Schyot 5610 – «Pul ekvivalentlari»
Debet
|
Kredit
|
5010 - Pul ekvivalentlarini naqd 5110 pulga va naqd pul o’tkazish yo’li bilan
6870 - Hisobdor shaxslar orqali pul ekvivalentlarini sotib olish(marka, patta va boshqalar)
6890 - Boshqa shaxslarlan pul ekvivalentlarining olinishi
6110 - Pul ekvivalentlarining avlod xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga va boshqa mustaqil balansga o’tkazilgan bo’linmalaridan olinishi
|
5220 - Valyuta schyotiga qabul qilish uchun xorij valyutasining qiymatini qayd qilish
4230 - 4220 - Pul ekvivalentlarini hisobdor shaxslarga berish
4290 - Xodimlarga pul ekviva lentlarini berish (pattalar va boshqalar)
4630 - Pul ekvivalentlari bo’yicha aniqlangan kamomadlarni qay qilish
9430 - Sotib olingan ekvivalentlarni
sotishdan aniqlangan farqni aks ettirish (nominal qiymatidan kam bahoda sotilsa)
|
Pul ekvivalentlarining hisobi har bir pul ekvivalenti (pochta markasi, davlat bojxona markasi, veksel va hokazo) bo’yicha alohida- alohida yuritiladi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda, ayniqsa, xizmat ko’rsatuvchi sohalarda kassaga qabul qilingan naqd pullar mas’ul xodimlar(inkassatorlar) orqali bankdagi pul mablag’lari schyotiga topshirish uchun yuboriladi. Ushbu muomalalarni mahsulotlarni sotishdan olingan
naqd pullarni(tushumlarni) topshirishni qayd qilish, ya’ni saqlanish joyidan ketgan (inkassatorlarga topshirilgan) lekin yo’naltirilgan joyiga kelib tushmagan naqd pullarni hisobga olish 5620-«Yo’ldagi pul mablag’lari» schyotida olib boriladi. Ushbu schyot tranzit schyoti hisoblanib, u pul mablag’larining harakati va holati ustidan doimiy nazoratni o’rnatishda bog’lovchi bosqichini bajaradi.
5620 – «Yo’ldagi pul mablag’lari» schyotining debet tomonida kassadan inkassatorlarga topshirilgan naqd pullar aks ettiriladi va shu vaqtda 5010 va 5020 schyotlarining krediti tomonida qayd qilinadi. Ushbu mablag’lar bankdagi tegishli pul mablag’lari schyotlariga qabul qilingandan keyin esa 5620 – «Yo’ldagi pul mablag’lari» schyotining kreditidan pul mablag’larini schyotlarining 5110, 5210 debetiga o’tkaziladi.
Ushbu mablag’lar hisobidan qisqa va uzoq muddatli kreditlar va boshqa shaxslarga bo’lgan qarzlar to’lansa tegishli 6910-«Bankning qisqa muddatli kreditlari», 7510-
«Bankning uzoq muddatli kreditlari, 6940-«Qisqa muddatli qarzlar» va 7690-«Boshqa uzoq muddatli to’lovlar» schyotlarining debetida qayd qilib boriladi.
Ushbu schyotni bosh sub’ekt o’zining qaramog’idagi mustaqil balansga o’tkazilgan bo’linmalariga pul mablag’larini o’tkazishda ushbu mablag’lar hisobot davrining oxirida tegishli schyotlariga o’tkazilmaganda qo’llaydi.
Shuningdek, mustaqil balansga o’tgan bo’linmalarning pul mablag’lari bosh sub’ektga o’tkazilayotganda shunga o’xshash holatlar vujudga kelsa, schyotni yuqorida keltirilgan tartibda qo’llaydilar.
Yuqoridagi schyotlarda mablag’lardan qayd qilish uchun quyidagi hujjatlar asos bo’lib xizmat qiladi:
Kirim qilingan naqd pullarni topshirayotganda – bankning va aloqa bo’limining pattasi, bankning inkassatorlariga naqd pullarni topshirayotganda kuzatuvchi qaydnomaning nusxasi va boshqalar;
Bosh xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’zining bo’limlariga berilayotgan summalari bo’yicha o’tkazish uchun pul mablag’lari qabul qilgan bank yoki aloqa bo’limining nomi va summasi va avizo(xabarnoma)ning sanasi, to’lov topshiriqnomasining nomeri ko’rsatiladi.
Pul ekvivalentlari va yo’ldagi pul mablag’larining analitik hisobi ularning har bir turi bo’yicha ayrim olgan holda yuritiladi.
Yo’ldagi pul mablag’larining holati va harakatini schyotlarida aks ettirishning quyidagi chizmasi keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |