Book · June 020 citations reads 3,563 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects



Download 2,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/181
Sana23.04.2022
Hajmi2,84 Mb.
#577544
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   181
Bog'liq
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

 
 
 


166 
8.4. Loyihadagi o’zgarishlarni boshqarish. Loyiha bo’yicha ishlarni 
monitoringi 
Loyihaning vaqti va bahosi bo’yicha bajarilishini solishtiruvchi ko’rsatkichlar 
tizimi ishlab chiqilganki, bu loyihaning amalga oshirilayotganligi xaqida 
umumlashtirilgan ko’rsatkichlarga ega bo’lish mumkin. Rahbarlikning xar qanday 
darajasi uchun bu ko’rsatkichlar, tegishli hisobotlar, grafiklar EHM yordamida 
hisoblab chiqilishi va chizib berilishi mumkin. 
Loyihaning amalga oshirilish ko’rsatkichlarini baholash uchun haqiqiy 
bajarilgan ishlar hajmi o’lchanishi zarur. Tasavvur qilaylikki, mazkur ishni 
bajaruvchi jamoa, uni bajarish davrida o’zgarishsiz qoladi va bu jamoaning ish 
unumdorligi doimiy, amalda bajarilgan ish vaqtga mutanosib. Shuni yodda tutish 
kerakki, mutanosiblik xaqidagi taxmin ishning davomiyligi uning hajmi asosida va 
jamoaning kerakli nufuzidagi holat uchun yaroqlidir. Bu holda ish hajmini bevosita 
o’lchash o’rniga uning rejadagi va amaldagi boshlanishi va tugash paytlar nisbati 
bilan tavsiflanadi. 
Rejadagi xarajatlarni mehnat manbalari, uskunalar va materiallarni barcha 
ishlar ro’yxati bo’yicha aniqlash mumkin. Mehnat va uskunalar harajati odatda ishlar 
davomiyligi bo’yicha chiziqli tarzda taqsimlanadi. Materiallar asta-sekin ehtiyojga 
qarab sarflanadi, tegishli harajatlar ob’ektlar yoki ish turlari bo’yicha hisoblanadi. 
Loyihaga samarali o’zgarishlar kiritish 
Sozlanish jarayoni; 
Monitoring va tezkor axborotning tayyorlanishi; 
Modellarni yangilash; 
Shaxobchali modellarni hisoblash va taqvimiy rejani ro’yobga chiqarish. 
Yangi reja bo’yicha ish grafigining tahlili uni amalga oshirish bo’yicha 
yechimlar tayyorlash; 
Tezkor rejalar ishlab chiqish va uni ijrochilarga yetkazish; 
Loyihani amalga oshirishning borishini sozlanishining asosiy vazifalari 
tarkibiga quyidagilar kiradi: amaldagi ish bajarilishi bo’yicha nazorat, rejali 


167 
topshiriqlardan chetga chiqishni aniqlash va tahlil qilish, loyihaning qo’yilgan 
maqsadlariga erishishni o’z vaqtida va samarali ta’minlanishi uchun sozlash va 
tashkiliy texnologik, iqtisodiy va texnikaviy yechimlarni amalga oshirish. 
Sozlash jarayoni. Sozlash jarayoni ushbu tamoyillarning qabul qilingan 
davriylik (sutka, hafta, o’n kunlik, oy) bilan qaytarishdan iborat: 
- majmua holati xaqida tezkor axborot to’plash va tayyorlash va uni loyiha 
rahbariyatiga yetkazish; 
- modellarni yangilash va ularni hisoblash (qayta hisoblash) ma’lumotlar 
tayyorlash; 
- shaxobchali modellarni hisoblash (qayta hisoblash) va taqvimiy rejalarni 
ro’yobga chiqarish; 
- majmuaviy ishlar amaldagi holatini tahlil qilish va uning bundan keyingi 
amalga oshirishi bo’yicha yechimlar tayyorlash; 
- majmuaviy ishlarning bundan keyingi amalga oshirilishi bo’yicha muxokama 
o’tkazish va yechimlar qabul qilish; 
- tezkor taqvimiy rejalar (yil choraklari, oylik, xaftalik-sutkalik va b.q.) ishlab 
chiqish va ma’sul ijrochilar va tegishli darajadagi raxbarlarga yetkazish. 
Tezkor axborot tayyorlash ishlarniig borishi va uning dastlabki tafsilotlari 
o’zgarishi kutilganda, lekin, bajarilishi zarur bo’lgani haqida barcha tezkor axborot 
ma’sul ijrochi tomonidan (raxbarlari yoki tegishli xizmatlar) loyiha komandasiga 
taqdim etiladi. 
Bu axborot shahobchali modelni hisoblash va tahlil qilish uchun tezkor kirish 
axborotning muhim tarkibiy qismi bo’lib, shuningdek, me’yoriy ma’lumot manbasini 
sozlashga xizmat qiladi, quyidagi ma’lumot turlarida bo’ladi: 
- bajarilayotgan ishlar holatini baholash; 
- kelgusidagi ishlar dastlabki baholarni aniqlash; 
- ishlar (voqealar)ning boshlang’ich tarkibiga o’zgartirish; 
- shaxobchali modelga yangi ish va tafsilotlarni kiritish; 
- modellardan avval mo’ljallangan ish va tafsilotlarni chiqarish; 
- ishning (davomiyligi, muddati, mehnat talabligi va b.q.) xaqiqiy 


168 
parametrlarini -to’plash, rejadan og’ish sabablari va b.q. 
Tezkor axborot majmuasini yaxlitligidan parametrlarining o’zgarishi xaqida 
ma’lumotlarni o’ziga jamlashi kerak: majmua yoki uning aloxida davrlari ko’rsatmali 
tugallanishi muddatlarini, turli xil manbaning miqdori yoki foydalanish talablarini 
chegaralish va sh.k. 
Odatda kutilmagan hodisalar natijasida loyihni amalga oshirishdagi davomiylik 
rejalashtirilganda farqlanishi mumkin. Shundan ko’ra xaqiqiy qymat harajatlari 
bahosidan farqlanishi mumkin. Bundan tashqari ehtiyojlarni qondirish uchun ishlab 
chiqarilgan loyihaga bu vaqt oralig’ida talablar o’zgaradi. Shunday qilib loyihaning 
boshlang’ich rejasi ayrim omillar ta’siri natijasida ya’ni:
- loyiha muddatining o’zgartirilishi; 
- qiymat materiallarini qayta ko’rib chiqish;
- loyihaning texnik shartlarini o’zgartirish; 
- boshqarish siyosatini o’zgartirish; 
- ish bajarish uslubini o’zgartirish; 
- talablarning o’zgarishi; 
- ish davomiyligini baholashdagi qayta ko’rib chiqish; 
- ishlar o’rtasidagi aloqalarning noto’g’ri rejalashtirish; 
- ta’minotchilar yoki pudratchilarning qo’yilmalarini muhlatining tugatilishi; 
- operatsiyalar uchun talab qilingan resurslarni qayta ko’rib chiqish; 
- resurslarni boshlang’ich reja asosida foydalanishning imkoniyati yo’qligi; 
- kutilmagan texnik qiyinchiliklar; 
- kutilmagan tashqi shartlar (yomon ob-havo namoyishi) 
- iqtisodiy konyunktura o’zgarishi. 
Loyihani boshqaruvchi vujudga keladigan o’zgarishlarga e’tiborli bo’lish 
lozim, oxirgi natijalarga ta’sirini to’g’ri baholay olishi, harajatlar hamda natijalarni 
tahlil qilishi kerak.
O’zgarishlar quyidagilarga ta’sir etadi: 
- loyiha bahosi va samarasiga; 
- loyihaning turli muddati va davomiyligiga; 


169 
- loyiha qiymati va byudjetiga; 
-bajarilgan 
ishlarning 
sifatiga 
va 
natijalarga 
bo’lgan 
talabning 
spetsifikatsiyasiga; 
Loyihaga o’zgarishlarning kiritilishi quyidagilarni tahlil qiladi: 
- qo’shimcha harajatlarni vujudga kelishi; 
- loyihani amalga oshirilishining rejali muddatining buzilishi; 
- loyihaning natijasi va talab qilinayotgan sifatiga erishish imkoniyatining 
yo’qligi. 

Download 2,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish