Bosh miyaning pastki yuzasi yoki asosi (122-rasm) yarimsharlar, miyacha va miya so‘g‘oning ventral qismlaridan hosil bo‘lgan. Uning oldingi qismlarida peshona bo‘lagining ostki yuzasida hidlov piyozchalari (bulbi olfactori) joylashgan. Uning ventral yuzasiga burun bo‘shlig‘idan g‘alvir suyakning ilma-teshik plastinkasidagi teshiklardan o‘tuvchi 15-20 hidlov nervlari (nn. olfactorii) I juft bosh miya nervi keladi. Hidlov piyozchasidan orqaga qarab hidlov yo‘li (tractus olfactorius) yo‘naladi. Uning orqa qismlari kengayib hidlov uchburchagini (trigonum olfactorum) hosil qiladi. Hidlov uchburchagining orqa tomonida oldingi ilma-teshik modda (substantia perforata anterior) joylashib, bu teshiklar orqali miya ichiga arteriyalar kiradi. Ilma-teshik modda oralig‘ida ko‘ruv nervi kesishmasi (chiasma opticum) joylashgan. U ko‘ruv nervi (n. orticus) II juft bosh miya nervi tolalaridan hosil bo‘ladi. Ko‘ruv nervi orqa tomonga ko‘ruv trakti (tractus opticus) bo‘lib davom etadi. Ko‘ruv nervi kesishmasining orqa tomonida kulrang tepacha (tuber cinereum) yotadi. Uning pastki qismi torayib quyg‘ichni (infundibulum) hosil qiladi. Quyg‘ichning uchida ichki sekretsiya bezi gipofiz (hypophysis) turadi. Kulrang tepachaning orqa tomonida oq sharsimon shakldagi ikkita oq so‘rg‘ichsimon tana (corpora mamillaria) bor. So‘rg‘ichsimon tananing ikki yon tomonida bo‘ylamasiga joylashgan ikkita yo‘g‘on oq to‘sinlar singari miya oyoqchalari joylashgan. Ular o‘rtasida oyoqchalararo chuqurcha (fossa interpedincularis) bo‘lib, uning tubini orqa ilma-teshik modda (substantia perforata posterior) hosil qiladi. Bu teshiklar orqali miya ichiga qon tomirlar kiradi. Miya oyoqchalarining ichki yuzasidan III juft bosh miya nervi ko‘zni harakatlantiruvchi nervning (n. oculomatorius) ildizi ko‘rinadi.