O‘zini boshqalarga tanitish.
Vositachisiz tanishish qiyinroq bo‘lib, odob
nuqtai nazardan noziklikni talab qiladi. Tarbiyali kishi istalgan vaqtda o‘zini tanita
oladi. Ko‘chada ketayotib, do‘konda, transportda, yoki muassasada biror kishini
tez-tez uchratib tursangiz, hatto u bilan ikki og‘iz gaplashgan bo‘lsangiz, zarurat
bo‘lsa, unga o‘zingizni bemalol tanishtirish mumkin. Lekin unda tanishish istagi
yo‘qligini sezsangiz, tanishish shart emas.
Agar tanishishni istamagan inson bilan tanishtirishsa, buni bildirmagan
ma’qul. Shunday vaziyatda ham sipolikni qo‘ldan bermay, muloyim muomalada
bo‘lish maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |