Book · November 019 citations reads 2,471 authors


Pedagogik  faoliyat  va  uning  o‘ziga  xosligi



Download 3,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet336/394
Sana02.01.2022
Hajmi3,68 Mb.
#308363
1   ...   332   333   334   335   336   337   338   339   ...   394
Bog'liq
Umumiy pedagogika oquv qollanma2

2.Pedagogik  faoliyat  va  uning  o‘ziga  xosligi. 
Har  bir  jamiyatda  o‘qituvchi,  
ustoz,  muallim  oldiga  eng  muhim  vazifa  -  jamiyat  kelajagi  bo‘lgan  yoshlarni 
tarbiyalash, ilm berish vazifasi qo‘yilgan. 
 
Hatto  ibtidoiy  jamoa  tuzumi  oxirlaridayoq  yoshlarni  tarbiyalash 
muassasalari  tashkil  etilib,  ularda  ancha  tajribali,  hayotni  ko‘rgan  oqsoqollar 
bolalarni tarbiyalaganlar. 
 
Quldorlik  davrida  esa  quldorlarning  bolalari  uchun  maxsus  maktablar 
tashkil  etilgan.  Qadimgi  Yunonistonda  bolalarni  o‘qitadigan  kishini  “didaskal” 
("o‘qitadigan", "o‘rgatadigan") deb ataganlar. Bolalarni maktabga boshlab borgan 
kishilarni  pedagog  ("payne")  bola,  "agogeyn"  “yetaklab  bormoq”)  deb  atalgan. 
 
Bu  tushunchalar  bugungi  kunda    ham  o‘qituvchiga  nisbatan  ishlatilib 
kelinadi. Lekin uning mohiyati chuqur ahamiyat kasb etadi. Taniqli o‘zbek shoiri 
Abdulla Oripov aytganlaridek: 
Ko‘hna dunyo ko‘rmadi ne ne dahoni, 
Arastu Aflotun, Suqrot dononi 
Ular dahosiga quygan tamal toshini 
Sensan barchasiga ustozi avval, 
Sensan barchasiga ustoz muallim! 
          Navoiyning  fikricha,  ba‘zan  bir  kishi  bitta  bolaga  tarbiya  berishga  ojizlik 
qiladi, muallim esa bir to’da bolalarga ilmu adab o’rgatadi. Bu jarayonda muallim 
ko’p aziyat chekadi, mashaqqatlarni boshdan kechiradi. Shuning uchun shogirdlar 
ustoz oldida umrbod qarzdor ekanliklarini his etishlari lozim. “Shogird podsholik 
martabasiga  erishsa  ham  muallimga  qulluq  qilsa  arziydi”,-  deb  yozadi  Alisher 
Navoiy va quyidagi misralarda o‘z fikrini ifoda etadi:  
 


309 
 
Haq yo’lida senga bir harf o’qitmish ranj ila, 
Aylamak bo’lmas ado oning haqin yuz ganj ila.  
Navoiyning  “Mahbub-ul-qulub”  asarida  o’qituvchi  odobiga  doir  quyidagi 
talablar bayon etilgan:  
-  mudarris  ota-onasining  mansabi,  boyligiga  qarab  bolaga  muomala  qilmasligi 
lozim;  
-muallim  bolalarga  bilgan  narsalarini  o’rgatishi,  bilmagan  ilmlarini  o’rgatishga 
urinmasligi kerak; 
-gerdayish, manmanlik, ta‘magirlik, nodonlik kabi illatlar o’qituvchi axloqiga yot 
sifatlardir; 
-muallim yaramas ishlardan, nopoklikdan yiroq bo’lishi kerak; 
-xalq  nazarida  olim  hisoblanadigan  mudarrislar  yomon  ishlardan,  fisqu  fasoddan 
o’zlarini tiya bilishlari zarur. Demak, Alisher Navoiy o‘z asarlarida o‘qituvchilik 
kasbini  ulug‘lab,  uning  yuksak  ma'naviy-axloqiy  fazilatlarga,  insoniy  hislatlarga 
ega kishi bo‘lishi lozimligini uqtirgan. 
 
 
Inson  faoliyatining  boshqa  turlari  kabi  pedagogik  faoliyat  ham  o‘z 
xususiyatlari  bilan  bir-biridan  ajralib  turuvchi:  maqsad,  ob'ekt,  sub'ekt  va 
vositalardan tashkil topadi. Bular:  
 

birinchidan,
  pedagogik  faoliyatning  maqsadi  jamiyat  tomonidan 
belgilanadi,  ya'ni  pedagog  faoliyatning  natijasi  jamiyat  manfaatlari  bilan 
bog‘liqdir.  Uning  mehnati  yoshlar  shaxsini  har  tomonlama  kamol  toptirishga 
yo‘naltirilgan  bo‘lishi  zarur.  Pedagogik  faoliyat  avlodning  ijtimoiy  o‘zviyligini 
(ketma-ketligini)  ta'minlaydi,  bir  avlod  tajribasini  ikkinchi  avlodga  o‘tkazadi, 
yoshlarni ijtimoiy  munosabatlar tomon yo‘llaydi, ijtimoiy tajriba orttirish uchun 
insondagi tabiiy imkoniyatlarni ro‘yobga chiqaradi.  
-  ikkinchidan
,  pedagog  faoliyati  doimo  shaxs  faoliyatini  boshqarish  bilan 
bog‘liq. Bunda pedagogik maqsad o‘quvchi maqsadiga aylanishi muhimdir. Unga 
erishish osonlikcha kechmaydi. Pedagog o‘z faoliyati maqsadini va unga erishish 


310 
 
yo‘llarini  aniq  tasavvur  qilishi  va  maqsadga  erishish  o‘quvchilar  uchun  ham 
ahamiyatli  ekanligini  ularga  anglata  olishi  zarur.  Nemis  mutafakkiri  Gyote 
ta'kidlaganidek:  "Ishonch  bilan  gapir,  ana  shunda  so‘z  ham,  tinglovchilarni 
mahliyo qilish ham o‘z-o‘zidan kelaveradi
40
".  
-  uchinchidan
,  pedagogik  (ta'lim,  tarbiya)  jarayonida  o‘quvchi  faoliyatini 
boshqarish  shuning  uchun  ham  murakkabki-pedagog  maqsadi  doimo  o‘quvchi 
kelajagi  tomon  yo‘naltirilgan  bo‘ladi.  Bu  maqsadni  o‘quvchidan  ko‘ra  pedagog 
yaqqolroq  tasavvur  qiladi.  O‘quvchi  esa  ko‘p  hollarda,  hayotiy  tajribasi 
yetishmasligi  sababli  hozirgi  hayot,  shu  bugun  tashvishlari  bilan  yashaydi, 
kelajakni esa to‘la tasavvur qila olmaydi. Ijodkor pedagog Sh. A. Amonashvili bu 
nomuvofiqlikni  "tarbiyadagi  asosiy  fojia"  deb  ataydi.    Buni  anglagan  holda, 
mohir  pedagoglar  o‘z  faoliyatini  o‘quvchilar  ehtiyojlari,  ya'ni  bilim,  ko‘nikma, 
malaka  olishga  mo‘ljallab  loyihalaydilar.  Bu  hamkorlik  pedagogikasi,  ya'ni 
“sub'ekt-sub'ekt” munosabatlarining mohiyatini ko‘rsatadi. 
        O‘zbekiston  Respublikasining      “Ta'lim  to‘g‘risida”      Qonuni      hamda  
“Kadrlash  tayyorlash  milliy dasturi”da  ham barkamol  shaxs tarbiyasiga asosiy 
e'tibor  qaratilgan.Chunki,  o‘z  bilimi,  salohiyati,  imkoniyatlarini  jamiyat 
taraqqiyotiga  to‘liq  sarflab,  mustaqil  fikrlay  oladigan  ijodkor  shaxslarni 
shakllantirish, jamiyatda tub o‘zgarishlar bo‘lishiga zamin yaratadi. 
 
Inson    faoliyati  –  uning    rivojlanishi    uchun    zarur    sharoit  bo‘lib,    uning    
jarayonida  shaxs  hayotiy    tajribaga    ega    bo‘ladi,    atrof-olamni    idrok    etadi,  
bilimlarni  o‘zlashtiradi,  malaka   va  ko‘nikma   hosil  qiladi.   
Hozirgi   davrda  zamonaviy texnika   va texnologiyalarning  hayotga kirib 
kelishi inson  faoliyatida,  ijtimoiy  ongida katta   o‘zgarishlar  bo‘lishini  taqozo 
etmoqda. Zero, olam  to‘g‘risida va insonning hayotda tutgan o‘rni  to‘g‘risidagi 
tasavvurlari  o‘zgarmoqda,  tafakkuri    va  olamni  tushinishning    yangi  usullari 
shakllanmoqda, ma'naviy-amaliy  o‘zlashtirishning   yangi  vositalari va  usullariga 
o‘tish yuz bermoqda. 
                                                           
40
 Гёте Иоганн Вольфганг. Танланган асарлар.-Тошкент:Мъерос, 2018.-342-бет. 


311 
 
 
O‘quvchi  shaxsini  rivojlantirishga  yo‘naltirilgan  ta'lim  jarayonida  uning 
aqliy- intellektual, ijodiy xususiyatlari namoyon bo‘ladi 
Ta'lim-tarbiya  jarayonida  bolalardagi  yashirin  iste'dodlarni  yuzaga 
chiqarish, kichik maktab yoshidan boshlab o‘z faoliyatini namoyon qilishi uchun 
imkoniyat  yaratish,  ulardagi  ijodkorlik  qobiliyatini  rivojlantirish  -  kelajakda 
yuksak  salohiyatli,  ijtimoiy  faol,  o‘tkir  zehnli,  kashfiyotchilik    qobiliyatini 
namoyon  eta  oladigan  raqobatbardosh  kadrlarni  voyaga  yetkazish  garovi  bo‘lib 
hisoblanadi.  Bu    davlatimizning  ustuvor  yo‘nalishlaridan  biri  –  har  tomonlama 
barkamol insonni voyaga yetkazish g‘oyasiga mos keladi.  
Pedagogik  faoliyat  kishini  o‘ziga  duch  kelgan  hodisalarni  tahlil  qilish  va 
umumlashtirish tajribasi bilan boyitadi. 
 
Pedagogik malaka - egallagan bilim va ko‘nikmalarni faoliyatning ma'lum 
turini egallab olish, yaxshi bajara olish qobiliyatidir.  
 
O‘qituvchi faoliyatiga oid bunday malakalarga quyidagilar kiradi: 

Download 3,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   332   333   334   335   336   337   338   339   ...   394




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish