Book · June 020 citations reads 12,253 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects


Mustaqil o’zlashtirish va nazorat uchun savollar



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet72/181
Sana14.03.2023
Hajmi5,01 Kb.
#918920
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   181
Bog'liq
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

Mustaqil o’zlashtirish va nazorat uchun savollar: 
1.
Kapital tarkibining nazariy asoslari nimalardan iborat? 
2.
Kapital qiymatini baholashning zarurligi nimada? 
3.
Loyihaning kapital byudjetini ishlab chiqish va bu bo’yicha qarorlar qabul 
qilishni yoritib bering. 
4.
Loyihani investitsiyalash imkoniyatlari va kapitalni muqobil ishlatish 
variantlarini tushuntirib bering. 
5.
Loyiha qiymatini boshqarishning asosiy tamoyillarida nimalar ko’zda 
tutilgan? 
6.
Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari tarkibini tushuntirib 
bering. 
7.
Investitsiya loyihalari kapital qiymatini boshqarishda qanday choralar olib 
boriladi? 
8.
Investitsiya loyihasi qiymatini nazorat qilishning qanday usullari mavjud? 


131 
7-BOB. LOYIHANING ISHLAB CHIQARISH REJASI 
7.1. Loyihani amalga oshirishning asosiy bosqichlari. Qurilishning smeta 
qiymati va investitsion loyihaning umumiy xarajatlar tarkibi 
 
Kapital qo’yilmalarni qaytarish asosida byudjet ajratmalari hisobidan ajratishda 
qarz mablag’larini qaytarish mexanizmi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, 
mablag’ bilan ta’minlovchi bank muassasasi va buyurtmachi o’rtasida tuzilgan 
shartnoma bilan tartibga solib boriladi. Ob’ekt qurilishiga shartnoma tanlov savdolari 
natijalari bo’yicha belgilangan qurilishning butun davriga yangi qurilishga, ishlab 
turgan korxonalarni kengaytirish, rekonstruktsiya qilish va texnika bilan qayta 
jihozlashga tuziladi. Shartnoma O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, 
“Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi 
to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni hamda kapital qurilish sohasidagi 
boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq tuziladi. 
Markazlashtirilgan manbalar hisobiga ob’ektlar qurilishiga shartnomalar tuzish 
huquqiga ega bo’lgan tashkilot buyurtmachi hisoblanadi. Markazlashtirilgan 
manbalar hisobiga ob’ektlar qurilishiga shartnoma bo’yicha pudratchilar tanlov 
savdolari shartlariga va tuzilgan shartnomaga muvofiq ishlar bajarilishini 
ta’minlashga qodir bo’lgan yuridik shaxslar bo’lishlari mumkin. Zarurat bo’lganda 
qo’shma faoliyat to’g’risidagi shartnomaga muvofiq ish ko’ruvchi yuridik shaxs 
maqomiga ega bo’lmagan yuridik shaxslarning birlashmasi qurish shartnomasi 
bo’yicha pudratchilar bo’lishi mumkin. Buyurtmachi va pudratchi, bosh pudratchi va 
subpudratchilar, loyiha tashkilotlari va asbob-uskunalar, qurilish materiallari va 
konstruktsiyalarini yetkazib beruvchilar o’rtasidagi munosabatlar vositachi 
tashkilotlar va boshqa oraliq bo’g’inlarning ishtirokisiz faqat shartnoma asosida 
quriladi. Bunda ham moddiy-texnika resurslarini o’zaro bergan holda, ham ular 
berilmagan holda subpudrat tashkilotlar tomonidan ishlarning bajarilishi bitta ob’ekt 
qurilishi doirasida vositachining ishi hamda moddiy-texnika resurslarini tashqariga 
realizatsiya qilish, deb hisoblanmaydi. 


132 
Pudrat shartnomasi tanlov savdolari natijalari bo’yicha aniqlangan 
shartnomaviy joriy narx bo’yicha belgilangan tartibda tanlov savdolari natijalari 
tasdiqlangandan keyin o’n kun muddatda tuziladi. Tanlov savdolari shartlariga 
muvofiq qurilish muddati bir kalendar yil doirasidan tashqariga chiqadigan ob’ektlar 
bo’yicha ikkinchi va keyingi yillarga ishlarning qoldiq hajmi qiymati belgilangan 
tartibda aniqlashtiriladi. Qoldiq qiymatning aniqlashtirilishi asosiy bosh shartnomaga 
ilova qilinadigan qo’shimcha bitim bilan rasmiylashtiriladi. Shartnomaga ishlar 
hajmining ko’payishi yoki loyihaning o’zgartirilishi bilan bog’liq o’zgartirishlar 
kiritilishiga yo’l qo’yilmaydi, qonun hujjatlarda belgilangan hollar bundan mustasno. 
Shartnoma bekor qilingan taqdirda barcha xarajatlar va zararlar qonun 
hujjatlarida yoki shartnomada belgilangan tartibda qoplanadi. Shartnoma tuzishda 
buyurtmachi va pudratchi alohida shartlar bilan qonun hujjatlariga muvofiq unda 
boshqa majburiyatlarni ham nazarda tutishga haqlidir. Subpudratchilar va yetkazib 
beruvchilar (ishlab chiqaruvchilar) ni tanlash bosh pudratchi tomonidan tanlov 
savdolari natijalari bo’yicha tuzilgan bosh shartnoma bo’yicha majburiyatlar saqlanib 
qolishi sharti bilan mustaqil amalga oshiriladi. Ob’ektlar qurilishiga shartnoma 
bo’yicha majburiyatlarning bajarilishi qonun hujjatlariga muvofiq kafillik, kafolat 
shaklida va boshqa shakllarda ta’minlanadi. Ob’ekt qurilishi shartnomasida aks 
ettiriladigan o’zaro hisob-kitob shartlari qonun hujjatlari talablariga muvofiq 
belgilanadi. 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish