Orqa miyaning to‘r pardasi (arachnoidea spinalis) yupqa plastinka ko‘rinishiga ega. To‘r parda qattiq pardaning ichida joylashib, u bilan umurtqalararo teshik sohasida birikadi. To‘r parda ichida orqa miya, orqa miya ildizlari, otning dumi va orqa miya suyuqligini saqlab turuvchi qopni hosil qiladi. To‘r parda yupqa, ammo pishiq. Uning asosini retikulyar biriktiruvchi to‘qima hosil qiladi, qon tomirlari yo‘q. To‘r parda ostida joylashgan yumshoq pardadan to‘r parda osti bo‘shlig‘i (cavitas subarachnoidalis) bilan ajrab turadi. Bu bo‘shliqda orqa miya suyuqligi joylashadi. Yuqorida bu bo‘shliq bosh miyaning shu nomdagi bo‘shlig‘iga o‘tib ketadi. Pastga tomon to‘r parda osti bo‘shlig‘i kengayib, orqa miya nervlari ildizlarini o‘rab turadi. Orqa miyaning yumshoq pardasi (pia mater spinalis) orqa miyaga yopishib turadi. U kollogen tolalar va qon tomirlarga boy. Orqa miyaning subaraxnoidal bo‘shlig‘i orqa miyani o‘ng va chap tomondan ushlab turuvchi yumshoq parda qatlamlaridan hosil bo‘lgan tishli boylamlar (ligamenta denticulatum) vositasida oldingi va orqa qismlarga bo‘linadi. Bu qatlamlar bir tomondan orqa miyaning yon yuzasiga oldingi va orqa ildizlar o‘rtasiga biriksa, ikkinchi tomonda to‘r pardaga, so‘ngra u bilan birga qattiq pardaga birikadi va orqa miyani o‘rta holatda ushlab turadi. Bu boylam boshlanishida yaxlit bo‘lib, so‘ng 20-30 ta tishga ajralib ketadi. Bu boylamning yuqori tishi katta teshik sohasida, pastkisi esa XII ko‘krak va I bel nervlarining ildizlari sohasida joylashgan. Orqa miya suyuqligi subaraxnoidal bo‘shliqda joylashgan bo‘lib, miqdori 120-140 ml. U toza va tiniq suyuqlik bo‘lib, solishtirma og‘irligi 1,005 ga teng. Uning tarkibidagi tuzlar tarkibi qon plazmasi miqdoriga teng bo‘lib, oqsil moddalar miqdori plazmadagidan 10 marta kam. Orqa miya suyuqligi mexanik ahamiyatga ega bo‘lib, orqa miyani tashqi ta’sirotlardan saqlaydi va miya to‘qimasi modda almashuvida ishtirok etadi. Orqa miyaning hamma pardasi bola hayotining birinchi yilida sezilarli o‘zgaradi. Yoshga qarab ular qalinlashadi va uzayadi. Orqa miyaning qattiq pardasi dumg‘aza kanalida bola qancha yosh bo‘lsa, shuncha past joylashgan. Yangi tug‘ilgan bolada uning pastki uchi III- dumg‘aza umurtqasiga to‘g‘ri keladi. Epi- va subdural bo‘shliqlar yangi tug‘ilgan bolada yaxshi ko‘ringan bo‘lib, yoshga qarab kattalashadi. Yangi tug‘ilgan bolada subaraxnoidal bo‘shliq hajmi 40 sm3. Bolalarda bu bo‘shliq hajmi nisbatan tez kattalashib, 5 yoshda 60 sm3, 8 yoshda esa 100-140 sm3 ga yetadi. Orqa miyaning hamma pardasi bola hayotining birinchi yilida sezilarli o‘zgaradi. Yoshga qarab ular qalinlashadi va uzayadi. Orqa miyaning qattiq pardasi dumg‘aza kanalida bola qancha yosh bo‘lsa, shuncha past joylashgan. Yangi tug‘ilgan bolada uning pastki uchi III- dumg‘aza umurtqasiga to‘g‘ri keladi. Epi- va subdural bo‘shliqlar yangi tug‘ilgan bolada yaxshi ko‘ringan bo‘lib, yoshga qarab kattalashadi. Yangi tug‘ilgan bolada subaraxnoidal bo‘shliq hajmi 40 sm3. Bolalarda bu bo‘shliq hajmi nisbatan tez kattalashib, 5 yoshda 60 sm3, 8 yoshda esa 100-140 sm3 ga yetadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |