Book · January 017 citations reads 5,818 authors


Tanishuv va tanishtiruv etiketi



Download 3,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/165
Sana25.01.2022
Hajmi3,27 Mb.
#409247
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   165
Bog'liq
Etiket

Tanishuv va tanishtiruv etiketi 
Odob  qoidalari  (oddiy  xavfsizlik  nuqtai  nazardan  ham)  notanish  odamlar 
bilan  ko‘chada,  transportda,  restoran,  teatr  hamda  boshqa  jamoat  joylarida 
tanishishni  taqozo  etmaydi.  Bir  tarafdan,  o‘zingizni  notanish  odamga  bog‘lashga 
harakat  qilish  odobsizlikdir.  U  siz  bilan  muloqot  qilishni  istamayotgan  bo‘lishi 
mumkin.  Boshqa  tarafdan,  birinchi  uchragan  odam  bilan  tanishuv  layoqatsizlik, 
ba’zida esa xavflidir ham! Xudo biladi u odam kim bo‘lib chiqadi? 
Unda qanday tanishish lozim? 
Odob  qoidalariga  binoan,  turmush  mezonlari  bo‘yicha  ham,  tanishuv 
uchun o‘rtada ikki tarafga ham tanish bo‘lgan vositachi orqali ro‘y beradi. Siz unga 
tanishishni  istagan  odami  bilan  ko‘rishish  uchun  murojaat  qilishingiz  mumkin. 
Tanishtirganlaridan so‘ng, uning bunga javoban muomalasidan qanchalik siz bilan 
aloqa  qilishni  istashini  bilib  olish  mumkin.  Agar  uning  sovuqqonligini  his 
qilsangiz, aloqani davom ettirmagan ma’qul. 
Tanishtirish yoki tanishish tanishuvchilarning yoshiga, jinsiga va tanishish 
joyiga bog‘liq bo‘ladi.  
Qayerda  va  qachon  tanishish  zarur?  Birinchi  navbatda,  sharoitga  qarab 
kelgusida  tez-tez  uchrashib  turishga  to‘g‘ri  keladigan  shaxs  bilan  tanishiladi  yoki 
tanishtirish iltimos qilinadi. Asosiy qoidalari quyidagicha so‘zlar bilan ifodalanadi: 
“Sizni tanishtirsam...”, “Tanishtirishga izn bersangiz...”, “Gulnora, tanishing..." 


13 
 
Tanishtiruvchi kishi har ikkala tamonning ism, familiyalarini mulozamatlik 
bilan  ochiq-oydin  aytib  ularni  tanishtiradi.  Bu  yerdagi  asosiy  qoida:  kichik 
yoshdagi  kishi  –  katta  yoshdagi  kishiga,  erkak-ayolga,  xodim-rahbarga 
tanishtiriladi.  Tanishtiruvchi  kishi  avvalo,  kichik  yoshdagi  kishining,  keyin 
kattaning,  avval  erkak,  keyin  ayolning,  avval  xodim,  so‘ngra  rahbarning  ismi  va 
familiyasi aytadi.  
Yoshlarni  katta  yoshdagi  insonga  tanishtirishda,  odatda,  savolomuz 
murojaat  qilinadi;  M: 
Ustoz,  magistr  Abdullayevni  siz  bilan  tanishtirishga  ruxsat 
bersangiz?,
  yoki   
Hurmatli  rektor,  iqtidorli  talaba  Komilovni  sizga 
tanishtirmoqchi  edim?
  Bunday  hollarda  tanishtirilayotgan  kishi  ustoz  hamda 
rektorning ismini aytmaydi. 
Hamma  vaqt  ham,  beistisno,  erkak  kishi  ayolga  tanishtiriladimi?  Yo‘q, 
hamma  vaqt  shunday  qilinmaydi.  Erning  o‘z  rafiqasini  yor-do‘stiga  tanitishi  o‘z 
xohishiga  bog‘liq: 
“Do‘stim  Sardor,  tanishing  –  bu  mening  rafiqam”
  qabilida. 
Odatda, yaqin qarindoshlarning ismlari avval, tanish-bilishlarning ismlari esa keyin 
aytiladi.  
Oila  a’zolarini  tanitganda  ularning  ismlari  aytilmaydi.  Masalan,
  “turmush 
o‘rtog‘im”, “opam”, “singlim” 
yoki
 “ukam”
 deyiladi. 
Uy bekasi mehmonlarni kutib olar ekan, ularni bir-birlari bilan tanishtiradi, 
uy  bekasi  o‘rniga  uning  sohibi  tanishtirsa  ham  bo‘ladi.  Kechroq  kelgan 
mehmonlarni  vaqtliroq  kelganlarga  tanishtiradilar.  Agar  mehmonlar  ketma-ket 
kirib kelishsa-yu, siz  ularni tanishtirishga  ulgurmasangiz,  unda  yordamchi sifatida 
yaqinroq  qarindoshingiz  yoki  do‘stingizni  chaqiring.  Mehmonni  uyga  taklif 
qilgach,  avval  u  yerda  o‘tirganlarga  kelgan  mehmon  tanishtiriladi,  so‘ng  bir 
chekkadan boshqalarning  ismlari aytilib tanishtirib chiqiladi. Mehmonlar  unchalik 
ko‘p  bo‘lmagan  taqdirda,  alohida  tanishtiriladi.  Erkaklar  o‘rinlaridan  turib 
tanishadilar.  Ayollar  joylarida  o‘tiraveradilar,  ammo  katta  mavqega  ega  bo‘lgan 
yoki  yoshi  kattalarni  tanishtirishsa,  o‘rinlaridan  turishlari  mumkin.  Agar  turli 
yoshdagi  ikki ayol tanishayotgan bo‘lsalar, yoshi katta ayolga: 
“Ruxsatingiz bilan 
sizga  falonchini  tanishtirsam”,
  –  deb  yoshroq  ayolning  ismi  sharifini  aytib,  keyin 
yoshi kattaroq ayolni tanishtirish mumkin. Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, ayni 
paytda yosh  va  mavqe  muhim ahamiyat kasb etadi. Xuddi shu tarzda ayol kishiga 
erkak  kishini,  xodimni  rahbarga  tanishtiradilar.  Agar  mavqe  jihatdan  ham,  yosh 
jihatdan  ham  o‘zaro  teng  bo‘lgan  odamlarni  tanishtirganingizda,  birinchi  bo‘lib, 
ulardan  o‘zingizga  yaqinroq  bo‘lgan  kishini  tanishtirasiz.  Agar  mashhur  odamni 
bir  paytning  o‘zida  ko‘pchilikka  tanishtiradigan  bo‘lsangiz,  uning  ismi  sharifini 
keltirib o‘tmasa ham bo‘ladi. 
Yaqinlaringiz, 
tanishingiz 
yoki 
do‘stingizni 
tanishtirayotganda 
qo‘shimcha,  ma’lumotlarni  aniqlashtirishingiz  ham  mumkin:  “
Do‘stim  Akmal  – 
xirurg,  bu  esa  Begzod  –  kursdoshim”.
  Tanishtirayotganda  ularning  ismlarini  aniq 
va  tushunarli  tarzda  ayting.  “
Bu  kishi  Valijon  –  mashhur  aktyor  Mahkamning 
akasi”
  degan  aniqliklarning  umuman  keragi  yo‘q.  Odamlarning  ismlarini  yodda 
yaxshi  tuta  olishiga  ishonchi  bo‘lmagan  tanishtiruvchilar 
“Tanishing,  marhamat 
janob  ...”
  bunda  siz  ismni  egasi  aytishiga  qo‘yib  berasiz.  Agar  endigina  yig‘ilgan 


14 
 
jamoatga  yangi  odam  qo‘shilsa,  uning  ismini  baralla  ovozda  aytib  tanishtirsa 
bo‘ladi, qolganlar o‘zlarini tanishtiradilar. 
Jamoat transportida yoningizda sherik bilan ketayotganingizda transportga 
tanishingiz chiqib qolsa va bir-ikkita so‘z aytib uzoqlashsa, tanishtirish shart emas, 
ammo  agar  suhbat  umumiy  xususiyat  kasb  eta  boshlasa,  uni  do‘stingiz  bilan 
tanishtirganingiz ma’qul. 
Oila  a’zolaringizdan  biri  ishxonangizga  ishga  kirdi.  Hamkasabalarga  uni 
tanishtirasizmi?  Agar  sizda  u  bilan  sof  kasbiy  munosabatlar  bo‘ladigan  bo‘lsa, 
shart emas. 

Download 3,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish