Book · January 017 citations reads 5,818 authors



Download 3,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/165
Sana25.01.2022
Hajmi3,27 Mb.
#409247
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   165
Bog'liq
Etiket

Qo‘shnilar 
Bir  “dom”da  turadigan  qo‘shnilar  garchi  bir-birlarini  yaxshi  tanimasalar-
da,  ko‘rishishlari  shart.  Qo‘shnilarning  burchlari  ko‘pdir,  ammo  asosiysi  – 
boshqalarga  kamroq  xalaqit  berish.  Bu  quyidagini  bildiradi:  bolalarni  to‘polon 
qilishlari,  derazadan  baqirishlari  va  sakrashlariga  ruxsat  berish;  radio  ovozini 


122 
 
baland  qilish;  bolta  bilan  biror  narsa  maydalash,  uydagilar  bilan  janjal  qilish, 
trubada mashq qilish yaxshi emas. Agar mehmondorchilik yoki ta’mir qilish uchun 
birovning tinchini  buzishga to‘g‘ri kelib qolsa, bu haqda qo‘shnilarni ogohlantirib 
qo‘yish lozim. Har holda ular bu shovqinning tugash paytini taxminiy bilishadi va 
biroz 
xotirjam bo‘ladilar. 
Tabiiyki,  qo‘shnilar  o‘z  telefonlaridan  foydalanishga  izn  berar  ekanlar, 
faqat  zaruriyat  nuqtai  nazardan  ularni  bezovta  qilish  mumkin.  Qo‘shnichilik 
yuzasidan  biz  shakar,  dazmol  kabi  narsalarni  berib  turamiz,  ammo  ularni  o‘z 
vaqtida qaytarish shart. Sizning buyumlaringizga bo‘lgan qo‘shnilarning “hujumi” 
chegaradan  chiqsa,  ularga:  “Afsuski,  changyutgich  yaxshi  ishlamayapti,  yordam 
berolmayman”,  deyishga  to‘g‘ri  keladi.  To‘g‘ri,  qo‘shnilarni  xafa  qilish  yaxshi 
emas,  ammo  boshqa  chora  yo‘q.  Qo‘shnilarning  santexnikning  manzilini  olish 
uchun uyiga bostirib kirib, yana qanday yashashlari bilan qiziqish yaramaydi. Agar 
qo‘shni ushbu manzilni yo‘lakda turib aytsa, buni shartli holat sifatida qabul qilish 
lozim. 
Do‘kondan  qaytayotgan  qo‘shnining  xaltasi  bilan  qiziqish,  kim  qayerdan 
pul topayotganini g‘iybat qilish to‘g‘ri emas. Qiya ochilgan eshikdan oyoq tovushi 
eshitilgandayoq,  kim  qayerga  kim  bilan  va  nima  uchun  ketayotganiga  qiziqish 
yaramaydi.  Atrofdagilarning  shaxsiy  hayoti  madaniyatli  odamlar  uchun  mavzu 
bo‘la olmaydi. 
Zamonaviy  hayot  jabhasida  kimdir  devor  ortida  pianino  chalishi  kabi 
shovqinlarning  noqulayliklaridan  qutulishning  iloji  yo‘q.  Hech  qaysi  qonun 
bunday  “harakatlarni”  taqiqlamaydi.  Ayniqsa,  bu  haqda  qo‘shnilar  bilan  kelishib 
olish 
mumkin  bo‘lsa.  Bunday  vaziyatlarda,  masalan,  devorga  tovush 
o‘tkazmaydigan  narsalar  osib  qo‘ygan  ma’qul.  Boshimizdan  do‘ppillagan  oyoq 
tovushlari  ham  ko‘p  noxushliklar  tug’diradi.  Tarbiyali  odamlarga  uyda  shippak 
kiyib yurish katta mehnat talab qilmaydi. 
Umumiy  xonadonda  noxush  ziddiyatlar  ko‘p  bo‘ladi.  Aynan  uyda 
boshqalarga  qarshi  o‘laroq  erkinroq  yashashga,  o‘zi  istagan  narsa  bilan 
shug‘ullanishga  har  birimiz  intilamiz.  Eng  yomoni,  kundalik  mayda  ziddiyatlar 
bora-bora  “harbiy  vaziyatni”  keltirib  chiqaradi.  Bu  darajaga  olib  kelmaslik  uchun 
uning  oldini  olish  lozim.  Umumiy  xonadonda  umumiy  joyni  egallash  masalasini 
oldindan kelishib olgan yaxshi. Jamoat sarhadlari – yo‘lak, oshxona, vannaxonada 
“oyoq  uchida  yurgan”  ma’qul.  So‘zlashuvda,  uy  kiyimida,  xatti-harakatlarda 
e’tiborli bo‘lish lozim. Yangi zamonaviy falsafiy yo‘nalish namoyandalaridan biri 
Jan Pol Sartr inson faqat erkin jamiyatdagina erkin bo‘la oladi degan g‘oyani ilgari 
suradi.
1
  Boshqalar  erkini  “bo‘g‘ib”  qo‘yib,  erkin  yashashni  umid  qilish 
nodonlikdir. 
Uyingizning  xonasida  yashashiga  qaramay,  ijarachi  ham  tinch  yashash 
huquqiga ega. Bu – uning xonasi, unga pul to‘laydi. Uy egalari bu xonaga eshikni 
taqillatmasdan  kirmaydilar,  qayerga  ketyapti,  qayerdan  kelyapti,  kimni  qabul 
qilyapti,  kim  ko‘ylagini  yuvib  beryapti,  nima  uchun  kefir  ichishni  yaxshi  ko‘radi, 
                                                             
1
 Сартр Ж.П. Экзистенциализм тўғрисида. А. Шер таржимаси. «Жаҳон адабиёти» журнали 


123 
 
jomadonlarini  ko‘rish  yaramaydi.  Bularning  hammasi  ba’zida  yodlab  turish  kerak 
bo‘lgan oddiy narsalardir. 
Shu  o‘rinda  ham  ijarachi  uy  egalarining  jihozlariga  ehtiyotkor  bo‘lishi 
lozim.  Uy  egasi  bilan  ijarachi  o‘rtasidagi  huquqlar  teng  emasligini  u  hamisha 
yodda  tutmog‘i  lozim.  Sirasini  aytadigan  bo‘lsak,  o‘sha  yerdagi  odatlarga 
moslashishi  shart  emas.  Budilnikdan  foydalanish  mumkin,  ammo  butun  uyni 
oyoqqa  turg‘izish  shart  emas,  uyda  kiyish  mumkin  bo‘lgan  xalat,  pijamalarda 
yurish  mumkin.  Kiyimlar  va  narsalarni  har  joyga  tashlab  ketmaslikka,  o‘tkir  hidli 
ovqat  tayyorlamaslik  va  boshqa  uy  egalariga  hush  kelmaydigan  narsalarni 
qilmaslik lozim.  

Download 3,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish