N
ya,t,r
= M
x
+ MX
x
+ A
x
+ D
x
+ P
bu erda, N
ya,t,r
– Yalpi, tovar va realizatsiya qilingan mahsulot xajmi;
M
x
– korxonaning shu mahsulot xajmini ishlab chiqarish uchun qilingan
material xarajatlari;
MX
x
– mehnat xaqiga, ajratmalari bilan birgalikda qilingan xarajatlar;
A
x
– amortizatsiya xarajatlari; D
x
– davr xarajatlari;
P – olingan moliyaviy natija.
Realizatsiya qilingan mahsulot
deganda (N
r
) xaridor va buyurtmachilarga
ortib jo’natilgan mahsulotning (joriy yoki taqqoslanadigan) baholardagi xajmi
tushuniladi.
Tovar mahsuloti
deganda (N
t
) barcha ishlab chiqarish bosqichlaridan o’tgan,
to’la butlangan, texnik nazorat bo’limidan o’tgan va omborga topshirilib, sotishga
149
mo’ljallangan mahsulot xajmi tushuniladi.
Yalpi mahsulot
deganda (N
ya
) tovar mahsuloti xajmiga tugallanmagan ishlab
chiqarish xarajatlari qo’shilgan qiymatdagi mahsulot xajmi tushuniladi.
Bundan tashqari sanoatning ayrim tarmoqlarida normativ ishlov berish qiymati
(NIQ) va normativ sof mahsulot (NSM) tushunchalari ham qo’llaniladi.
Normativ ishlav berish qiymati
(NIQ) tikuvchilik tarmog’ida qo’llanilib
ishlov berish qiymatiga normativ foydani qo’shish orqali aniqlanadi.
Normativ sof mahsulot
(NSM) material sig’imi yuqori bo’lgan tarmoqlarda
qo’llanilib, ajratmalari bilan birgalikdagi mehnat xaqi xarajatlariga normativ foydani
qo’shish orqali aniqlanadi.
Korxonaning mehnat resurslari bilan ta’minlanishi va ulardan samarali
foydalanishidan barcha ko’rsatkichlar: ya’ni, barcha ishlarning o’z vaqtida bajarilishi,
mashina va uskunalardan foydalanish darajasi va natijada mahsulot ishlab chiqarish
xajmi, uning tannarxi, foyda va boshqa bir qancha ko’rsatkichlar bog’liq bo’ladi.
Mahsulot xajmiga ta’sir qiluvchi mehnat omillari tarkibida quyidagi ko’rsatkichlar
o’rganiladi:
1.
Korxonaning mehnat resurslari bilan qanchalik ta’minlanganlik
ko’rsatkichlari.
2.
Ish vaqti fondidan samarali foydalanishini ifodalovchi ko’rsatkichlar.
3.
Bir xodimga to’g’ri keladigan o’rtacha yillik ishlab chiqarilgan mahsulot va
uning o’zgarishiga ta’sir qiluvchi omillar.
4.
Mehnat haqi fondidan foydalanishga baho beruvchi ko’rsatkilar.
5.
Mahsulot xajmining o’zgarishiga ta’sir qiluvchi mehnat omillari va ichki
rezervlarni qidirib topish.
6.
Mahsulot ishlab chiqarish xajmiga quyidagi mehnat omillari ta’sir qiladi:
1.
Ishchilarning o’rtacha ro’yxatdagi sonining o’zgarishi;
2.
Bir ishchi tomonidan ishlangan o’rtacha kishi-kunlarining o’zgarishi;
3.
Ish kuni davomiyligi(uzunligi)ni o’zgarishi;
4.
Bir ishchi tomonidan bir soatda ishlab chiqargan mahsulot xajmining
o’zgarishi.
150
Do'stlaringiz bilan baham: |