@ t.me/ Anatomiya_fani_Alleyova_G_X_guruhi.
1.Oldingi quloq mushagi (m. auricularis anterior) chakka fassiyasidan va galea apaneurotica
dan boshlanadi. U pastga va orqa tomonga yo’nalib quloq suprasi terisiga birikadi. Faoliyati:
quloq suprasini oldinga tortadi.
2.Yuqorigi quloq mushagi (m. auricularis superior) galea apaneurotica dan boshlanib, quloq
suprasi tog’ayining yuqori qismiga birikadi. Faoliyati: quloq suprasini yuqoriga tortadi.
3.Orqa quloq mushagi (m. auricularis posterior) boshqalardan ko’proq rivojlangan bo’lib,
so’rg’ichsimon o’simtadan boshlanib oldinga yo’naladi va quloq
suprasini orqa yuzasiga
birikadi. Faoliyati: quloq suprasini orqaga tortadi. Quloq suprasi mushaklarini n. facialis
innervatsiya qiladi. a.temporalis superficialis va a.auricularis posterior
qon bilan
ta’minlaydi.
Chaynov mushaklari
Bu guruh mushaklar kalla suyaklaridan boshlanib pastki jag’ suyagiga birikadi. Ular
kallaning birgina harakatchan birlashmasi bo’lgan chakka
-
pastki jag’ bo’g’imi harakatini
ta’minlaydi.
1.Chaynov mushagi (m. masseter) to’rtburchak shaklda bo’lib, yuzaki, oraliq va
chuqur
qismlardan iborat. Yuzaki qismi (pars superfisialis) yonoq ravog’ining pastki qirrasidan va
ichki yuzasidan bjshlanadi.
Oraliq qismi (pars intermidia) yonoq ravogining ichki yuzasidan, hamda chakka suyagi
bo’g’im do’mbog’idan boshlanadi. Chuqur qismi (pars profunda)
yonoq ravogining ichki
yuzasidan, hamda yonoq suyagidan boshlanadi. Yuzaki qismi pastga va orqaga yo’nalsa,
chuqur qismi pastga va oldinga yo’nalib pastki jag’ni tashqi yuza bo’rtig’ga birikadi.
Faoliyati
:yuzaki tutamlari pastki jag’ni oldinga suradi, oraliq va
chuqur tutamlari pastki
jag’ni ko’taragi. Innervatsiyasi: n.trigeminus. Qon bilan ta’minlanishi: a.a.masseterica,
transversa faciei.
2.Chakka mushagi (m. temporalis) elpug'uch shaklidagi mushak o’z
nomidagi chuqurcha va
kalla suyagini lateral yuzasida joylashgan. Chakka chuqurchasidan boshlanib qalin pay bilan
pastki jag’ suyagini toj o’simtasiga birikadi. Faoliyati: pastki jag’ni ko’taradi va orqaga
tortadi. Innervatsiyasi: n.trigeminus. Qon bil
an ta’minlanishi: a.a.temporalis profunda et
superficialis
3.Medial qanotsimon mushak (m. pterygoideus medialis) to’rtburchak shakldagi qalin
mushak. Ponasimon suyakning qanotsimon o’simtasi chuqurchasidan boshlanadi.
Mushak
tolalari pastga lateral va o
rqaga yo’nalib, pastki jag’ni burchagining ichki yuzasida
joylashgan qanotsimon bo’rniqqa birikadi. Faoliyati: ikki tomonlama qisqarsa pastki jag’ni
yuqoriga tortadi. Bir tomonlama qisqarsa pastki jag’ qarama
-
qarshi tomonga yo’naladi.
Innervatsiyasi: n.tri
geminus. Qon bilan ta’minlanishi: a.maxillaris, a.facialis.
4.Lateral qanotsimon mushak (m. pterygoideus lateralis) qalin qisqa mushak ikki: yuqorigi
va pastki boshchadan iborat. Yuqorigi boshchasi (caput superior) ponasimon suyak katta
qanotining yuqori jag' yuzasi va
chakka osti qirrasidan, pastki boshchasi (caput inferior) esa
qanotsimon o’simtaning lateral plastinkasini tashqi yuzasidan boshlanadi. Mushak tolalari