182
1.
Risklarni diversifikatsiyalash.
2.
Risklarni sug’urtalash.
3.
Risklarni loyiha qatnashchilari o’rtasida taqsimlash.
4.
Risklar uchun moliyaviy zahiralar ajratish.
5.
Qo’shimcha ma’lumotlar va axborotlarga ega bo’lish.
Risklarni diversifikatsiyalash bir-biriga bog’liq bo’lmagan
turli xil faoliyatlar
o’rtasida risklarni taqsimlash hisoblanadi. Diversifikatsiya turli xil faoliyatlar
o’rtasida investitsiyalarni taqsimlash asosida riskning bir qismidan qutulish imkonini
beradi (investitsiya portfelini shakllantirish).
Investitsiya portfelini shakllantirishda risklarni taqsimlashning quyidagi
shakllari mavjud:
1.
Tovar va xizmatlar, faoliyat turlari bo’yicha
diversifikatsiyalash;
2.
Iste’molchilarni diversifikatsiyalash;
3.
Mol yetkazib beruvchilarni diversifikatsiyalash;
4.
Loyiha qatnashchilarni diversifikatsiyalash.
Risklarni sug’urtalash bu risklardan og’ish hisoblanib, bunda mukofot evaziga
risklarni sug’urta kompaniyalariga berish orqali risklarni pasaytirish hisoblanadi.
Sug’urtalashda mulkni sug’urtalash hamda baxtsiz xodisalardan sug’urtalash amalga
oshiriladi. Mulkiy sug’urtalashning quyidagi shakllari mavjud:
1.
Moddiy yo’qotishlar va zararlardan himoya qilish maqsadida pudrat
qurilishlarini sug’urta qilish;
2.
Moddiy yo’qotishlar va zararlardan himoya qilish maqsadida dengiz yoki
havo transportlari orqali tashilayotgan yuklarni sug’urta qilish;
3.
Moddiy yo’qotishlar va zararlardan himoya
qilish maqsadida pudrat va
subpudrat tashkilotlariga tegishli bo’lgan asbob uskunalarni sug’urta qilish.
Baxtsiz hodisalardan sug’urta qilishning quyidagi shakllari mavjud:
1.
Qurilish qatnashchilari tana jarohatlari, shaxsiy zarar yoki mulkiy zarar
ko’rganlarida bosh pudrat tashkilotlari faoliyatini himoya
qilish maqsadida umumiy
fuqorolik javobgarligidan sug’urta qilish;
2.
Loyihalashtirish jarayonida arxitektorlik va texnik nuqtai nazardan
183
xatolarga yo’l qo’yilganda loyihalarni boshqarishda kamchiliklar kelib chiqqanda
bosh pudrat tashkilotini moddiy javobgarlikdan sug’urta qilish.
Risklarni loyiha qatnashchilari o’rtasida taqsimlash
moliyaviy reja va
shartnoma xujjatlarini ishlab chiqish davomida amalga oshiriladi. Risklarni sifat va
miqdor jihatdan taqsimlash mumkin. Risklarni sifat jihatdan taqsimlashda loyiha
qatnashchilari ularga tegishli bo’lgan u yoki bu risklarni ko’paytirib yoki
kamaytirgan holda qaror qabul qiladilar. Lekin, bunda, masalan,
investorlarga
qanchalik yuqori risklar taqsimlanishi ko’zda tutilsa, shunchalik ularni loyihaga jalb
qilish qiyinroq bo’ladi.
Risklarni miqdor jihatdan taqsimlashda yuqorida ko’rib o’tilgan risklarni tahlil
qilish usullari qo’llaniladi. Masalan, “Qarorlar daraxti” usulida har bir bosqichda
hech bo’lmaganda ikki tomon ishtirok etadi: sotuvchi va sotib oluvchi, buyurtmachi
va buyurtmani amalga oshiruvchi. Buyurtmachi shartnomada ko’rsatilgan ishlarni o’z
vaqtida hamda sifatli qilib bajarilgan holda shartnoma qiymatini kamaytirishga
harakat qiladi;
buyurtmani bajaruvchi esa, maksimal foyda olishga harakat qiladi.
Bunda risk darajasi ikki tomon uchun ham mos kelishi kerak.
Riskni kompensatsiyalash moliyaviy zahiralarni tashkil etishni ko’zda tutadi.
Ko’zda tutilmagan zararlarni qoplash uchun moliyaviy zahiralarni tashkil etish
orqaligina loyihani amalga oshirishda vujudga keladigan uzilishlarni bartaraf etish
mumkin.
Moliyaviy zahiralarni tashkil etishda quyidagilarni aniqlash lozim:
1.
ko’zda tutilmagan harajatlarni qoplash uchun kerakli bo’lgan mablag’
miqdori;
2.
ko’zda tutilmagan harajatlarni qoplash uchun kerakli bo’lgan
zahiraning
tarkibi;
3.
belgilangan zahiralardan foydalanish maqsadlari.
Moddiy zahiralar maxsus zahiralar tashkil etishni, masalan, ma’lum bir davr
mobaynida loyiha bo’yicha ishlab chiqarish uzulishlarsiz
amalga oshirilishi uchun
xom ashyo va materiallar zahiralarni tashkil etishni anglatadi.