91
texnik jihatdan mukammal bank-moliya tizimisiz tasavvur qilish mumkin emas.
Men bu tizimni bozor infratuzilmasining asosi bosh tayanchi degan bo‘lur edim.
Bugungi kunda bank tizimini isloh qilish, ularga yanada ko‘proq mustaqillik
berish, banklarning o‘z aktivlarini va ustav fondini ko‘paytirish, sarmoyalash
imkoniyatlarini oshirish muammolariga katta e’tibor
berayotganimiz bejiz emas
albatta.
Nega deganda bank kapitali orqasida o‘z aktivlarining ko‘payishidan
banklarning samarali ishlashidan, foyda ko‘rishidan manfaatdor bo‘lgan haqiqiy
mulkdorlar turishi ayniqsa ulkan ahamiyatga ega».
O‘zbekistonda mustaqil bank tizimini yaratish bo‘yicha eng asosiy tadbir –
1991-yilda O‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi
qonuni qabul qilinishi hisoblanadi. Bu esa o‘z navbatida respublikada ikki
pog‘onali bank tizimining yaxlit qoidalarini shakllantirish, shuningdek bank
tizimida sog‘lom raqobat munosabatlarini faollashtirishning
qonunchilik
poydevorini yaratishga asos bo‘ldi. SSSR Davlat bankining tarkibiy bo‘linmasi
hisoblangan, ayni vaqtda kredit va hisob-kitob operatsiya muassasasi vazifasini
bajarib kelgan sobiq respublika Davlat banki tugatildi. Markaziy bank zimmasiga
federal rezerv tizimiga xos bo‘lgan vazifalar yuklatildi. Davlat shu bilan bir
qatorda tijorat banklarining rivojlanishiga ham yordam berdi. Sobiq tarmoq
doirasida ish yurituvchi davlat banklari tugatildi. Agrosanoat banki va Sanoat-
qurilish banki ixtisoslashtirilgan aksiyadorlik-tijorat banklariga aylantirildi. Tashqi
iqtisodiy faoliyat Milliy banki tuzildi.
O‘zjamg‘armabankka (hozir – Xalq banki) kredit-moliya muassasasi maqomi
hamda kredit resurslaridan jismoniy va yuridik shaxslarga qarz berish uchun
foydalanish,
shuningdek, kredit resurslarini banklararo pul bozorida kim oshdi
savdosi orqali sotish huquqi berildi.
Ixtisoslashtirilgan
aksiyadorlik-tijorat
banklari-«G‘allabank»,
«Mevasabzavotbank», «Tadbirkorbank», «Savdogar» va boshqa banklar tuzildi.
Bu banklar tadbirkorlik ishlariga xizmat qiladi, kichik va o‘rta biznesni
rivojlantirish, iste’mol bozorini eng zarur tovarlar bilan boyitish manfaatlarini
ko‘zlab investitsiyalar uchun mablag‘ beradi.
O‘zbekistonda ikki pog‘onali bank tizimini tashkil qilishga 1988-yildan
boshlab kirishilgan bo‘lsada, bu maqsadning to‘liq amalga oshirilishiga 1994-
yildan boshlab sharoit yuzaga keldi. Bu davrga kelib Markaziy bankning tashkiliy
tarkibiy asosi, faoliyat olib borish uslubi o‘zgardi, tijorat banklarning soni va ular
bajaradigan operatsiyalar salmog‘i oshib bordi. Bu bosqichda kreditdan
foydalanish masalasida keskin o‘zgarishlar yasaldi,
tarmoqlar, birlashmalar,
korxonalar, avvalo o‘z kuchiga ishonishlari iqtisodiy barqarorlik omillaridan biri
etib belgilandi.
Mazkur Qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tuzilib,
uning zimmasiga respublikada pul muomalasini tartibga solish, tijorat banklari
tizimini vujudga keltirish va to‘lov tizimini tashkil etish vazifalari yuklatildi. Bu
vazifalarni bajarish uchun Markaziy bankda pul-kredit va valyuta siyosatini ishlab
chiqish va amalga oshirishga, tijorat banklari faoliyatini tartibga solish va nazorat
92
qilishga, hisob-kitoblar va to‘lov tizimini rivojlantirishga xizmat qiluvchi
bo‘linmalar tuzildi.
Iqtisodiyotning turli tarmoqlarini moliyalashtirish
esa yangidan tuzilgan
ixtisoslashtirilgan tijorat banklariga yuklatildi. Shunga muvofiq ravishda, tijorat
banklari ham o‘zlarining ichki tarkibiy bo‘linmalarini qayta tuzish va rivojlanish
strategiyalarini ishlab chiqishga kirishdilar.
Shuningdek, xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy banklar tajribalarini
inobatga olib, hamda mustaqil mamlakat pul-kredit siyosatini butunlay yangitdan
izga solish maqsadida Markaziy Bank to‘g‘risida banklar
va banklar faoliyati
to‘g‘risida alohida Qonunlar ishlab chiqish zaruriyati vujudga keldi.
Mamlakatimizda
keyingi
yillarda
iqtisodiyotni
barqarorlashtirishga
qaratilgan muhim tadbirlardan biri bu pul muomalasini mustahkamlash, valyuta
munosabatlarini tartibga solish bo‘ldi. Bu iqtisodiy mustaqillikning asosiy
shartlaridan biridir.
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov 1993-yil 7-mayda
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi sessiyasida nutq so‘zlarkan «
Do'stlaringiz bilan baham: