Borliq tushunchasi


Qadriyatlar falsafasi masalasi



Download 96,72 Kb.
bet12/20
Sana16.01.2022
Hajmi96,72 Kb.
#379342
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Bog'liq
Parpiyev Muhammadyusuf 610 21

Qadriyatlar falsafasi masalasi
Reja:

1. Qadriyat kategoriyasi, uning asosiy shakllari va masalasi.

2. Qadriyatlar mavzusining tarixiy ildizlari.

3. Ijtimoiy taraqqiyot jarayonida qadriyatlarga munosabat.

4. Qadriyatlarning inson va jamiyat hayotidagi ahamiyati.

Qadriyatlar tug’risidagi fan — Aksiologiya (aksio — qadriyat, logos fan, ta`limot ma`nosini anglatadi) falsafaning shu masalani o’rganadigan va u bilan shug’ullanadigan sohasi hisoblanadi. Sobiq Ittifoq davrida bu tug’rida nihoyatda kam ma`lumotlar bor edi. Istiqlol tufayli qadriyatlar tug’risidagi qarashlarimiz shitob bilan o’zgardi. Sobiq Ittifoqning ilgari ulug’langan partiyaviy-sinfiy qadriyatlari sarobga aylandi, zamona realliklari talablariga javob bera olmay, o’tgan o’n yilliklardan iborat tarix sahifalari bilan birga yopilib ketdi. O’zbekistonda qadriyatlarga e`tibor kuchaydi, uning turli qirralari olim va mutahassislar tomonidan tahlil etilmoqda. Qadriyatlar falsafasi — Aksiologiyaning ko’pdan-ko’p mavzulari mutahassislarimizning ilmiy izlanishlarida o’ziga xos o’rin tutmoqda.

«Moziyga qaytib ish qo’rmoq hayrlidir», deb yozgan edi Abdulla Qodiriy «O’tgan kunlar» romanida. Huddi shunday, «Qadriyat o’zi nima?» savoliga javob berishdan oldin mavzuning tarixini, qisqa bo’lsa-da, o’rganmoq lozim. Busiz qadriyatlarning bugun va kelajakdagi ahamiyatini tushunib bo’lmaydi.

Qadriyatlar mavzusining tarixi, ildizlari va insoniyatga hos qadrlash tamoyillari shakllanishi uzoq o’tmishga ega. G’arb olimlari bu borada, asosan, Yevropa madaniy merosi va g’oyalariga tayanadilar, ko’plab allomalarning nomlarini tilga oladilar. G’arbda qadriyatlar bilan shug’ullanadigan falsafiy soha — Aksiologiya (aksio — qadriyat, logos — ta`limot) fanining shakllangani ham ularning bunday qarashlari uchun muayyan asos bo’ladi. Biz Suqrot va Aflotun, Arastu va Hegellar katta e`tibor bergan bu mavzuning G’arb falsafasida o’z tarixiga ega ekanligiga shubha qilmaymiz.

Ammo ushbu mavzu ko’hna va navqiron Sharq, hususan O’zbekiston uchun begona emas! Uning eng teran jihatlarini faqat G’arbdan emas, balki Sharqdan qidirish ham foydadan holi bo’lmasa kerak. Nomlari civilizaciyamiz tarixiga abadiy bitilgan Xorazmiy, Forobiy, al-Buhoriy, at-Termiziy, Beruniy, Ibn Sino, Najmiddin Kubro, Yassaviy, Naqshband, Ulug’bek, Navoiy, Mashrab, Bedil, Behbudiy, Avloniy kabi mutafakkirlar ijodida ham bu mavzuning izlari bor, teran qirralari ochilgan. Gap ana shu izlarni izlab topishdaularni unutmaslikda, sayqallab turishda, zamona realliklari nuqtai nazaridan holisona talqin qilishdadir.

Avlod va ajdodlarimiz yaratgan qadrlash mezonlarining tarixi eng qadimgi naqllar, rivoyatlar, afsona, hikoyat, dostonlarga, ya`ni halq og’zaki ijodi namunalariga borib taqaladi. Spitamen, Muqanna va Jaloliddin Manguberdi tug’risidagi asarlarda, Alpomish, To’maris va Shiroq tug’risidagi afsona va dostonlarda vatanparvarlik, halq va yurt ozodligi uchun fidoyilik kabi ko’plab umuminsoniy qadriyatlar tasvirlangan. Ma`naviy merosimizning yorqin namunasi – «Avesto» zardo’shtiylikning muqaddas kitobi bo’lganligidan, unda bu dinning qadriyatlar tizimi, qadrlash mezonlari, o’sha davrdagi milliy G’oyalar yorqin ifodalangan.

Qadrlash tug’risidagi qarashlar rivojida VIII-XII asrlar katta ahamiyatga ega. Bu davrda arab istilosi amalga oshirilgan, islom hukmron dinga aylangan edi. E`tirof etish kerakki, Qur`on va Hadislarda ta`riflab berilgan ilohiy qadriyat va qadrlash masalalari halqimiz tarixi va madaniyatiga ta`sir ko’rsatgan. Shu bilan birga, arab istilosi davrida ko’pgina milliy qadriyatlarimizning yo’qotib yuborilganligini ham qayd qilmoq kerak. Bu tug’rida Beruniy «Qadimgi halqlardan qolgan yodgorliklar» asarida afsus bilan yozib qoldirgan.

Sivilizaciyamiz qadriyatlari va halqimizga hos qadrlash me`yorlari musulmon Sharqi va arablar dunyosi madaniyatining rivojiga ham nihoyatda katta aks ta`sir ko’rsatgan. Tarihda nomlari saqlangan allomalarimiz o’z navbatida butun jahon, Sharq madaniyatiga G’oyat katta hissa qo’shganlar. Bunday fikrni Abu Hanifa, al-Buhoriy, at-Termiziy, Kubro, Ahmad Yassaviy, Naqshband kabi ilohiyot ilmining zabardast allomalari tug’risida ham aytish joiz. Ularning har biri o’z zamonasida islomni civilizaciyamizning yuksak madaniyati nuqtai nazaridan tarQib va tashviq etdilar, islom falsafasini yuksaklikka ko’tardilar, mazkur dinning butun jahonda katta mavqega ega bo’lishida muhim faoliyat ko’rsatdilar. Bu esa ushbu zotlarning nomlarini islom dini jahon sahnida qancha tursa, shunga qadar boqiy ayladi. ularning islom falsafasi va ilohiyotiga, uni zamona zayllari orasidan o’tishi jarayoniga ko’rsatgan nihoyatda katta ta`siri tug’risida mahsus tadqiqotlar olib borish mumkin. Afsuski, manbalar etarli bo’lishiga qaramasdan, yurtimiz civilizaciyasining islom dini rivojiga va azaliy islom mamlakatlarining madaniyati taraqqiyotiga aks ta`siri tug’risida yozilgan asarlar haligacha kam, bu tug’rida keng qamrovli tadqiqotlar olib borish zaruriyati allaqachon etilgan.

Masalaning muhimligi atoqli enciklopedik olimlar — Horazmiy, Forobiy, Beruniy, ibn-Sino, al-FarQoniy kabi civilizaciyamizning zabardast namoyandalari ijodi va merosi ko’zgusida yanada yaqqolroq namoyon bo’ladi. Zero, ular nafaqat Markaziy Osiyo, arab-musulmon civilizaciyasi, balki jahon madaniyati taraqqiyotiga nihoyatda katta hissa qo’shganlar, yurtimiz qadriyatlari ta`sirini butun olamga yoyilishida hizmat qilganlar.

Shu bilan birga, umuminsoniy madaniyatning bebaho durdonalarini yaratgan UluQbek, Lutfiy, Navoiy, Bobur kabi zotlarning jahon civilizaciyasiga qo’shgan hizmatlarini tilga olmay bo’ladimi?

Afsuski, civilizaciyamizga hos eng yuksak qadrlash mezonlarini yaratgan o’rta asrlardagi ko’tarilish davri temuriylar saltanatidan so’ng asta-sekin tanazzulga yuz tutdi, markazlashgan davlat parchalanib ketdi. Avval Hiva honligi va Buhoro amirligi, so’ngra Qo’qon honligi vujudga keldi. Uch yuz yildan ortiqroq davrni o’z ichiga olgan bu jarayon honlik, amirlik, turli sulolalar, uruQlar o’rtasidagi urushlar, tinimsiz ziddiyatlar orqali kechdi, yahlit civilizaciyamizning hamjihatligini ta`minlaydigan umumiy qadriyatlar tizimi darz ketdi, qadrlash mezonlari ham bir qadar o’zgara boshladi.

XIX asrning o’rtalariga kelib, amirlik va honliklarga bo’linganligiga qaramasdan, mustaqil yashagan Turkiston chor Rossiyasi tomonidan bosib olindi, yurtimiz imperiyaning mustamlakasi bo’lib qoldi. Mustamlakachilarning qadriyatlari va qadrlash mezonlari halqimiz orasiga zo’rlik bilan singdirila boshlandi. XIX asrning ohirlari va XX asr boshlarida yurtimizda «jadidlar» oqimi vujudga keldi. M. Behbudiy, So’fizoda, Avloniy, Cho’lpon, Fitrat va boshqa jadidlar merosiga diqqat qilinsa, o’sha davrda yurtimizda ma`naviy tushunchalarning ko’lami qanchalik keng bo’lganligini, falsafiy tilning naqadar boyligini, uning adabiyot bilan qanchaliy uyQunligini yaqqol ko’rish mumkin. Ularning asarlarida gohida biz allaqachon esimizdan, tilimizdan va balki dilimizdan ham chiqarib yuborgan qadriyatlar, tushunchalarga duch kelamiz. Jadidlarning merosi halqimiz madaniyatiga yanada kattaroq ta`sir ko’rsatishi mumkin edi. Afsuski, bolsheviklar boshlagan siyosiy jarayonlar bu avlodning boy merosini o’z domiga tortdi, uning taqdiri ayanchli kechdi, ta`qiqlab qo’yildi. O’tmish avlodlar ardoqlagan va buyuk ajdodlarimizdan meros qolgan sharqona qadrlash mezonlarini yuz o’ttiz yil sarobga aylantirish uchun qilingan urinishlarning oqibatlari haligacha sezilib turadi. Faqat mustaqillik yillariga kelibgina ushbu sohada ham ijobiy siljishlar boshlandi.





Download 96,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish