5000– “Kassa” hisobvarag’i kredit bo’yicha quyidagi schyotlar debeti bilan korrespondentsiyalanadi: 5110 – “Hisob-kitob schyoti” – bankka topshirilgan naqd pullarga; 6510– “Ijtimoiy sug’urta bo’yicha to’lovlar” – ijtimoiy sug’o’rta fondidan kasallik varaqalari bo’yicha to’lovlarga; 6710 – “Xodimlar bilan mehnatga haq to’lash bo’yicha hisob-kitoblar” – naqd pul bilan berilgan ish haqi, mukofotlarga; 4220 – “Xizmat safari uchun bo’naklar” - hisobot beriladigan bo’naklar to’lanishiga; 4210 – “Mehnat haqi bo’yicha berilgan bo’naklar” – ijro varaqalari bo’yicha naqd pul, deponent summalarini to’lashga va hokazo.
1-jurnal-order va 1-vedomostdagi joriy yozuvlar, shuningdek, ba’zi bir boshqa jurnal- orderlardagi yozuvlar ham, ayrim schyotlar bo’yicha debet va kredit oborotlarini ushbu schyotlar bo’yicha tahliliy hisob olib boriladigan jurnal-orderlar yoki vedomostlarga ko’chirish uchun rasshifrovka varaqlarini tuzishga olib keladi.
Ma’lumotnoma keltirilgan shakl bo’yicha qo’lda, shuningdek, jamlaydigan, fakturali mashinalarda va shaxsiy EHMlarda tuzilishi mumkin. Ma’lumotnoma kassirning har bir hisobotiga tuziladi.
Qaydnoma 5000–“Kassa” hisobvarag’i bo’yicha jamlama va ayni vaqtda tahliliy hisobning registri hisoblanadi. Vedomostga mashinada ishlov berish asosida debeti bo’yicha
– kirim muomalalarining, krediti bo’yicha - chiqim muomalalarining summalari guruhlanadigan 5000- jamlama schyot (aktiv pul hisobvarag’i) dagi kassa muomilalarini aks ettirish tartibi yotadi. So’ngra jamlama schyotlar bo’yicha 5000 - schyotga doir oborot vedomosti tuziladi, undagi ma’lumotlar esa Bosh daftarga ko’chiriladi.
Kassa jarayonlarini inventarizatsiya paytida kassa hisobotlariga ilova qilingan quyidagi shakldagi hisob hujjatlaridan: KO-3 va KO-4 “Kassa kirim va chiqim hujjatlarini ro’yxatga olish jurnali”, KO-4 shakli “Kassa kitobi”, KO-5 shakli “Kassir tomonidan qabul qilingan va tarqatilgan pullarni hisobga olish kitobi”, 5000- “Kassa” hisobvarag’i hisob registri, bosh kitob va tekshirish davriga balans ma’lumotlaridan foydalaniladi.
Shuning bilan birga, asosiy e’tibor kassa hujjatlarini rasmiylashtirishda: har bir hujjatda xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbari va bosh buxgalterning barcha xarajat varaqalaridagi pul oluvchilarning imzolari borligiga, kassa hujjatlari yopilganligiga, ulardagi kirim hujjatlarida “olindi”, xarajat hujjatlarida “to’landi”, degan shtamplarni qo’yilganligiga, aniq vaqtlar ko’rsatilganligiga, o’chirishlar va to’g’rilashlar yo’qligiga qaratiladi.
Amaliyotlar shuni ko’rsatadiki, kassa sohasidagi suiste’mollar asosan ish haqi va hisobdor shaxslarga berilgan pullardan aniqlanadi. Shuningdek, vedomostlarga ishlamaydigan odamlarning qo’shilishi, berilgan summalarning jami ko’paytirib ko’rsatilishi va kassa hisobotlariga xarajat hujjatlarini qaytadan qo’shish maqsadida ulardagi vaqtlarni o’zgartirish hollari uchrab turadi.
Kassa hujjatlarini tekshirish bir vaqtning o’zida kassa va moliya intizomiga rioya qilishni tekshirish hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |