Xo’jalik operatsiyasining mazmuni
|
Summa, so’m
|
Hisobvaraqlar korrespondentsiyasi
|
Jamg’arish usuli bilan
|
Bevosita kiritish usuli bilan
|
1
|
Oldindan to’lov aks ettirildi
(50%x4000x795)
|
1590000
|
5110
|
6310
|
5110
|
6310
|
2
|
Mahsulot sotishi aks ettirildi (3000x70)
|
3200000
|
3190
|
6310
|
9620
|
6310
|
3
|
Yuklangan maxsulotga QQS hisoblab
yozildi (3000x700x20/120)
|
533333
|
3190
|
6310
|
9620
|
6310
|
4
|
Olingan bo’nak hisobga kiritildi
|
1590000
|
6310
|
4010
|
6310
|
4010
|
3
|
Oy oxiriga saldo (320000-
1590000=1610000/2000=805)
|
Oy oxirida qarz qoldig’i MB kursiga mos kelganligi
tufayli qayta baholash o’tkazilmaydi
|
5
|
To’lov olingani aks ettirildi (2000x810)
|
1620000
|
5210
|
4010
|
5210
|
4010
|
6
|
Kurs farqini moliyaviy natijalarga hisobdan chiqarish aks ettiriladi:
jamg’arish usuli bilan (2000x(810-805))
bevosita kiritish usuli bilan
|
10000
|
6230
|
9540
|
4010
|
9540
|
4010 - «Xaridor va buyurtmachilardan olishga doir hisobvaraqlar» hisobvarag’i bilan korrespondentsiyada aks ettirilishi yoki bevosita kiritish usuli bo’yicha 9540- «Valyuta kursi farqlaridan daromadlar» hisobvarag’i kreditiga hisobdan chiqarilishi mumkin. Xaridorlar bilan hisob-kitoblar bo’yicha oy oxiridagi qarz qoldig’i MB kursi bilan mos kelganligi tufayli mazkur misolda qarzni qayta baholash amalga oshirilmaydi.
Xorijiy xaridordan yuklangan tovarlar uchun to’lov jamg’arish usuli bo’yicha kelib tushganda 4010- schyot ular hisobga kiritilgan sanadagi kurs bo’yicha pul mablag’lari hisobga olinadigan schyot bilan kreditlanadi- 3240000 so’m (4000x810). Mazkur sanadagi qarz 10000 so’m (20000x(810-805)) qo’shimcha hisoblangan holda 6230- schyot bilan
korrespondentsiyada 4010- schyot debeti bo’yicha qayta baholanadi. Jamg’arilgan va valyutadagi debitorlik qarzlarini har oyda qayta baholash natijasida yuzaga keladigan kursdagi musbat farqlar ularning so’ndirilishiga qarab moliya-xo’jalik faoliyati natijalariga kiritiladi hamda 6230- schyot kreditiga hisobdan chiqariladi.
Bevosita kiritish usuli bo’yicha kelib tushgan sanadagi O’zR MB kursi bo’yicha aks ettiriladi, kurs farqi esa 9540- schyot kreditiga hisobdan chiqariladi.
Yuridik shaxslarning daromadiga (foydasiga) solinadigan soliqni hisoblab chiqarish va byudjetga to’lash tartibi to’g’risidagi yo’riqnomaning (Adliya vazirligi tomonidan 2002 yil
13 martda 1109-son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan) 10 «l»-bandiga muvofiq valyuta schyotlari bo’yicha kursdagi musbat farq foyda solig’ini hisob-kitob qilish chog’ida soliq solinadigan bazaga kiritiladi.
Misol.
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt respublika hududidan ro’yxatdan o’tgan va faoliyat yuritayotgan xorijiy kompaniyaga marketing xizmatlarini ko’rsatdi. Haq evaziga xizmat ko’rsatish shartnomasi bo’yicha ishlar qiymati QQSni hisobga olgan holda 3000 AQSh dolllarini tashkil qildi. Buyurtmachi tomonidan o’tgan oyda yuz foizlik oldindan to’lov AQSh dollarida amalga oshirilgan. Dollar kursi quyidagini tashkil qilgan:
pul kelib tushgan paytda - 620 so’m;
oy oxirida - 625 so’m;
bajarilgan ishlar dalolatnomasini imzolash paytida-630 so’m.
Jamg’arish usuli bo’yicha 15000 so’m (3000x(625-620)) miqdorida kursdagi manfiy farq 6310 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo’naklar» hisob varag’i bilan korrespondentsiyada 3190 «Boshqa oldindan to’langan to’lovlar» hisob varag’i debetiga, bevosita kiritish usuli bo’yicha esa 9620-«Valyuta kursi farqlaridan zararlar» hisob varag’i debetiga kiritiladi. Xorijiy sherikka hisobot oyi oxiridagi kreditorlik qarzi 1860000 so’mni (1845000+15000) tashkil qiladi.
Jamg’arish usuli bo’yicha bajarilgan ishlar dalolatnomasini imzolash chog’ida 1890000 so’mlik (1860000+3000)*(630-625) summadagi qarz qayta baholanishi va hisobda aks ettirilishi lozim. 3190- Hisobvaraqda jamlangan kursdagi manfiy farqlar kreditorlik qarzi so’ndirilishiga qarab moliya-xo’jalik faoliyati natijalariga kiritiladi hamda 3190-schyot kreditidan 9620-schyot debetiga hisobdan chiqariladi.
Bevosita kiritish usuli bo’yicha kurs farqi 9620- schyot debetida 4010 schyot bilan korrespondentsiyada aks ettiriladi.
Xorijiy valyutaga oid operatsiyalar bo’yicha kursdagi manfiy farq foyda solig’ini hisob-kitob qilish chog’ida soliq solinadigan bazani kamaytiradi (Xarajatlar to’g’risidagi Nizomning 3.3 - bandi).
Do'stlaringiz bilan baham: |