Borliq va rivojlanish falsafasi



Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/36
Sana07.12.2022
Hajmi0,59 Mb.
#880462
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36
Bog'liq
2.BORLIQ VA RIVOJLANISH FALSAFASI

Rivojlanish jarayoni
ham ikki turda bo‘ladi. Birinchi turdagi rivojlanish bo‘yicha, 
jismda har qanday sifatiy o‘zgarish ro‘y berishiga qaramasdan, uni tashkil etgan 
materiyaning sifatiy tuzilish darajasi o‘zgarmasdan qolaveradi. 
Masalan, notirik tabiatga mansub bo‘lgan Quyoshdagi ravojlanishni olib qaraylik. 
Olimlarning taxminlariga ko‘ra, hozir sirtida 6 ming, ichida esa bir necha mln. darajali 
haroratga ega bo‘lgan Quyosh borib-borib soviydi va qizil gigantga aylanadi, ya’ni 
Quyoshning markazidagi termoyadro energiyasi so‘ngach, ichki zichligi pasayadi va 
markazdagi tortishish quvvati susayadi. Oqibatda Quyosh shisha boshlaydi va Yer 
orbitasini ham o‘z ichiga olgan ulkan qizil yulduz vujudga keladi, u asta-sekin sovib, qizil 
karlikka, so‘ngra esa «qora karlikka», keyin bo‘lsa neytron yulduzga aylanadi. Bunday 
o‘zgarishlar natijasida borliqning tashkiliy struktura darajasi o‘zgarmaydi, ya’ni jonsiz 
tabiat shaklidagi darajasi saqlanadi. 
Jonli tabiatning vujudga kelishi, o‘simliklar va hayvonot olamining paydo bo‘lishi, 
odamning shakllanishi, jamiyatning vujudga kelishi singari sifatiy o‘zgarishlar esa, 
rivojlanishning ikkinchi turiga kiradi. 
Falsafa fanida harakatning bir-biridan sifatiy farq qiluvchi bir qancha boshqa 
shakllari ham o‘rganiladi. 
Materalist bo‘lgan faylasuflar harakat shakllarini turkumlaganida, quyidagi 
mulohazalarga tayanib ish yuritadilar: 
1) harakat shakllari bir-birlari bilan sifat jihatidan farq qilib, ularning har biri 
materiyaning tashkiliy tuzilishi darajalarining muayyan bosqichida namoyon bo‘ladi; 


2) materiyaning harakat shakllari bir-biri bilan genetik jihatidan, kelib chiqishi 
jahatdan ketma-ket bog‘langan, ya’ni harakatning murakkabroq shakllari uning nisbatan 
soddaroq shakllaridan kelib chiqqandir; 
3) harakatning yuqori shakllari tarkibidagi quyi shakllari uning yuqori shakllariga 
ham mansubdir, ammo harakatning yuqori shakli o‘zidan quyi shakldagi harakatga 
mansub emasdir. Shu mulohazalarga tayangan holda, harakatning beshta shaklini ajratib 
olish mumkin. Ular — mexanik, fizik, ximiyaviy, biologik va ijtimoiy harakatlardir. 
Falsafada harakat shakllarini turkumlashning bir qancha boshqa ko‘rinishlari ham 
bor. Ayrim olimlar harakat shakllarini har bir fanning nomi bilan bog‘lash kerak, deb 
hisoblashadi. Bunday qarashning xatoligi shundaki, fanlarning ko‘pchiligi harakat 
shaklini emas, balki miqdoriy munosabatlar va holatlarni aks ettiradi. Masalan geodeziya 
yoki geometriya, trigonometriya yoki topografiya, chiziqli algebra qanday harakat 
shaklini o‘rganadi? Kibernetika esa ham tabiatda, ham jamiyatda amal qiluvchi 
boshqarish jarayonlarini o‘rganadi, ya’ni bu fan bitta emas, balki bir qancha harakat 
shakllarini qamrab oladi. 
Harakat shakllarini turlash bo‘yicha quyidagi tabiiy-ilmiy konsepsiya ham diqqatga 
sazovordir. Mazkur konsepsiya bo‘yicha harakat shakllari quyidagicha turlanadi: fizik 
harakat (elementar zarrachalar, maydon va atomlarning harakati), ximiyaviy harakat 
(atomlar va molekulalarning harakati) va bunda harakatning rivojlanishi ikki yo‘nalishga 
ajraladi, 1) harakat rivojlanishining yuqori yo‘nalishida biologik harakat shakllanadi
2) harakat rivojlanishining quyi yo‘nalishida esa geologik harakat shakllanadi, biologik 
harakatning taraqqiyoti ijtimoiy harakatga olib boradi. 
Yana bir boshqa konsepsiyada esa harakat borliqning tashkiliy tuzilish darajalariga 
mos ravishda turlangan. Bu konsepsiyada harakat shakllari uchta sinfga ajratiladi: notirik 
tabiatda — elementar zarrachalar va maydon harakati, tirik tabiatda – hayotning namoyon 
bo‘lishi, jamiyatda – odamning faoliyati. 

Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish