161
Bunday sharoitda qo’yilgan maqsadlarga erishishning muhim vositalaridan biri
loyihaning oshirilishini nazorat qilishdir. Nazorat shunday jarayonki, uning
ko’magida loyihachi - menejer o’z qarorlarining to’g’riligini,
loyiha qanday amalga
(muddatli, bahosi, mablag’lari bo’yicha) oshirilayotganligi, o’zgartirish kiritish
zarurligini belgilaydi.
Nazorat
vazifalari.
Nazorat
vazifalari
quyidagilardan
iborat-loyiha
bajarishning holati haqida zarur ma’lumotlarni olib, ularni rejadagi ko’rsatkichlar
bilan taqqoslash va rejadan chetga chiqishni belgilash natijasida bitim tuzish xaqida
signal deb nomlangan ishlanma tayyorlanadi. Nazorat ushbularni ta’minlashi zarur:
- monitoringni (loyiha amalga oshirilishining barcha jarayonlarni muntazam va
rejali ko’zatish);
- taqvimiy rejalarda, byudjetlarda,
mehnat ashyoviy, moliyaviy me’yoriy
harajatlarga hisobiy ehtiyojlarda jamlangan qator kriteriy va cheklovlar yordamida
loyiha amalga oshirilish maqsadlaridan chetlashishlarni aniqlashni;
- yuzaga kelgan vaziyat oqibatlarini bashoratini;
- loyihaga o’zgartirish kiritish bo’yicha qarorni zaruratini asoslashni.
Loyihaning ro’yobga chiqishi borasida raxbarlar uning ishga tushirilishini
doimo nazorat qilishadi. Ular loyiha bo’yicha qilingan ishlar va uning rejaga mos
kelishini ko’rib chiqib, ular orasida jiddiy tafovut yo’qligini aniqlashadi. Loyiha
boshqaruvida bu tafovutlar chetga chiqish deb ataladi. Afsuski,
chetga chiqish
ko’pchilik hollarda ro’y beradi. Bizlar hozircha bashorat san’atini mukammal
egallamaganmizki, kelajakda nima yuz berishini aniq tasavvur qila olmaymiz, kelajak
bizning tasavvurimizda mavxum tutun xolida ekan, bizning loyiha rejalarimiz
nomukammal bo’lib qolaveradi.
Chetga chiqish darajasi chetga chiqishning
maqbul darajalari loyiha
boshlanishidan aniqlanishi zarur. Masalan, tipovoy qurilish loyihasida maqbul chetga
chiqish darajasi oz, chunki quruvchi katta ish tajribasiga ega bo’lib, qanday
qilinganda ishni muddatida va sifatli bajarish mumkinligini biladi. Bundan tashqari
uylar ma’lum bir narxga quriladi (ya’ni quruvchilar o’z xizmatini ma’lum bir bahoga
oldindan sotishga rozilik berishadi). Agar chetga chiqish harajatlar bo’yicha juda
162
ko’payib ketsa, jiddiy serharajatlarga olib kelib, quruvchilar zarar ko’rishadi.
Shunday qilib, quruvchilar loyihadan chetga chiqishni
past darajada tutishga
qiziqishadi.
Tadqiqot loyihasida maqbul chetga chiqishlar ancha ko’p, masalan, 20 %
chamasini tashkil etishi mumkin. Tadqiqotlar o’zida ma’lum ulush noaniqlikka ega
bo’lgani tufayli, izlanishlar rejasi so’zsiz taxminiy bo’ladi. Bizlar o’z tadqiqotlarimiz
natijasi to’g’risida eng taxminiy tasavvurga ega bo’lgan xolda, ish yakuni dastlabki
takliflarimizdan katta chetga chiqishlar bo’lishiga ko’nikishimiz zarur.
Nazorat jarayoni asosida loyihaning surilishi xaqida ma’lumot to’plash va
ko’rib chiqish yotadi. Bunday axborot mavjud bo’lgan xolda loyiha raxbarlarida
navbatdagi xarakatlar va quriladigan choralarni tanlash imkoniyati bo’ladi. Masalan,
grafikdagi rejadan orqada qolish maqbul chegaradan oshib ketsa, ular ma’lum sonli
juda zarur topshiriqlarni bajarilishini tezlashtirishga qaror qilib, zarur qo’shimcha
hajmdagi mablag’ ajratishi mumkin. Agar ma’lum guruh
topshiriqlarda ularning
xodimlari rejadagidan 40 % kam mablag’ sarflashganini aniqlashsa, raxbarlar so’zsiz
bu chetga chiqishni taftish qilinishiga qaror qilishadi, zero mablag’ tejalishi
ko’pincha ma’lum ishlar umuman bajarilayotganidan yoki ishda
«
burchaklar
kesilayotgan» idan dalolat beradi.
Nazoratni boshqaruv faoliyati sifatida hisob va statistik nazorat bilan
aralashtirish to’g’ri emas, shu bilan birga hisobot va statistika
organlari amaliyot
uchun muhim masalalarni xal qiladi.
Hisob kuzatish, o’lchash, qayd etish, saqlash, ma’lumotlarga ishlov berish
bilan cheklanadi. Hisoblash vazifasiga u yoki bu kriteriylar bo’yicha chetga chiqishga
baho berish kirmaydi.
Nazoratning mavzusi dalillar va voqealar, muayyan
qarorlarning bajarilishini
tekshirish, chetga chiqish sabablarini oydinlashtirish, axvolni baholash, oqibatlarni
bashorat qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: