356
ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin. Pedagogik jihatdan to‘g‘ri qo‘llangan uqtirish
juda katta tarbiyaviy kuchga ega
51
”- deb yozadi M. Ochilov.
Darhaqiqat,
pedagogning samarali uqtirib ta'sir ko‘rsatishining zarur shartlaridan biri
o‘quvchi va jamoa ruhiyatiga ta'sir qilish natijasida ularda ijobiy hislatlar tarkib
topadi. Eng muhimi shundaki, o‘quvchi o‘qituvchi aytgan harakatlarni bajaradi
va ularni o‘zi mustaqil o‘ylab topgandek his qiladi.
Uqtirishga moyillik inson asab tizimining me'yordagi xususiyatidir. U
yosh davriga (yosh bolalarni uqtirish osonroq), jinsga (ayollar uqtirishiga
ko‘proq moyil bo‘ladilar), ongni rivojlanishi darajasi (intellekt)ga,
salomatlikka
(charchaganda yoki kasallikdan yaqinda tuzalgan kishini uqtirish oson bo‘ladi)
va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi. Bundan tashkari uqtirishga moyillik
uqiruvchining obro‘si va uqtirish shakliga qarab ham o‘zgarib turadi.
Uqtirishga moyillikning ayniqsa yosh davrlariga bog‘liqligi juda
sezilarli. Bolalar 7-10 yoshda juda ta'sirchan bo‘ladilar, shuning uchun ular
bilan ishlashda so‘zning uqtiruvchi qudratini oshiradigan
alohida usullarini
o‘ylab topishga ham zarurat qolmaydi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining
hurmati juda yuqori bo‘ladi, o‘quvchilar uning har bir so‘zi, hikoyasi yoki
tanbehini aniq haqiqat, deb qabul qiladilar. Yosh oshgan sari o‘quvchilarda
tanqidiy fikrga egalik oshadi.
Ko‘p hollarda ishontirish va uqtirish o‘zaro bog‘liqdir.
Ishontirish va
uqtirishning umumiy belgilari:
- har ikkalasida ham so‘z ta'sir etish vositasidir;
- o‘qituvchining nutq maromi sust, ohangdorligi past bo‘lsa
va uning
yuz ifodasi hayotiy bo‘lmasa, ishontirish ham, uqtirish ham muvaffaqiyatsiz
bo‘ladi.
Taqlid qilish-
inson ruhiyatini o‘ziga rom qilishning bir turidir. U asosan
individning ma'lum
bir hulq-atvor, harakat tarzi, qiliqlari takrorlanishini
anglatadi. Mashhur psixoterapevt V. L. Levi ichki
va tashqi taqlid qilish
1
1
Очилов М., ОчиловаН. Ўқитувчи одоби.- Тошкент: Ўзбекистон, 1996.-172 бет
357
mavjudligini aniqlagan. Inson o‘zining ichki sezgisi, intuitsiyasi bilan (ong bilan
sezish) o‘zgalar xatti-harakati, so‘zi, mimikasini taqlid qiladi. Ichki taqlid qilishda
kishining tashqi qiyofasi ham hisobga olinadi. Ichki va tashqi taqlid qilishni bilish
yosh o‘qituvchiga o‘z ustida ishlashga xizmat qiladi.
Shunday qilib, o‘qituvchining bolaga ta'sir etishida turli kommunikativ
ko‘nikmalardan foydalanish zarur. Mohir pedagog muayyan vaziyatda oqilona
ta'sir etish vositalaridan foydalana oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: