– rasm. Kaliy perranatini qayta durlash orqali tozalash texnologiyasi.
Hozirgi vaqtda yangi markadagi ionitlar qo‗llanilib kelinmoqda. AB- 17ON turlardagi aniollar ishlatilmoqda.
– rasm. Reniyning sorbsiyalash texnologiyasi.
Selen va tellur metallurgiyasi. Eritmalardan selen va tellur elementlarini ajratish texnologiyasi.
Bu elementlar oltingugurtning analoglari bo‗lib, kimyoviy xossalari jihatidan bir-biriga juda o‗xshab ketadi. Tabiatda ularning turli birikmalari oltingugurt birikmalari bilan, qo‗rg‗oshin, simob, mis va kumush metallari bilan birga uchraydi. Ular sulfat kislota sanoatida qo‗shimcha mahsulot sifatida hosil bo‗ladi va misni elektroliz qilish yo ‗li bilan tozalashda elektrolitda cho ‗kib qolgan shlakdan ajratib olinadi.
Selen va tellurning bir necha allotropik shakl o‗zgarishi bor: amorf selen qizil tusli, amorf tellur esa qo‗ng‗ir tusli kukunlardir. Ularning durlash shakl o‗zgarishlari amorf shakl o‗zgarishlariga qaraganda barqarordir.
Bu elementlar hozircha uncha ko‗p ishlatilmaydi. Selen o‗zgaruvchan elektr tokini o‗zgarmas elektr tokiga aylantiruvchi asboblar – to‗g‗rilagichlar tayyorlashda, shisha sanoatida, kauchukni vulkanizatsiya qilishda va fotografiyada ishlatiladi. Selenning elektr o‗tkazuvchanligi nur ta‗sirida oshadi. Uning shu xossasi tufayli undan optik va elektr signal asboblari, termoelementlar va televizorlar tayyorlashda foydalaniladi. Tellur, asosan, rangdor metallarning maxsus qotishmalarini tayyorlashda ishlatiladi. Qo‗rg‗oshinga ozgina tellur qo‗shib tayyorlangan qotishmadan yasalgan sim elastik, kimyoviy reagentlarga chidamli va mustahkam bo‗ladi.
Bu elementlar havoda buzilmaydi, suvda va suyultirilgan kislotalarda erimaydi, faqat konsentrlangan nitrat kislotada, zar suvida va konsentrlangan ishqorlar eritmasidagina eriydi. Bu elementlar ham oksidlovchi-qaytaruvchilardir. Kuchli qaytaruvchilar ta‘sirida oksidlovchilardir:
2Na + Se = Na2Se
Aksincha, kuchli oksidlovchilar ta‘sirida qaytaruvchilar bo‗ladi, bu vaqtda ular 4 + yoki 6 + valentlikkacha oksidlanadi:
Te + O2 = TeO2 Se + 3F2 = SeF6
Selen bilan tellur qizdirilganda ko‗pchilik metallar bilan bevosita birikib, sulfidlarning analoglari bo‗lgan selenidlar va telluridlar hosil qiladi: K2 Se, K2Te. Bu tuzlarga suyultirilgan kislota ta‘sir ettirib, H2S ning analogi bo‗lgan vodorod selenid — H2Se va vodorod tellurid — H2Te hosil qilinadi. Ular suvda erib, H2S dan ko‗ra kuchliroq kislotalar hosil qiladi. Bu kislotalar H2S ga qaraganda kuchliroq qaytaruvchilar hamdir.
Bu elementlar havoda (yoki kislorodda) yonib, selenit angidrid SeO2 va selenat angidrid SeO3, tellurit angidrid TeO2 va tellurat angidrid TeO3 hosil qiladi. Bu angidridlar ham SeO2 va SO3 singari, suvda erib, tegishli kislotalar hosil qiladi. Masalan, H2SeO3 — selenit kislota, H2TeO3 — tellurit kislota. Selenit va tellurit kislotalar H2SeO8 ga qaraganda kuchsizroq kislotalardir. Birikmalarda oltingugurt S6+ ga oson, to‗rt valentli oltingugurtga esa qiyin aylanadi. Shuning uchun S4+ birikmalarining qaytarish xossalari oksidlash xossalaridan kuchliroqdir. Se4+ va Te4+ ning birikmalarida bu homing aksi kuzatiladi. Ular musbat olti valentlikka (Se6+ va Te6+ ga) juda qiyinlik bilan, faqat kuchli oksidlovchilar vositasidagina, neytral atomga (nul valentlikka) esa oson aylanadi. Shunga ko‗ra, Se4+ va Te4+ ning birikmalari uchun oksidlash xossalari xarakterlidir.
TeO3 oksid tellurat kislota H2TeO4 (kuchsiz kislota) hosil qiladi.
Bu kislota kuchli oksidlovchidir. Ular oq tusli, suvda yaxshi eriydigan kristall moddalardir. Selenit va selenat, tellurit va tellurat kislotalar va ularning tuzlari selenit va selenatlar, tellurit hamda telluratlar sulfit va sulfat kislota, sulfit va sulfatlarga o‗xshab ketadi.
Poloniy elementi radioaktiv modda bo‗lib, uning xossalari uncha yaxshi tekshirilgan emas. Biz bu elementga to‗xtalib o‗tirmaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |