Jinoyat subyekti – Subyekt yoshi o‘n olti yoshga to‘lgan, aqli raso jismoniy shaxs.
(JK 17-moddasi)
Jinoyat obyektiv tomoni - Jinoyatning ob’ektiv tomoni esa Pora berish, ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi mansabdor shaxsiga mazkur mansabdor shaxsning o’z xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo’lgan muayyan harakatni pora bergan shaxsning manfaatlarini ko’zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib bevosita yoki vositachi orqali moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish tushuniladi.
Jinoyat subyektiv tomoni - Subyektiv tomondan qasddan sodir etiladi
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.12.2018 yildagi PF-5600-son Farmoniga ko’ra investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer maydonlari ajratish, tuman (shahar) hokimining yer maydonlarini ajratish to’g’risidagi alohida qarorisiz, ma’muriy kengashlarning investitsiya loyihalarini tanlash va amalga oshirish uchun erkin iqtisodiy zonalar hududida joylashtirish to’g’risidagi bayonnomalari bilan rasmiylashtiriladi qoidalariga zid rashishda noqonuniy harakatlari amalga oshirgan.(ushbu band O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 8 iyundagi PF-6243-sonli farmoni bilan o’z kuchini yo’qotgan) Bu bilan N.Shodiev va N.Isoqov Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi va 28,211-moddasi 3-qismi «a» bandida ko’zda tutilgan jiniyatlari sodir etgan.
2-savol
Sodir qilgan qilmishini quyidagicha kvalifikasiya qilamiz.
N.Shodiev va N.Isoqovlar bir guruh bo’lib, oldindan til biriktirib, sodir etishi lozim bo’lgan muayyan harakatni pora berayotgan shaxsning manfaatlarini ko’zlab bajarishi evaziga juda ko’p miqdorlagi pul mablag’larini pora tariqasida mansabdor shaxsga berishga qiziqtirib, dalolat qilishda ifodalangan jinoiy xatti-harakatlari O’zbekiston Respublikasi JKning 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 1-oktabr kungi 35-sonli “Firibgarlikka oid ishlar bo’yicha sud amaliyoti to’g’risida”gi qarorining 7-bandida - “Mulkni egallashga qaratilgan firibgarlik, mazkur mulk aybdor yoki boshqa shaxslarning g’ayriqonuniy egaligiga o’tgan va ular undan xohlagan tarzda foydalanish yoki tasarruf etish real imkoniyatiga ega bo’lgan paytdan tugallangan deb topiladi” degan, shu qarorning 18-bandining 4-xat boshida “Agar shaxsning qasdi o’zganing mulkini ko’p (juda ko’p) miqdorda egallashga yo’naltirilgan bo’lib, u aybdorga bog’liq bo’lmagan holatlarga ko’ra oxiriga yetkazilmagan bo’lsa, qilmish haqiqatda talon-toroj qilingan mulk qiymatidan qat’iy nazar, qasd yo’naltirilganligidan kelib chiqib, ko’p (juda ko’p) miqdordagi firibgarlikka suiqasd sifatida kvalifikatsiya qilinishi kerak.” qarori hamda
JK 25-moddasi 2-qismida “Qasddan sodir etilgan jinoyat boshlanib, shaxsga bog’liq bo’lmagan holatlarga ko’ra oxiriga yetkazilmagan bo’lsa, jinoyat sodir etishga suiqasd deb topiladi” degan qonun talabiga ko’ra N.Shodiev va N.Isoqovlarning ushbu jinoiy qilmishlarini O’zbekiston Respublikasi JKning 25 va 168-moddasi 4-qismi “a” bandiga kvalifikasiya qilishni lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |