Book · November 019 citations reads 2,471 authors


O‘qituvchining  andishalilik,  bag‘rikenglik,    samimiylik  va  boshqa  sifatlari



Download 3,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet365/394
Sana02.01.2022
Hajmi3,68 Mb.
#308363
1   ...   361   362   363   364   365   366   367   368   ...   394
Bog'liq
Umumiy pedagogika oquv qollanma2

   O‘qituvchining  andishalilik,  bag‘rikenglik,    samimiylik  va  boshqa  sifatlari.
 
O‘qituvchi faoliyatida  andishalilik muhim ahamiyat kasb etadi. O‘qituvchi ota-
onalar,  sinf  jamoasi,  o‘quvchi  shaxsi  bilan  yakka  tartibda  ishlaganda  pedagogik 
takalluf va nazokatga alohida e'tibor berishi lozim. 
 
        Ayrim hollarda muayyan axborot faqat ota-ona va o‘qituvchi yoki o‘qituvchi 
va  o‘quvchi  orasidagina  tahlil  qilinishi  mumkin.  Zinhor  o‘qituvchi  konfidensial 
(maxfiy) axborotni jamoaga chiqarmasligi lozim. 
       O‘qituvchining  bag‘rikenglik  xususiyati  uning  kechirimli,  chidamli 
bo‘lishida  namoyon  bo‘ladi.  Bag‘rikeng  o‘qituvchi  sodir  etilgan  noxush 
voqyealarni xotirasidan chiqarib tashlashga harakat qiladi, o‘quvchilarining xulq-
atvoridagi noxo‘sh  ko‘rinishlarni ular yuziga solmaydi, aksincha ularni bartaraf 
etishga yordam beradi.  
    Samimiylik  o‘qituvchining  o‘quv  muassasasida  yuzaga  kelayotgan  ijobiy 
taraqqiyparvar  voqyealarga  va  hodisalarga  nisbatan  ilk  munosabatini,  undagi 
samimiylikni  ifodalaydi.  O‘qituvchining  samimiyligini  o‘quvchilar  darrov 


340 
 
sezishadi.  Bu  uning  bolalar  bilan  samimiy  munosabatlarida,  hamkasabalari 
faoliyatidagi  yutuqlariga  bildirilgan  hayrihohlikda,  shogirdlar  muvaffaqqiyati  va 
muvaffaqqiyatsizligiga              munosabatining  tabiiyligida,  o‘quvchilar  xulqi, 
qobiliyatlarini  xolisona  baholashda,  el-yurt,  jamoa  zafarlariga,  jahondagi  sodir 
bo‘layotgan ijobiy voqyelikka odilona munosabatda bo‘lishda namoyon bo‘ladi. 
              Pedagogning  xususiy  qobiliyatlariga  bilim,  malaka  va  ko‘nikmalarni 
egallash faoliyati va shaxsni tarbiyalash qobiliyati ham tegishlidir. O‘qituvchi o‘z 
mahoratini  takomillashtirib  borishi,  tajribasini  ommalashtirishi  lozim.  Mahoratli 
o‘qituvchi  boshqa  insonning  ichki  holatini  to‘g‘ri  baholash,  unga  hamdardlik 
bildirish,  hamnafas  bo‘lish  qobiliyati  (empatiya)ga  qodirdir.  Shu  bilan  birga 
tarbiya jarayonida tahsil oluvchilarning individual xususiyatlarini inobatga olish, 
tarbiyalanuvchilarga  o‘rnak  bo‘lish,  ular  obro‘sini  qozonish  o‘qituvchilik 
kasbining mahoratidan dalolat beradi. Zero, taniqli o‘zbek shoiri Abdulla Oripov 
ta'kidlaganidek: 
     Muallim haqida so‘zim ushbudir: 
     Muallim kamolot ichra ko‘zgudir. 
     O‘qidim Gerodot, tarixni ko‘p bor, 
      Forobiy, Danteni takror va takror. 
     Barini o‘qidim, lol qoldi aqlim, 
      Bariga ustozsan o‘zing, muallim. 
 
Shunday  qilib,  kasbiy-pedagogik  faoliyatning  muvaffaqiyati  o‘qituvchining 
pedagogik  qobiliyatlariga  bog‘liq  bo‘ladi.  Pedagogik  qobiliyatlarning  quyidagi 
guruhlari farqlanadi: 
          - ob'ekt (o‘quvchi, talaba, tarbiyalanuvchi)ga nisbatan sezgirlik; 
          -kommunikativlik 
– 
muloqotga 
kirishuvchanlik, 
xayrixohlik, 
xo‘shmuomalalik; 
- perseptiv qobiliyatlar – kasbiy yetuklik, empatiya, pedagogik tuyg‘u; 


341 
 
- shaxs dinamikasi (rivojlanishi)  – irodaga ta'sir eta olish va mantiqiy ishontira olish 
qobiliyati; 
- hissiy barqarorlik - o‘zini boshqara olish; 
- kreativlik – o‘z ishiga ijodiy yondashish, ta'lim-tarbiya jarayonida noan'anaviy 
yo‘l, metod, vositalardan foydalanish va boshqalar.

Download 3,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   361   362   363   364   365   366   367   368   ...   394




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish