8-iyunda Qo‘qonda
tinch namoyishchilar
ana shu harbiy qism askarlari tomonidan o‘qqa tutildi. Natijada,
50 dan ziyod
namoyishda qatnashgan aholi halok
bo‘ldi (ularning ko‘pchiligi yoshlar edi),
200 dan ortig‘i esa yarador
qilindi. Umuman 3
-12 iyun kunlari Farg‘ona
viloyatida bo‘lgan millatlararo to‘qnashuvlar va ularning harbiylar tomonidan
o‘qqa tutilishi oqibatida
103 kishi halok b
o‘lgan.
1009 kishi yarador
bo‘lgan va
650 xonadonga o‘t
qo‘yilib, vayron qilingan.
Mudhish voqealardan keyin berilgan rasmiy bayonotlarga ko‘ra, respublikada
vujudga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy keskinlikdan ommaviy tartibsizliklarni, millatlar
o‘rtasida nifoq va to‘qnashuvlarni keltirib chiqarishga uringan ekstremistik kuchlar
turgan.
Bu ataylab uyushtirilgan siyosiy ig‘vogarlik edi
. Farg‘onadagi mudhish
voqea Sumgayit, Boku, Tog‘li Qorabog‘, O‘sh-O‘zgan va boshqa mintaqalarda
xuddi shunday tarzda uyushtirilgan ig‘vogarlik bilan bir qatorda turar edi. Farg‘ona
21
voqealaridan keyin O‘zbekistonning I.Karimov boshliq siyosiy rahbariyati bu
masalada fojianing asl sabablarini ochib tashlash, o‘z xalqining shon-shuhrati va
qadr-qimmatini himoya qilish yo‘lidagi o‘zlarining mashaqqatli urinishlarida ular
respublikaning eng keskin muammolarini birinchi bor oshkora ravishda
muhokamaga qo‘ya boshladilar.
XX asrning 80-yillari oxirida respublika ijtimoiy hayotida jonlanish
boshlandi. Odamlar xilma-xil fikrlar bildirish, dillaridagini oshkora ayta olish
imkoniyatiga ega bo‘la boshladilar. O‘zbek xalqining dilidagi g‘oya —
mustaqillik g‘oyasi edi, xalq mana shu g‘oyani ko‘tardi. Mustaqillik uchun
harakatda yangi to‘lqin boshlandi. Ammo yurtimizda hukmron bo‘lgan Markazdan
yuborilgan «kadrlar to‘dasi» ularning qosh-qovog‘iga qarab ish yuritadigan ayrim
mahalliy ojiz rahbarlar bu g‘oyaga, uni amalga oshirishga to‘sqinlik qildilar. Milliy
qadriyatlarimizga nisbatan yana qatag‘onlik uyushtirildi, to‘qib chiqarilgan “paxta
ishi” bahonasi bilan o‘n minglab kishilar jinoiy javobgarlikka tortildi va ularning
aksariyati qamaldi. Tarix taqozosi bilan elim deb, yurtim deb, yonib yashayotgan
Islom Karimovdek fidoyi insonning O‘zbekistonning birinchi rahbari lavozimiga
saylanishi bu sohadagi adolatsizliklarga barham berilishiga olib keldi, adolat
tiklandi.
Islom Karimovning mustaqillik arafasida markazga har doim ham xush
kelmaydigan, ammo respublika va uning aholisi manfaatlariga javob beradigan
ichki hamda tashqi siyosati, amalga oshirgan chora-tadbirlari, rahbarlik irodasi va
siyosatchi sifatidagi aql-idroki tarixiy burilish pallasida hal qiluvchi ahamiyatga
ega bo‘ldi. I. A. Karimov respublikamizdagi o‘sha davrdagi og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy
vaziyatni chuqur tahlil qilib, aholining, ayniqsa, qishloq aholisining moddiy va
ijtimoiy ahvolini birmuncha bo‘lsa-da yaxshilash uchun paxta ekin maydonlarini
qisqartirish, uning ishlab chiqarish hajmlarini kamaytirishni maqsad qilib qo‘ydi.
Shuning uchun 1989-yil 17-avgustda I.Karimov boshchiligida respublika
hukumatining yig‘ilishida «qishloqda yashovchi har bir oilani tomorqa bilan
ta’minlash, ularga yakka tartibda uy-joy qurish uchun barcha shart-sharoitlarni
yaratib berish haqida»gi qaror qabul qilindi. Qishloqda yashovchi har bir kishiga
o‘rtacha 25 sotixdan yer ajratib berish va tomorqa maydonlarini qariyb 4,5 barobar
ko‘paytirish ko‘zda tutilgan edi. Buning natijasida 1989-1990 yillarda 1,5 mln.dan
ko‘proq oilaga qo‘shimcha yer ajratildi. 700 ming oilaga yangi tomorqa yerlari
berildi. Paxta yetishtirish plani 700 ming tonnaga kamaytirildi. Bu paxta
yakkahokimligini bartaraf etish yo‘lidagi dastlabki, ammo o‘ta muhim amaliy
qadam edi. Respublikada kuchayib ketgan bu jarayonlar o‘z navbatida iqtisodiy
tanglik bilan bog‘liq ekanligi ma’lum edi. Avval milliy manfaatlari toptalgan
xalqlarga o‘zligini anglashga yo‘l ochgan O‘zbekiston endi butun respublikada
iqtisodiy tanglikning oldini olish chora-tadbirlarni ko‘rishi kerak, ularni izga
solish uchun chora-tadbirlarni belgilab, amalga oshirish yo‘llarini ishlab chiqish
ham muhim edi.
1990-yil 1-noyabrga kelib qishloqda yashovchi 2.220.129 oiladan 1.327.149
oila yangi tomorqa uchastkalari olish va mavjudlarni kengaytirishga muhtoj
bo‘lgan holda ularning 394.098 nafar oilasi yangi yer uchastkalari olishdi. Ularga
foydalanishlari uchun 55.036 gektar yer ajratib berildi. O‘z uchastkalarini
22
kengaytirishga muhtoj bo‘lgan 933 164 oiladan hammasining talabi qondirildi.
Ularga qo‘shimcha ravishda 101.117 gektar yer ajratildi. Natijada, qishloq
mehnatkashlarining davlat tomonidan olgan yerlari 156.153 gektarga etdi. Bundan
tashqari bu qaror bajarib bo‘lingandan so‘ng yangi tashkil topgan oilalarga ham
maydoni 11.009 gektar bo‘lgan 87.515 ta tomorqa uchastkasi ajratib berildi.
Mazkur tashkil topgan xo‘jaliklarda yetishtirilgan mahsulotlarni sotib olish
maqsadida davlat 1990-yilda 765.862 ta shartnoma tuzdi.
Yer uchastkalari yiriklashtirilgan holda dehqon shaxsiy yordamchi xo‘jalikda
yetishtirilgan mahsulotning oilasidan ortgan qismini bozorga chiqarish imkoniga
ham ega bo‘ldi. Natijada, mayda tovar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yila boshladi.
Bunday yordamchi xo‘jaliklar bozor munosabatlarini rivojlantirish, oziq-ovqat
mahsulotlarini yetishtirishga muayyan hissa qo‘sha boshladilar. 1990-yil 28-iyulda
Prezident Islom Karimovning «Qishloq aholisini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan
ta’minlashni yaxshilash to‘g‘risida»ni Farmoni e’lon qilindi. Mazkur farmonning
qabul qilinishi qishloq qiyofasini tubdan o‘zgartirish, u yerda yashovchi
fuqarolarning turmush tarzini yaxshilash borasida tashlangan yana bir muhim
qadam edi.
Shunday murakkab ijtimoiy, siyosiy vaziyatda respublikada keng munozaraga
sabab bo‘lgan muammolardan biri o‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish
masalasi bo’ldi. Ma’lumki turg‘unlik yillarida o‘zbek tiliga munosabat o‘zgacha
edi. O‘zbek tili davlat idoralarida ham, yig‘ilishlarda ham iste’molda emas edi. 80
yillarning oxiriga kelib xalq milliy ongining o‘sishi, jamiyatning ijtimoiy
qonuniyatlari va talabi o‘zbek tili masalasini ko‘rib chiqishni kun tartibiga
qo’yilishiga turtki bo‘ldi. Shu tarzda hukumat va mamlakatimiz ilmiy jamoatchiligi
sayi harakatlari tufayli yangi loyiha tayyorlanib, u 1989-yil 11-oktyabr kuni
matbuotda e’lon qilindi. Loyiha umumxalq muhokamasidan so‘ng O‘zbekiston
SSR Oliy Sovetining 1989-yil 21-oktyabrda bolgan 11 sessiyasida «O‘zbekiston
SSRning Davlat tili haqida» Qonuni qabul qilindi. Mazkur qonun xalq madaniy
merosi, milliy qadriyatlarini o‘rganish, tarixiy xotirani tiklash, shu asosda milliy
ong, ruhiyat mustahkamligi, ijtimoiy faollik kuchayishiga ham yo‘l ochib berdi.
Shu ma’noda milliy tillarga davlat maqomi berilishi sotsialistik tuzumga qarshi
olib borilayotgan mustaqillik yo‘lidagi harakatlarning kuchayishiga ham ijobiy
ta’sir etdi. Davlat tili haqidagi qonun milliy o‘zlikni anglash, milliy davlatchilikni
tiklash yo‘lida respublikadagi yana bir tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan muhim
siyosiy qadam bo‘ldi va milliy mustaqillikning ma’naviy poydevoriga asos bo‘ldi.
O‘z-o‘zidan, ushbu Qonun o‘zbek xalqining mavqeini tiklashga, uning ijtimoiy
hayotning barcha sohalarida to‘la amal qilishiga katta imkon yaratdi.
2019-yil o‘zbek tiliga «Davlat tili» maqomining berilganiga 30 yil toʻldi.
Davlatimiz rahbari tomonidan 2019-yil 21-oktyabr kuni «Oʻzbek tilining davlat tili
sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» Farmoni
qabul qilindi. Unga binoan 21-oktyabr sanasi yurtimizda «Oʻzbek tili bayrami
kuni» deb belgilandi. Ona tilimiz fidoyilari, butun xalqimiz bu xushxabarni katta
xursandchilik bilan qarshi oldi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning o‘zbek tiliga davlat tili maqomi
berilganining o’ttiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimidagi nutqida shunday
23
degan edi: «Bugun jonajon O‘zbekistonimiz «Milliy tiklanishdan –milliy yuksalish
sari» degan ustuvor g‘oya asosida o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga dadil
qadam qo‘ymoqda. Barcha sohalar bilan birga davlat tilining jamiyatdagi o‘rni va
nufuzini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar qilinmoqda.
Hozirgi kunda o‘zbek tili davlat tili sifatida siyosiy-huquqiy, iqtisodiy-
ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy hayotimizda faol qo’llanmoqda, xalqaro minbarlardan
baralla yangramoqda.
Davlatimiz tomonidan ma’naviy hayotimizni yanada rivojlantirish, jumladan,
ta’lim tarbiya ishlarini zamon talablari asosida tashkil etish, madaniyat, san’at va
adabiyot sohalarini takomillashtirish, kitobxonlik madaniyatini oshirish bo‘yicha
qabul qilingan o’nlab farmon va qarorlar o‘zbek tili ravnaqiga bevosita xizmat
qilmoqda.
Bu haqda gapirganda, keyingi yillarda ona tilimizda faoliyat yuritayotgan
yuzlab bog‘chalar, maktablar, oliy o‘quv yurtlari, yangi gazeta va jurnallar, tele-
radiyo kanallar, nashriyotlar, madaniy-ma’rifiy muassasalar, kutubxonalar tashkil
etilayotganini qayd etish lozim.
Aliser Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti
universitetining
faoliyati
yo‘lga
qo‘yildi.
Bu
yerda
folklorshunoslik,
dialektologiya, turkologiya, matnshunoslik kabi yo‘nalishlar ochildi.
Bu borada yangi o‘quv dasturlari yaratilayotgani, darslik va qo‘llanmalar,
risola va monografiyalar nashr etilayotgani, ilmiy anjumanlar, ommaviy axborot
vositalari o‘zbek tilining buguni va istiqboli haqida amaliy taklif va tashabbuslar
bildirayotgani g’oyat muhim ahamiyatga ega”.
Shuningdek, ushbu ma’ruzada O‘zbekistonning Turkiy tilli davlatlar
hamkorlik kengashiga a’zo bo‘lganligi, bu o‘z navbatida o‘zaro iqtisodiy
hamkorlikni kuchaytirishga, o‘zbek tilining esa xalqaro maqomining yuksalishiga
olib kelishi haqida ham to‘xtab o‘tildi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, «O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va
mavqeini tubdan oshirish tog‘risida»gi Farmonning imzolanishi va unga binoan
«Davlat tili haqidagi» qonunning qabul qilinishi xalqimiz hayotida ulkan voqea
bo‘ldi. 2019-yil 21-oktyabrdan e’tiboran yurtimizda «O‘zbek tili bayrami kuni»ni
nishonlash an’anaga kiritildi. Bu esa xalqimizning milliy ruhini va g‘ururini
yuksaltirishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |