2.1. –jadval.
Ekstragentlarning fizik xossalari
Aralashtiruvchi uskuna ishlaganda nasos yordamida yengil faza bilan og ‗ir fazalar aralashib, gorizontal joylashgan bo‗limlar orqali tinishga o‗tadi va u yerda bir-biridan ajratib olinadi. Aralashgan og‗ir va yengil fazalardagi suyuqlik balandligi va nisbati avtomatik ushlab turiladi.
Tantal va niobiyni ekstraksiya usulida ajratish va aralashmalardan tozalashda metilizobutilketon va tributilfosfat ishlatiladi. Tributilfosfat metilizobutilketonga nisbatan yuqori haroratda qaynaydi va yonadi. Kamchiligi–zichligi va qovushqoqligining kattaligi.
Ularning ayrim xususiyatlari 2.1. –jadvalda keltirilgan.
Demak, tantal va niobiy kislotali ftor komplekslari metilizobutilketon bilan oksoniy tuzlarining kompleks birikmalarini hosil qiladi. Bunda kislotaning vodorodi ketondagi kislorod bilan o‗zaro birikadi. Bu oksoniy tuzlari organik erituvchilarda yaxshi eriydi.
Tantal va niobiyning ftorli komplekslar eksraksiyasi taqsimlanish koeffitsiyenti eritmadagi plavik kislotasining konsentratsiyasiga bog‗liq bo‗lib, plavik kislotasining eritmadagi konsentratsiyasi 4 mol/X kam bo‗lgan qiymatlarida niobiy eksrak-siyalanmaydi.
2.4.–rasm. Ekstraksiya usulida tantal va niobiyni ajratib olish texnologiyasi.
1– plavik kislotada eritilgan konsentrat eritmasi; 2–tantal vaniobiyni birgalikda ekstraksiyalash kolonnasi; 3– niobiyni reekstraksiya qilish kolonnasi; 4– tantalni reekstraksiya qilish kolonnasi; 5 va 6– bug ‗ bilan haydash uskunasi; 7– tantalni yiguvchi moslama; 8 – Ta2O5 ni cho ‗ktirish uskunasi; 9 - filtrlar; 10–qizdirish o‗choqlari; 17–Nb2O5 to ‗plovchi moslama; 12 – Nb205 ni cho‗ktirish uskunasi.
Agarda plavik kislotasining yuqori konsentratsiyasiga ozroq sulfat kislota qo‗shib, eksraksiya jarayoni olib borilsa, unda tantal va niobiyning hammasi organik fazaga o‗tadi, eritmada esa Fe, Mn, Ti, Sn kabi aralashmalar qoladi, chunki bu moddalar yuqori konsentratsiyalarda ekstraksiyalanmaydi. Shunday qilib, ekstraksiya usulida tantal va niobiy ajratish uch bosqichdan iborat bo‗ladi.
Tantal va niobiyni birga eksraksiya qilgan holda aralashmalardan (Fe, Mn, Ti, Sn, Si va boshqa.) tozalash.
Organik fazadan suv bilan reekstraksiya qilib niobiyni olish.
Suv yoki ammoniy ftorit tuzlarni suvli eritmalari (mas.
NH4F) bilan reekstraksiya qilib, tantalni ajratish.
Ekstraksiya qilish uchun tantal va niobiy oksidlari 0,074 mm gacha maydalanib, 40% li HF kislotada eritiladi. Eritma yaxshi hosil bo‗lishi uchun u qizdiriladi va aralashtirib turiladi. Hosil bo‗lgan eritma 17 mol/1 bo‗lgunga qadar suyultiriladi va filtrlanadi. Bu toza eritma qo ‗zg ‗aluvchi ekstraktsiya kolonnasining ustki qismidan yuboriladi, ostki qismidan esa ekstragent MIBK (metilizobutilketon) yuboriladi.
Organik qismda tantal va niobiy, suvli qismida esa aralashmalar qoladi. Aralashmalar miqdorini kamaytirish uchun kolonnaning yuqori qismidan asosiy eritma bilan birga suyultirilgan sulfat kislotasi ham yuboriladi. Hosil bo‗lgan organik erituvchi reekst–raksiya kolonnasining o‗rta qismiga yuboriladi, suv bilan niobiyni reekstraksiya qilish vaqtida niobiy bilan birga plavik kislotasining ko‗p miqdori suvli fazaga o‗tadi.
Bu esa qisman tantalning ham suvli fazaga o‗tishiga olib keladi. Tantal suvli fazaga o‗tishni yo‗qotish niobiyning suvli fazasi kolonnaga berilayotgan toza MIBK bilan uchrashadi va suvli eritmadagi tantalning organik fazasi o‗zi bilan olib ketadi. Kolonnaning ostidan chiquvchi suvli eritmada faqat niobiy bo‗ladi. Qolgan organik eritma keyingi reekstraksiya kolonnasiga yuboriladi va undan tantal reekstraksiya qilinadi. Reekstraksiya qilingan niobiy suv bug‗i bilan haydaladi va organik faza ekstraksiya qismiga qaytariladi. Suvli eritmalarga ammiakli suv qo‗shib, tantal va niobiylarni cho‗ktirib olinadi. Cho‗kmalar vakuum-filtrlarda
tozalanadi va gardishli o‗choqlarda qizdirilib, oksidlari olinadi. Oksidlar tarkibidagi aralashmalar miqdori 2.2.-jadvalda ko ‗rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |