Book · January 017 citations reads 5,818 authors


Oiladagi yoshi kattalar bilan munosabat



Download 3,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/165
Sana25.01.2022
Hajmi3,27 Mb.
#409247
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   165
Bog'liq
Etiket

Oiladagi yoshi kattalar bilan munosabat 
Avvalambor,  odob  va  tartib.  Odob  sizni  botiniy  munosabatlaringizga 
yordam  bersa,  batartiblik  tashqi  masalarda  muvaffaqiyat  keltiradi.  Ko‘p  hollarda 
yosh  oilalar  ota-onalari  bilan  bir  uyda  yashashlariga  to‘g‘ri  kelib  qoladi.  Bunday 


120 
 
vaziyatlarda,  albatta,  yoshlar  kattalarni  hurmat  qilishlari,  ularga  qattiq 
gapirmasliklari,  ularga  nisbatan  tavoze’li  bo‘lishlari  kerak.  Ularning  fikri  va 
ixtiyorlariga hurmat bilan qarashlari lozim. 
Qaynona  bilan  birga  yashash  ko‘pincha  ziddiyatlarni  keltirib  chiqaradi. 
Chunki  uyda  birdaniga  ikkita  uy  bekasi  paydo  bo‘lib  qoladi.  Xo‘sh,  bunda  ular 
qanday  huquqqa  ega  va  ro‘zg‘ordagi  bekalik  majburiyatlarini  qanday  taqsimlashi 
mumkin?  Bunday  vaziyatda  universal  javob  topilmaydi.  Ammo  ma’lum  bir  qoida 
va maslahatlar bor. 
Birinchidan, uy bekalik huquqiga ikkalalari ham ega. Kelin nafaqat o‘qish, 
ish  bilan  band  bo‘lib,  uy  ishlari  bilan  shug‘ullanishga  vaqti  bo‘lmasligi  mumkin. 
Ammo baribir uning uy bekalikda huquqi bor. Ikkinchi tarafdan, qaynona yoki ona 
sog‘lig‘i  yaxshi  bo‘lmagani  uchun  uy  yumushlari  bajarishga  imkoni  bo‘lmasligi 
mumkin.  Lekin  u  hurmatga  loyiq,  uyning  to‘ri  uniki  bo‘lishi  lozim.  U  oilaviy 
tadbirlarning barchasida e’zozli mehmon sifatida ishtirok etadi. 
Kelin  yoki  kuyovni  ko‘rgani  kelgan  yoshlar  bilan  onalarning  o‘tirishi 
unchalik  shart  emas.  Odatga  ko‘ra  yosh  mehmonlar  kelishgach,  dasturxonni  ona 
fotiha bilan ochib beradi. Ketishda ham ular “javobni” berishlari lozim. 
Yoshi  kattalarning  yoshlar  tomonidan  qilingan  mulozamatini  juda  xush 
ko‘rishlariga  e’tibor  berish  lozim.  To‘g‘ri,  hozirda  bunday  masalaga  e’tibor 
bermaydigan  oilalar  ham  bor.  Oiladagi  sizga  bo‘lgan  yaxshi  munosabatdan 
g‘ururlanib, shirinso‘zlik va adablilikni unutmang. Doimo shirinso‘zli bo‘lish joiz. 
Ikkiyuzlamachilik va munofiqlikni ishga solmang! To‘g‘ri gapiring, ammo chiroyli 
gapiring. O‘zini hech qachon yerga urmaslik kerak. Siz tomonidan so‘zlanayotgan 
shirinso‘zlarning hammasi “yashash uchun bo‘lgan kurash” emas, aksincha,, odob 
yuzasidan  ekanligini  bildiring.  Ayniqsa,  qizg‘in,  xursandchilik  kunlarida 
hammaning oldida qaynonangizni charchab qolishidan “qo‘rqib” unga dam olishni 
maslahat  bermang.  Umuman,  qarilikni  ta’kidlab  turadigan  ifoda  usullaridan 
saqlanish yaxshiroq.  
Qaynonalar  yoshlarning  shaxsiy  hayotiga,  ularning  o‘zaro  munosabatiga 
aralashmasliklari lozim. Bu madaniyatsizlikdir va sizni ularning oldida yerga uradi. 
Ayrim  hollarda  qaynona  va  kelin  andishani  yig‘ishtirib  qo‘yib,  har  birlari  o‘z 
gaplarini  o‘tkazishga  harakat  qilishlarini  kuzatishimiz  mumkin.  Bunday 
kelishmovchiliklar  oldini  olish  uchun  kattalar  yoshlarning  kiyinishida,  sochlarini 
turmaklashida, yoqtirgan kuy  va ashulalari, shuningdek, ba’zi boshqa  masalalarda 
ularni  o‘z  hollariga  qo‘yishlari  lozim.  Yoshlar  ham,  o‘z  navbatida,  iloji  boricha 
ota-onalarini  tushunishga  intilishlari,  ularning  g‘ashiga  tegadigan  noo‘rin  qiliq  va 
odatlardan o‘zlarini tiyilishlari kerak. 
Kelin  kelinligining  birinchi  kunidanoq  hamma  narsani  keragicha  bilishi, 
katta  tajribaga  ega  bo‘lgan  qaynonasi  darajasida  turishi  juda  qiyin.  U  ham  mayli-
ya, lekin bilishni istamasa qiyin. Shuning uchun onalar qizlariga ovqat pishirishni, 
meva  va sabzavotlarni  qishga sharbat, tuzlama,  murabbolar tayyorlashni,  uy-joyni 
saranjom-sarishta  tutishni,  did  bilan  mehmon  kutishni  va  shu  kabi  uy-ro‘zg‘or 
ishlarini o‘rgatishga alohida e’tibor berishlari zarur.  


121 
 
Kelinlik  vazifasidan  tashqari,  qaynona  va  qaynotalarning  ham  vazifasi 
borligini  unutmang.  Bir  nima  olishdan  asosiysi  –  mehringizni  ayamang.  Uy  va 
o‘g‘lingizni ro‘kach qilavermang. Minnat farzandning shaxsiyatiga tegadi. Ota-ona 
minnatni  kechirishi  mumkin,  lekin  farzand 

  Chunki  ot

ona  o‘g‘liga  bog‘liq 
bo‘lishni  baxt  deb  biladi,  ammo  farzand  ota-onaga  bog‘liq  bo‘lishni  umuman 
xohlamaydi.  O‘g‘lingiz  bo‘lmasa,  u  boshqa  kishiga  turmushga  chiqishi  mumkin 
edi.  Uyi  bo‘lmasa,  o‘g‘lingizga  qiyin  bo‘lardi.  “Mening  davrimda 

” yoki “Men 
unday  qilardim,  bunday  qilardim”  degan  gaplarni  kamroq  aytgan  ma’qul.  Agar 
yoshlarni  o‘z  hayotlaridan  mamnun  bo‘lishlarini,  shukr  qilib  yashashni 
o‘rgatmoqchi  bo‘lsangiz  –  o‘zingiz  namuna  bo‘lishingiz  lozim.  Bolalar  doimo 
bolaligicha  qoladi.  Ular  sizning  so‘zingiz  bilan  amalingiz  qandayligini 
solishtiradilar.  Bolalarni  doimo  duo  qiling.  Kattalar  kichiklarga  bizda  rahmat 
demaydilar. Ammo yaxshi niyat bilan qilingan samimiy duo kuchliroq ta’sirga ega.  
Ba’zida ota-ona oldida o‘tirib, ularning ko‘nglini oling, hadyalarni o‘zingiz 
qiling, kelin o‘zi topshirgan sovg‘aning, (garchi sizning hisobingizdan bo‘lsa ham) 
siz topshirgan sovg‘adan yer bilan osmonchalik farqi bor.  
Qaynonalarga bir necha maslahatlar: juda ko‘p narsa qaynonalarga bog‘liq. 
Yoshlarning  hayotiga  aralashuvni  kamaytirishlari  maqsadga  muvofiq.  O‘zingizni 
tanbeh beraverishdan tiying. Keliningiz  yoki kuyovingizdan onalik da’vo qilmang 
(har holda ona bitta bo‘ladi). O‘g‘il oldida kelinni, qiz olida kuyovini “muhokama” 
qilish  munosabatlarni  yanada  ziddiyatlashtiradi.  Hadeb  shikoyat  qilavermaslik 
kerak.  Minnatdorlik  tuyg‘usi  nima  ekanligini  bilmagan  ota-onalar  o‘z 
farzandlaridan buni kutishlari qiyin masala. So‘ralmagan tanbeh yoki buyruqlardan 
o‘zni  tiyish  zarur.  “Xonangiz  betartib”  yoki  “Idishlarni  darhol  yuvib  qo‘yish 
kerak” qabilidagi “maslahatlar”” – birovning hayotiga aralashuvdir. Garchi yoshlar 
bizga  yaqin  bo‘lsalar-da,  ularning  o‘z  hayotlari  va  oilalari  borligini  unutmaslik 
joiz.  Bu  esa  ota-onalarning  ham  o‘z  hayotlari  bor  ekanligini  anglatadi.  O‘z 
hayotining  davomini  bolalarda  davom  ettirmaslik  lozim.  Ular  o‘z  hayoti  uchun 
o‘zlari  javob  berishlari,  o‘zlari  yashashlari  joiz.  Ushalmagan  orzular  yoki 
armonlar,  alam  va  ginalar  bolalar  hayotiga  “o‘tib”  ketmasligi  zarur.  Agar  bolalar 
bilan yashash qiyin bo‘lsa, bu – ota-onaning aybi. Bola tarbiyasida qandaydir xato 
o‘tgan.  Shaxs  bo‘lib  voyaga  yetgandan  so‘ng,  o‘zi  ota-onalikka  da’vo  qilayotgan 
bir paytda bunday aralashuv befoyda. Men bolam uchun qayg‘uryapman qabilidagi 
“bahonalar”  sizni  hamon  tinch  qo‘ymayotgan  nafs  ekanligini  unutmang.  Bunday 
holatda Zigmund Freydning “sublimatsiya” nazariyasi qo‘l keladi. Nafsni boshqa – 
ijobiy  tomonga  yo‘naltirish  maqsadga  muvofiq.  Ya’ni  o‘z  hayotingizni  yo‘lga 
qo‘ygan ma’qul. Kerakli muolajalar, sanatoriy yoki dam olish maskanlari, chiroyli 
shaharga  sayohatlar,  kitob  mutolaasi  –  xullas,  o‘zini  xursand  qilishning  yo‘llari 
ko‘p. Shunday qilingki, bolalar sizga talpinsinlar, siz ularga emas.  

Download 3,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish