirimqul Qodirov asarlarida temuriy malikalarning ma‘naviy-axloqiy
fazilatlari boy materiallar asosida ishonchli va asosli ravishda yoritilgan. Sohibqiron
bobomizning ayollaridan biri Saroy Mulk xonim boshqa malikalardan farqli ravishda
―Katta ehtiromga u o‘z aql-zakovati, did-farosati, tadbirkorligi bilan erishgan. Tarixiy
manbalarda bu malikaning nozik did va farosat bilan ajralib turadigan, husn-latofat
bobida benazir ayol bo‘lganligi ko‘rsatilgan. Bibi xonim davlatni boshqarishda
uchrab turadigan ba‘zi muammolarni hal qilishda faol ishtirok etgan. Eng muhimi
Bibi xonim temuriy shahzodalarni tarbiyalashda faollik ko‘rsatgan. Aniqrog‘i, Amir
Temurning o‘g‘li Shohruh Mirzoni, nabiralari Muhammad Sulton Mirzo, Xalil Sulton
Mirzo, Ulug‘bek Mirzo kabi shahzodalarning tarbiyasi malikaning ixtiyoriga
topshirilgan. Bu oqila ayol to‘g‘risida Pirimqul Qodirov ―Ona lochin vidosi‖ tarixiy
romanida batafsil to‘xtalgan. Romanda ta‘kidlanganidek, ―Shohruh Mirzo va Gavhar
Shod begim o‘z o‘g‘illarini ham bunyodkorlik ruhida tarbiyalagan, ularning har
biriga yaxshi ko‘rgan ilmiy-ijodiy ishini qilishi uchun imkon yaratgan edilar. Shu
sababli o‘g‘illari ham ota-ona tomonida turdilar‖ [1.73] yoki Shohruh Mirzo va
Gavhar Shod begim bir yoqadan bosh chiqarib, hokimiyat jilovlarini mahkam
tutganliklari, o‘g‘illarini insofu-adolat ruhida tarbiyalaganliklari uchun to‘rt o‘g‘ildan
birortasi – na Ulug‘bek, na Ibrohim, na Boysunqur, na Jo‘qiy Mirzo – bir –biri bilan
yovlashgan emas, ota-onalariga qarshi bosh ko‘targanlari ham yo‘q deb ta‘kidlangan
[1.21].
Shohruh Mirzoning Gavharshod begimga aytgan gaplaridan ―... Yodingizda
bormi, hazrat otam layoqatli nevaralar tarbiyasini kayvoni xotinlari Saroy Mulk
xonimga topshirgan edilar. Rahmatlik Bibi Xonimni otam ―ona lochin‖ deb ulug‘lar
edilar. ―Avlodlarimni lochinday yuksaklikka parvoz etadigan qilib tarbiyalang!‖ der
edilar [1.22-23].
―Gavharshod begim har haftaning uch kunida shahzodalar bilan ikki soatdan
mashg‘ulot o‘tkazadi. Mashg‘ulot Bog‘i Safedda, begimning katta xonayi xosida
o‘tar, miz ustida ―Zafarnoma‖ ga o‘xshagan nodir qo‘lyozmalar turardi. Devorga
xaritalar ham osib qo‘ydilardi. Gavharshod begim ko‘proq temuriylar tarixidan saboq
berardi. Kitoblarda yozilgan voqyealarni o‘zi boshidan kechirgan yorqin hotiralar
bilan boyitib, juda maroqli hikoyalar so‘zlab berardi [1.23].
Romanda Gavharshod begimning Buxoro safaridan qaytayotgan holatini
yozuvchi quyidagicha tasvirlaydi: ―Samarqandga borgancha necha marta to‘xtagan
bo‘lsalar hamma joyda Gavharshod begimni ―Maxdi Ulyo‖ – ―Avliyo ona‖ deb
e‘zozlashar, xususan ayollar uning duosini olishga intilishar, begimning kiyimlariga
tegib qolgan qo‘llarini ko‘zlariga surtib o‘pishar edi‖ [1. 34]. Shohruh Mirzo
Gavharshod begimni davlat ishlariga yaxshi tushunadigan aqlli va ma‘rifatli ayol
sifatida ham yaxshi ko‘rar, ba‘zi murakkab muammolarni hal qilishda begimning
maslahatini olar edi‖ [1. 29 b]. Romanda Shoxruh Mirzoning Gavharshod begim
bilan yangi kanallar, ariqlar qazdirish ishiga bosh bo‘lganligi, natijada asrlar
333
davomida qaqrab yotgan cho‘lu biyobonlar, bog‘-rog‘larga aylangani, bu esa
xalqning turmush darajasini yaxshilashga xizmat qilganligi quyidagi satrlarda o‘z
ifodasini topgan.
―Qadimgi Marv shahri Chingizxon davridan buyon qumlarga ko‘milib inson zoti
yasholmaydigan xarobazorga aylanib qolgan edi. Bir yuzu sakson yil, ya‘ni salkam
ikki asr kimsasiz yotgan Marv shahrini qayta tiriltirish uchun Chingizxon buzdirib
tashlagan Murg‘ob daryosidagi to‘g‘onni qayta tiklash, qumga ko‘milib qolgan
ariqlarni ochib, obihayot keltirish zarur edi .
Shohrux Mirzo otasining saltanatini qayta tiklashga muyassar bo‘lgan milodiy
1410 yilda Gavharshod begim unga Marvni eslatdi:
- Mirzacho‘lda shohariq qazdirganingiz uchun odamlar haligacha sizni duo
qilar ekanlar. Mana hozir xudo sizga shunday ulug‘ saltanatni qaytarib berdi. Endi
buyuk bir savob ish qilsangiz...
- Yana qanday ish?
- Hazratim, yana emas. Bu hali hyech kim qilmagan betakror jasorat bo‘lur.
Qadimgi Marv shahrini qayta tiklash ...
- Butun bir shaharni –ya?
- Olimu muhandislar tarhini chizib menga ko‘rsatdilar. Mo‘ysafid yoshullilar
ming - ming savobtalab odamlarni hasharga boshlab chiqmoqchilar. Murg‘ob
daryosidagi buzilgan to‘g‘on qayta tiklansa, xalq o‘zi ariqlarni qumlardan tozalab
olg‘ay. Suv borsa Marv qayta tirilgay! ...
Bu ulkan ishning boshida Shohruh Mirzoning o‘zi turibdi. U yo‘q paytda
Gavharshod begim o‘g‘li Ulug‘bek Mirzo bilan barcha ishlarni boshqarib turdilar.
Nihoyat, bahorda Navro‘zning dastlabki kunlarida to‘g‘on ishga tushdi, barcha
ariqlarga suv keldi [1. 30-31].
Pirimqul Qodirov ―Yulduzli tunlar‖ romanida ham boburiy malikalarning
kamtarligi, tadbirkorligi, aql-zakovati, matonati, ziyrakligi kabi insoniy fazilatlarni
yorqin bo‘yoqlarda aks ettirgan. Xonzoda begim Bobur Mirzoning opasi bo‘lgan.
1501-yilda
Shayboniyxon
Samarqandni
egallab
olgach,
Xonzoda
begim
Shayboniyxon nikohiga kiradi. Shayboniyxon qatl qilingandan keyin Xonzodabegim
ukasi Bobur saroyiga keladi. Shox saroyida Xonzoda begim og‘ir va qiyin
sharoitlarda ukasiga yordam beradi. Boburning boshiga og‘ir tashvishlar tushganda
mehribon zot sifatida jigariga yelkadosh bo‘ladi. Xonzoda begim aql – farosati,
irodaliligi, tadbirkorligi tufayli yuksak obro‘ga sazovor bo‘lgan. Ayniqsa uning
obodonchilik ishlarini amalga oshirishdagi, shaxzodalar o‘rtasidagi toju –taxt
talashishlarning, o‘zaro nizolarni bartaraf etishdagi xizmatlari tahsinga loyiq.
Xonzoda begimning insoniy fazilatlari ―Yulduzli tunlar‖ romanida rang – barang
bo‘yoqlarda o‘z aksini topgan:
... Bobur Mirzoning opasi Xonzoda begim mulla Fazliddinni ko‘pdan beri
hayratga solib keladi. Undan to‘rt yil muqaddam mulla Fazliddin Hirotdan kelib
Umarshayx Mirzoning Andijondagi chorbog‘ida ko‘shk qura boshlagan kezlarida
Xonzoda begim o‘n olti yoshda edi. Aslzoda qizlar orasida eng ko‘hligi bo‘lgan.
Xonzoda begim bir marta erkakcha kiyinib, ot minib, inisining o‘smir mulozimlari
bilan chavgon o‘ynagan. Mulla Fazliddin buni ko‘rib bir hayratga tushgan edi.
Oradan ikki yil o‘tgach mulla Fazliddin Andijon arkidagi to‘rxonaning ba‘zi
334
naqshlarini yangilash uchun chaqirildi. Shunda o‘n sakkiz yoshli Xonzoda begimni
ravonda kanizlar orasida setor chalib o‘tirgan paytida yana bir ko‘rdi – yu, o‘z
ko‘zlariga zo‘rg‘a ishondi. Chunki bir vaqtlar yigitcha kiyinib chavgon o‘ynagan
o‘sha qiz endi setorda shunchalik nafis shirali, mayin kuy chalar, uni o‘zi ham shu
qadar nafosat bilan o‘tirar ediki, mulla Fazliddin beixtiyor uning sehriga berilib
g‘alati bo‘lib ketdi.
Keyin mulla Fazliddin devorga xomaki naqsh chizayotganda Xonzoda begim
uning oldiga kelib, ishini qiziqib tomosha qila boshladi. Mulla Fazliddinning
qo‘lidagi pargor hayajonidan yerga tushib ketdi.
- Ajoyib naqsh chizgan edingiz, ko‘zim tegdimi, mavlono? – dedi Xonzoda
begim aybni o‘ziga olganday bo‘lib. [2.76]
Shuningdek, romanning yana bir sahifasida Xonzoda begim bilan bog‘liq
jarayon quyidagicha tasvirlangan:
... Amirzodam, - deb Boburning buvisi so‘nggi yillarda ancha bukchayib qolgan
Eson Davlat begim gap boshladi: - Shayboniyxon sulx taklif qilib odam yubormish
... Eson Davlat begim nomani Boburga uzatar ekan, uyalinqirab qo‘shib qo‘ydi:
-
Aslida bu noma Xonzoda begimning nomlariga kelmishdir.
-
Ajabo! - deb Bobur xatni jirkanibroq qo‘liga oldi... Anchadan keyin yashil
qabo kiygan Xonzoda begim eshikdan motamsaro bir alfozda sekin kirib keldi.
Bobur uni qarshisiga o‘tqazib, bir lahza yuziga tikilib turdi.
-
Begim siz ... Shayboniyxon taklifiga rizolik bergan emishsiz. Shu rostmi?
-
Rizo bo‘lmay ne ilojim bor?
-
Mening mag‘lubiyatim sizni ilojsiz qoldirgani rost. Lekin iningiz hali tirik.
Men asir tushmoqchi emasman. Bir o‘lim bo‘lsa, hamma vaqt bor. Ajal yetmagan
bo‘lsa sizlarni olib chiqib keturmiz. Kunim bitgan bo‘lsa ilkimda qilich bilan jon
berurmen. Ana undan keyin rizolik bersangiz mayli. Unda hyech kim: ―O‘zi qolib
egachisini qurbon qildi‖, - deyolmas. Menga bunday malomatdan o‘lim afzal. Rizo
bo‘lmang!
Xonzoda begimning ko‘ziga yosh quyilib keldi. U Boburing yov xalqasini jang
bilan yorib chiqib ketolmasligini bilardi. Bobur bir o‘limni astoydil bo‘yniga olib
shunday deganini sezardi. U Boburni mana shu mardligi va dovyurakligi uchun ham
jonidan ortiq ko‘rar, o‘zini yov qo‘liga tutqazib, ukasini naqd o‘limdan olib qolishini
istardi.
Lekin u o‘zining bu niyatini Boburdan yashirishga majbur edi. Chunki Bobur,
hozir o‘zi aytganday, opasini qurbon qilib qutilib ketish malomatidan o‘limni afzal
ko‘rardi [1.248-252].
Bundan tashqari Pirimqul Qodirovning ―Humoyun va Akbar‖ (Avlodlar davoni)
tarixiy romanida boburiy malikalarning ma‘naviy-axloqiy fazilatlari o‘z ifodasini
topgan.
Hijriy 935 yilda Agraga ko‘chib kelgan Xonzoda begim o‘n yildan beri
Hindistonda istiqomat qilayogan bo‘lsa ham, hanuzgacha bu yerdagi fasllaring
g‘aroyibligiga o‘rganolmaydi...
... Agradagi Zarafshon bog‘ida baland gulmohur daraxtlari bor...
Mana shu gulmohurlar yonidagi tillakori tolorda jussasi kichik bo‘lib qolgan
Xonzoda begim xomush bir qiyofa bilan yolg‘iz o‘tiribdi...
335
Begimning parishon nazari tushib turgan ko‘kalamzor maydonda esa bir to‘p
otliq qizlar ―chavgon‖ (chavgon - ot minib o‘ynaladigan va ba‘zi jihatlari chim
xokkeyni eslatadigan qadimiy o‘yin) o‘ynamoqda. Ular Xonzoda begimday mashhur
kayvoni o‘yiniga qarab turganidan ruhlanib, jon jahdlari bilan chovgon to‘pini
muxoliflar darvozasiga kiritishga intiladilar...
Hindol Mirzoning yoshgina xotini Sultonim begim maydon atrofida saman otini
yo‘rttirib o‘yinga hakamlik qiladi...
Tapir-tupur ot chopayotganlar - bo‘yi yetgan xushro‘y qizlar. Ularning orasida
Gulbadan begim ham bor...
Bo‘z otliq qizlardan Hamida degani o‘yinchilar g‘ij-g‘ij bo‘lib turgan to‘daga
o‘qday yorib kirdi-yu, jilovini qo‘yib yubordi. Chovgon cho‘pni ikki qo‘llab
tutganicha, uzangiga oyog‘ini tiradi – da, uloqchilardek pastga engashdi. Bu qiz
qoplon kabi chaqqonlik bilan to‘pni chavgoncho‘pga ilintirib to‘dadan olib
chiqqanda, Xonzoda begimning zavqi kelib ―o‖ deb yubordi [2.5-7].
Bunday faktlarni asardan ko‘plab keltirish mumkin. Pirimqul Qodirovning qaysi
bir tarixiy romanlariga murojaat qilmaylik temuriy malikalarning insoniyat tarixiga
qo‘shgan hissalari, ko‘rsatgan jasoratlari davlatni boshqarishdagi maslahatlari, o‘zaro
nizolarni oldini olishdagi harakatlari, oilaparvarligi, insoniy fazilatlari o‘z ifodasini
topgan.
Talaba yoshlarning vazifasi ushbu mehr va muhabbat bilan yozilgan tarixiy
asarlarni qayta-qayta mutoala qilishlari, ulardan tegishli saboq chiqarib olishlari,
bugungi kunning muammolariga javob topish uchun ularni o‘rganishlari lozim.
Talaba yoshlarni jumladan, talaba qizlarni millatimiz nufuzini oshirish, urf-
odatlarimizga, milliy qadriyatlarimizga sadoqat ruhida tarbiyalashda temuriy
malikalarning ma‘naviy merosidan foydalanish kelajak avlodlarimizning bunyodkori
bo‘lgan ayol zotini qadrlashga, ularni sadoqatli, iymon-e‘tiqodli va mehr-oqibatli
bo‘lishga undaydi.
Jismonan va ma‘nan sog‘lom farzandlar ham ana shunday onalardan tug‘iladi.
Bunday farzandlar esa kelajakda millat va jamiyat manfaatlariga, O‘zbekistonday
kelajagi buyuk mamlakatga xizmat qilishlariga xech shubha yo‘q.
Do'stlaringiz bilan baham: |