Bu sohada hozirg‘i (inqilobdan keyingi) adabiyotimiz anchagina muvaffaqiyatlar
qozonQon va xalqqa yaqinlashg‘on bo‘lsa-da, adabiy til birligida boshvoqsizliq va bir yoqadan
bosh chiqarmasliq bor. Eski adabiyotimizda bo‘lg‘on singari, hozirda ham mahalliychilik davom
etkani ko‘rinadi. Shuning uchun albatta, o‘zbak shevalaridan birini asos qilib olish kerak.
Adabiyotimizning asosi jonli til (xalq adabiyoti) bo‘lishi lozim, dedik. Shundoq bo‘lg‘och,
men Farg‘ona (vodiysi) shevasini taqdim etsam, xato qilmag‘on bo‘lurmen.
Bunda «qo‘ng‘uz oppog‘im», «kirpi yumshog‘im»dur degandak bo‘ldi, deb mendan
kulmasdan, balki so‘zimni quvvatlaydurg‘onlar ko‘brak bo‘lur. Chunki bu kungi o‘zbak
adabiyotining (bosma so‘zining) tili (undag‘i ba'zi bir mahalliychilikni e'tiborg‘a olmag‘onimizda)
Farg‘ona shevasining o‘zidur. Shevaning o‘zi bosma so‘zni va uning tevaragidagi omillarni tabiiy
ravishda o‘ziga tortg‘on.
Endi biz uning ichiga boshvoqsizliq yoki mahalliychilik ta'siri ostida kirib qolg‘on va
qoladurg‘on so‘zlar to‘g‘risida
bir fikrga kelib olsaq, ham yana tag‘in soddalashtirish, xalqqa
yaqinlatish, ishchi, dehqon ommasi ichidan oling‘on so‘zlar bilan boyitish chorasini ko‘rsak,
bo‘ldi.
Bu so‘z — uzun dalil, alla qoncha misollar ko‘rsatishga hojat ko‘rilmay, qisqa qilib
aytilgan so‘z.
ATAMALAR TO‘G‘RISIDA
Birinchi turkiyotchilar qurultoyi alifbe masalasining orqasidanoq
atamalar masalasini
ko‘rdi. Bu to‘Qrida alla qoncha ma'ruza va muzokaralardan keyin 13 moddadan iborat qaror
chiqardi.
Demak, yangi alifbe biz uchun (Sho‘rolar ittifoqidag‘i turk-totorlar uchun) qoncha zarur
va qoncha ahamiyatga ega bo‘lsa, atamalar tuzish ham uni barchag‘a tutqich qilib nashr etish
undan qolishmaydurg‘on muhim va zarur.
Bu – bundan ortiq kechiktirib bo‘lmaydurg‘on masalalarning biridur. Chunki,
atamalarning ikki taraflama ahamiyati bor: biri — ilmiy tomon, ikkinchisi — ta'limiy tomon.
Endi masalaning ichki tomonig‘a kirishganimizda, mana bundoq holni ko‘ramiz:
Har bir jonli til (xalq adabiyoti)da to‘xtamasdan, tabiiy ravishda, asta-sekin taraqqiy etishlik bor.
Turmush borg‘on sayin ko‘brak yangi atamalar talab qiladi. Agar bundoq so‘zlar u tilda topilmasa,
boshqa tillar ovro‘pocha, arabcha, forsiychadan olmoqqa kishi majbur bo‘ladur.
Agar ajnabiy so‘zlar olinavursa, tilda sofliq bita-bita, sal yilning ichida boshqa so‘zlar
u
tilni qoplab, tanimasliq holga keltiradi va yutadi.
Endi nima qilish kerak?
Turk tili, shu jumladan, o‘zbak tilida asos buyuruqdur. Shuning uchun undan har xil
shakllar yasash mumkin. Shundoq xususiyat va boy materyolg‘a ega bo‘lg‘on tilga boshqa
so‘zlarni ko‘r-ko‘rona olavurish yaramaydi. ¤z tilimizning boylig‘idan foydalanayiq va uni xor-
xas bosishdan saqlayiq.
Bir xil narsalarni atamoqqa tayyor so‘z topilmag‘onda, adabiy tilimizning suyimliligini
saqlamoq uchun hammadan foydali yo‘l shukim: samovar, telefun, telegraf, aftamabil, paroxut,
zovut, fabrik singari umumlashib ketgan so‘zlarni o‘z holiga qo‘yib berib, «o‘txona» (parovoz);
«sim chirog‘» (elektrichestvo) singari yarimi o‘zbakcha,
yarimi forsiycha, hatto, ikki, uch so‘z
bilan bo‘lsa ham o‘z tilimizdan atamalar yasayiq. «Qurultoy», «bilik» singari (eski so‘zlar bo‘lsa
ham xalq anglaydurg‘on) so‘zlardan atamalar yasayiq. Masalan:
Geografiya
yer biligi — yer biligi
Zemlevedenie — yer biligi
Astronomiya — yulduz biligi.
Gidrologiya — suv biligi
Gidrografiya — suv biligi.
Petrografiya — tosh biligi.
Aerografiya — havo biligi
Minerologiya — ma'dan biligi.
Botanika
— o‘simlik biligi.
Agronom
—
ekin bilgich.
Zemlemer — chinavchi va shunga o‘xshash so‘zlar.
Yana xalq jonli tilidan: boshqarma (idora), boshliq (rais), mucha (a'zo), boyliq (kapital)
singari atamalar yasayiq.
Ilmi tashrih ham tib uchun qassob, sollox, hayvon pichguchi im-tumchilardan, agranumlik
ham nabotot uchun yaxshi «dehqon ashraf», bog‘bon ham payvandchilardan, hayvonot to‘g‘risida
chorvachi, ovchi ham baliqchilardan ko‘p materiyol to‘plash mumkin.
Kimyo, fizika,
matematika, umuman, maktab darsliklari atamalari to‘g‘risida
turkiyotchilar quriltoyining qarorig‘a muvofiq yo‘l tutish lozim. Ammo: motor, dinamo, volt,
amper, radio, metr, sidikat, trest singari ham sotsializm, marksizm, leninizm singari umumiy
siyosiy va falsafiy atamalar;
abdasta, aftoma, kafgir, kosa, darvish, kambag‘al, qog‘oz, siyoh, non, go‘sht, sabzi,
hunar, meva singari o‘zlashib ketgan forsiycha so‘zlar;
maktab, kitob, qalam, aql, zehn, e'tibor, mehnat, zulm, xabar, davlat, hukumat, umr, kosib,
tarbiya, sur'at, masala, harakat, ijara, qabul, ixtiyor singari ommalashib ketgan arabcha so‘zlar
o‘rinlarida qoldiriladur.
Lekin, qondoq so‘z bo‘lmasun, uni tarjima bilanmi o‘zbaklashtirish mumkin ekan, o‘rnida
qoldirish (iste'mol etish) yaramaydur.
Oxirg‘i taklif etib shuni aytaman: atamalar tuzish ishi — o‘qush asboblari (nagladnaya
posobiya) singari har yerda ishlatib keltirsa bo‘lavuradurg‘on narsa emas, uni boshqa birov ishlab
bera olmaydi. U faqat o‘z ichimizdagi til bilarmonlar tomonidan ishlanadi. Shuning uchun:
1. Maorif kamissarligi oldida (Ilmiy markaz huzurida) maxsus atama komissiyasi tuzilsun.
U komissiya va uning qaramog‘idag‘i maxsus kishilar ishchi rayonlari, qishloqlarg‘a tez-tez chiqib
tursun, ular orasidan so‘zlar oqtarsun.
Bu komissiya, ittifoqimizdag‘i turk-totar jumhuriyatlaridagi shundoq komissiyalar bilan
(agar bo‘lsa) aloqada bo‘lib, ularning yiqg‘on materiyollaridan ham foydalansun.
2. Xalqqa yaqin adabiyot tug‘dirishqa yordam beradurg‘on narsa — xalq jonli tili
lug‘atini (Vladimir Dalning lug‘atiga o‘xshash) chiqarishdur. Shuning uchun bu ishga hozirdan
boshlab kirishilsun
1
.
Bundoq lug‘atni tuzishda ongli qishloq muallimlari, VUZ talabalari, ongli ishchilar ancha
yordam bera olarlar.
Do'stlaringiz bilan baham: