MEHMON VA MEZBON ETIKETI
“Mehmondo‘stlik” tushunchasi umumiy ma’noga ega bo‘lib, mehmondorchilik,
mehmonnavozlik,
mezbonnavozlik,
mehmon
bo‘lmoq
kabilar
mazkur
tushunchaning tarkibiy qismiga kiradi. Shuningdek, mehmondorchilik insoniy
fazilatlardan hisoblanadi. Chunki mehmondorchilik nafaqat ulfatchilik, qorin
to‘ydirish yoki dasturxon bezatib, tansiq taomlarni odamlarga berish, balki
kishining holidan xabar olish, ulug‘ insonlarni ziyorat qilish maqsadida ularning
uyiga borish ham mehmondo‘stlikning bir ko‘rinishidir. Zero, mehmon “Atoyi
Xudo” sifatida qadrli ekan, uyingizga ochiq ko‘ngil va yaxshi niyat bilan qadam
ranjida qilgan har bir kishi siz uchun mehmon kabi azizdir. Mehmondorchilik o‘ta
nozik fazilat bo‘lib, u insondan yuksak did, farosat va axloqiylikni talab etadi. Bu
jarayon gohida oriyat darajasiga ham yetadi.
Mehmondorchilik – ko‘rish, muloqot, muomala uchun subyekt vazifasini
bajaradi. Unda takalluf, mulozamat, hurmat, tavoze kabi ko‘rinishlar ustuvor
bo‘lib, ular mehmonning kayfiyatini ko‘tarishga, ko‘nglini olishga yo‘naltiriladi.
Mehmondo‘stlikning ijtimoiy-ma’rifiy, ma’naviy-tarbiyaviy ahamiyatiga doir
ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan faylasuf olim Karim Mahmudov bu borada
g‘oyatda qimmatli ma’lumotlarni beradi. Xususan, olimning «Mehmonnoma”
kitobida mehmondorchilik marosimining odobi, fazilati, qoidalari, tartibi va milliy
xususiyatlari bayon etilgan. Olim mazkur kitobda mehmondorchilikni qadriyat
darajasida talqin etishi barobarida, uning nazariy va amaliy tomonlarini ham
e’tibordan qochirmaydi. Ayniqsa, mehmon va mezbon odobiga doir nasihatlar,
mehmondorchilik qodalari, mehmon toifalari, mehmonga munosabat, mehmonga
taklif, mehmondorchilik turlari kabi mavzularda mehmondorchilik nafaqat
marosim, ayni paytda, milliy madaniyat ko‘rki sifatida gavdalantirilgan.
Mehmondorchilikning chiroyli o‘tishi, asosan, mezbonning kayfiyati, fe’l-atvori,
axloqiy tarbiyasi hamda mezbonga nisbatan bo‘ladigan munosabatiga bog‘liqligini
K.Mahmudov bir necha hayotiy misollar va rivoyatlar orqali ko‘rsatib beradi.
Ayniqsa, ”Uyiga mehmon kelmay qolsa, odamlardan o‘pkalay bermay, har kim
o‘ziga, odob-axloqiga nazar tashlamog‘i joiz”, “Mezbonning ko‘pchilikka malol
keladigan odati bo‘lsa, bundaylardan ham mehmon yuz o‘giradi”, “Mehmonni
malol ko‘radigan odam o‘zi ham mehmon bo‘lganda malol kelishini o‘ylashi
kerak”
1
, - degan fikrlari mehmondorchilik marosimi botin va zohiriga ko‘ra,
axloqiy-estetik jarayon ekanligidan dalolatdir.
Faylasuf olim B.Husanov o‘zining “Muomala madaniyati” deb nomlanagan
darsligida “Qobusnoma”da mehmonnavozlikka oid o‘gitlarning matnini
soddalashtirib, tavsiya etadi: “Shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, Sharqni deyarli
barcha allomalarining axloqiy-tarbiyaviy pandnomalarida xalq turmush tarziga oid
o‘gitlar, kundalik faoliyatiga doir nasihatlar davr nuqtai nazaridan tahlil qilingan.
“Qutadg‘u bilig”, “Devoni lug‘atit turk”, “Qobusnoma”, “Axloqi Muxsiniy”,
“Makorim ul-axloq”, “Guliston”, “Bo‘ston”, “Mahbub ul qulub” kabi
1
Маҳмудов К. Меҳмоннома. – Т.: “Ёш гвардия”. 1989. 26-бет.
125
pandnomalarda insonning jamiyatdagi o‘rni, turmushdagi kechmishi, kundalik
faoliyatidagi harakatlar axloqiy-estetik tizim orqali ifodalanadi. Jumladan,
Kaykovus qalamiga mansub “Qobusnoma” asarining “Mehmon olmoq va mehmon
bo‘lmoq zikrida” deb nomlangan bobini o‘qir ekansiz, mehmondorchilik qoidalari,
fazilat va illatlari nimalarga bog‘liq va nimalarda ko‘rinishini anglab etasiz
1
. Bu
borada chiqargan xulosalarimiz shundan dalolat beradiki, mehmondorchilik
Do'stlaringiz bilan baham: |