Бошланғич таълим кафедраси


Список используемой литературы



Download 7,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/282
Sana22.02.2022
Hajmi7,03 Mb.
#94274
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   282
Bog'liq
6-MAQOLA BOSHLANG'ICH ТЎПЛАМ 22.05.2020

Список используемой литературы 
1. Об утверждении и введении в действие федерального государственного 
стандарта основного общего образования: приказ Минобрнауки России от 17 
декабря 2010 г. № 1897 [Электронный ресурс]. URL:https://fgos.ru/ (Дата 
обращения: 25.02.2020). 
 
 
 
 
 
 



BOSHLANG`ICH TA`LIM JARAYONIDA INNOVATSION 
TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI 
 
Sattarov Abdisamat Umirqulovich 
TerDUning ilmiy ishlar va inovatsiyalar bo‟yicha prorektori 
 
Ilg`or pedagogik texnologiya yutuqlari asosida, ―Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi‖ hamda ―Ta'lim to'g'risida‖gi Qonun talablarini bajarish maqsadida 
o'quvchilarning tafakkurlarini yuqori darajada rivojlantirishga erishish umumiy ta'lim 
maktablari oldida turgan eng muhim vazifalaridan biridir. Zamonaviy boshlang`ich 
talim jarayonida bolalarni rivojlantiruvchi xarakterga ega bo`lgan talim tizimi tadbiq 
qilinadi. Unda kichik maktab yoshidagi bolalar o`z yosh xususiyatlari va tafakkur 
hamda ruhiy taraqqiyot darajalari o`zlashtirish imkonini beradigan ta`limiy faoliyatga 
kirishadilar. Yangicha ijtimoiy iqtisodiy munosabatlar rivojlanayotgan hozirgi davrda 
Milliy kadrlar tayyorlash tizimining poydevori bo`lgan boshlang`ich ta`lim quyidagi 
vazifalarni bajarishi lozim:
1. Kichik maktab yoshidagi o`quvchilarda o`qish, o`rganish istagi va 
ko`nikmalarini shakllantirish;
2. Boshlang`ich sinf o`quvchilarida yuqori darajada shakllangan bilish 
jarayoniga, bilish faoliyatiga intilishni kuchaytirish;
3. Bilish faoliyatiga bo`lgan ongli intilish shakllangandagina ta`lim 
muvoffaqiyatli bo`ladi.
Agar boshlang`ich ta`lim jarayoni o`quvchida bilishga bo`lgan ishtiyoqni 
shakllantira olmas ekan, yuqori sinflarga borgan sari uning bilishga bo`lgan intilishi 
susayadi. Bu esa, o`z navbatida, boshlang`ich sinf bitiruvchilarining ko`nikma va 
malakalariga ham salbiy ta`sir ko`rsatadi. Boshlang`ich ta`limning maqsad va 
vazifalari. Shu asosga ko`ra, boshlang`ich ta`limning bosh maqsadi kichik maktab 
yoshidagi o`quvchilarda ta`lim olishga, o`rganishga qaratilgan faoliyatni 
shakllantirish asosida ularni tarbiyalash va shaxsiy imkoniyatlarini ro`yobga 
chiqarishdan iborat. Buning uchun quyidagi vazifalarni hal qilish lozim:
1. Bolalarning ongi va tafakkurida mavjud bo`lgan yashirin imkoniyatlarni 
aniqlash va rivojlantirish;
2. Kichik maktab yoshidagi bolalarda ta`limning dastlabki davridan boshlab 
yangi imkoniyatlarni shakllantirish; qaysiki, bunday yangi imkoniyatlar o`quv 
materialini muvafaqiyatli o`zlashtirishgagina emas, balki hayotiy muammolarni hal 
etishga ham tayyorlaydi.
Boshlang`ich ta`limning mazmuni. Zamonaviy boshlang`ich ta`lim uchun 
istiqbolli, ustuvor yo`nalishlardan biri, bu shaxsning umuminsoniy va milliy 
qadriyatlar ruhida tarbiyalash asosida rivojlantirishdan iboratdir, yani, har tomonlama 
rivojlangan shaxsni tarbiyalashga yo`naltirilgan ta`lim jarayonidir. Bugungi kunda 
o`zida ta`lim tarbiya elementlarini mujassamlashtirgan boshlang`ich ta`lim jarayonini 
tashkil etish dolzarb vazifalardan biridir. Kichik maktab yoshidagi bolalarni o`qitish 
va ularda milliy hamda umuminsoniy tarbiya elementlarini singdirish yo`li amaliy 
jihatdan tadbiq qilinishi lozim. Bu o`rinda, milliy axloq tarbiyasi, ma`naviy-ruhiy 
hamda milliy nafosat va jismoniy tarbiya boshlang`ich ta`lim bosqichida ustuvor 


10 
ahamiyat kasb etishi lozim. Bunda o`quv materiali shaklida berilgan ta`limiy 
matnlarda o`quvchilarda turli shakllarda axloqiy-ma`naviy tarbiya va milliy nafosat 
me`yorlarini, diniy hamda umuminsoniy qadriyatlarni singdirish nazarda tutiladi. 
Boshlang`ich ta`lim bilimlarning poydevori ekanligini inobatga olgan holda, bu 
jarayonni zamon talablariga mos holda, innovatsion texnologiyalar asosida tashkil 
qilish muhim ahamiyat kasb etadi. dars mashg`ulotlarini yangi shakl va 
texnologiyalarga muvofiq tashkil qilish va o`tkazish, o`z pedagoglik faoliyatlariga 
innovatsion yondashuvni taqozo etadi.
Innovatsiya nima? Innovatsiya – inglizcha innovation ―kiritilgan yangilik, 
ixtiro‖ degan ma`nolarni anglatadi. Innovatsiya – maqsadga yo`naltirilgan 
o`zgartirishlar bo`lib, ma`lum bir ijtimoiy birlikka – muassasa, uyushma, jamoa va 
guruhlarga yangi va nisbatan barqaror bo`lgan elementlarni, umumiy holda xalqning 
ma`naviy-madaniy munosabatlari va mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi 
bilan uzviy bog`liq bo`lgan yangiliklarni kiritishdir
Biz innovatsiyaning pedagogik turiga to`xtalib o`tmoqchimiz. Hozirgi kunda 
ta`lim-tarbiyaning sifat va samaradorligini oshirish – ta`lim-tarbiya jarayonida yangi 
shakl va metodlarni, yangi texnologiyalarni amaliyotda joriy qilish bilan belgilanadi. 
Innovatsion texnologiyalar – pedagogik jarayon hamda o`qituvchi va o`quvchi 
(talaba) faoliyatiga yangilik, o`zgarishlar kiritish bo`lib, uni amalga oshirishda asosan 
interfaol uslublardan foydalaniladi. Bugungi kunda boshlang`ich ta`lim jarayonida 
qo`llaniladigan innovatsion texnologiyalarni qo`llashdan maqsad, o`quvchilarni 
mustaqil, erkin, fikrlashga o`rgatish, shuningdek, zamonaviy bilim va kasb-hunar 
egallashga o`rgatishdan iborat. Donolar deydilarki, ―O`zini kamol toptira olmagan 
inson, o`zgalar kamolotini ta`minlay olmaydi‖. Shunday ekan, o`quv jarayonini 
innovatsion texnologiyalar asosida tashkil qilish uchun avvalombor, o`qituvchining 
o`zi, zamon talabini chuqur anglashi, innovatsion texnologiyalarni muakammal 
o`zlashtirishi va amaliyotda tatbiq etish yo`llarini bilishi lozim. Zero, zamonaviy 
o`qituvchi – kelajakning bunyodkori, yangi pedagogik texnologiyalarning muallifi, 
tatqiqotchisi, targ`ibotchisidir. 

Download 7,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish