Tuz suyultmalarda xlorlash. Bu usulda KCl va NaCl eritmalar hosil qilingan vannalardan maydaiangan koks shaxtalarga yuboriladi.
Apparatning pastki qismiga yuborilgan xlor panjaralar orqali tarqaladi.
700—8000C da jarayon yaxshi kechadi.
- rasm. Tuzli eritmalarda loparit
konsentratlarini
xlorlashda qo‘llaniladigan xlorator: 1 – boyitma va koks: 2–shnekli oziqlantirgich; 3–
shamotli g ‗ishtlardan terilgan xlorator; 4–
furmalar; 5– eritma; 6– maxsulot eguvchi qism; 7– mahsulot chiqarish tuynigi; 8–gaz harakatlanish tuynigi; 9– kondensat chiqarish tuynigi;
– rasm. Qaynovchi qatlamlarda xlorlash.
1. Shaxta o‗chog‗i (pechi); 2–Yuqori kameralardan pastki kameralarga oquvchi quvur; 4–Taqsimlovchi panjara; 5– Qaynovchi qavatlar; 6– Shaxta bunkeri; 7– Xlorlanmagan va uchuvchi xlorbug ‗uvchi uskuna.
Titan ishlab chiqarish usullari
TiCl4 ni Mg yoki Na ishtirokida qaytarish. Bu usulda jarayon 800– 900°C olib boriladi.
TiCl4(bug ‗) + 2Mg(suyuq) = Ti(qattiq) + 2MgCl2(suyuq)
Bunda po‗latdan yasalgan germetik apparatlar olinib, uning ichi inert gazlar (argon yoki geliy) bilan to‗ldirilgan bo‗ladi. Bu apparatning ostki qismida suyultirilgan magniy eritmasi bo‗lib, unga titan to‗rt xloridning bug‗i yuboriladi. Reaksiya ekzotermik bo‗lib, 1 kg titan 2545 kkal yoki 1 mol TiCl4 122 kkal issiqlik chiqaradi, bu esa reaksiya o‗zidan-o‗zi borishi
uchun yetarli bo‗ladi. Ushbu jarayon juda murakkab va to‗liq o‗rganilmaganligi uchun ishlab chiqarishda kam ishlatiladi.
Korxonalarda natriy bilan qaytarish magniy bilan qaytarish usuliga qaraganda ko‗proq qulayliklarga ega:
Natriy past eritish haroratiga (98°C) ega bo‗lgani uchun trubalarda qizishi osonroq va uni reaktorlarga uzatish birmuncha qulay.
TiCl4 bilan natriyni qaytarish reaksiyasini katta tezlikda amalga oshirish mumkin, ya‘ni uni qo‗llash (ishlatish) koeffitsiyenti 100% ga teng (magniyda 70—90% ni tashkil qiladi). Natriy bilan to‗liq qaytarish natijasida natriy xloridni ajratmasdan (to‗kmasdan) olib borish mumkin, bu esa apparatlarning konstruksiyasini ixchamlashtirishga olib keladi.
Natriy xlorid magniy xloridga nisbatan kam suvni o‗ziga tortadi, bu esa jarayonda elementlar natriyni bo‗lmasligini hamda hosil boladigan shlaklardan titanni osonlik bilan ajratishda arzon va oddiy suv bilan ishqorlash usulini qo‗llashga imkon beradi.
Natriy bilan qaytarish natijasida olingan titan kukuni, magniy bilan qaytarishdan olingan titan gubkaga nisbatan qulay bo‗lib, undan tayyorlanadigan qotishmalar strukturasi bir xil tuzilishga ega bo‗ladi.
Bu usul quyidagi kamchiliklarga ega: 1 kg titan uchun ko‗p miqdorda qaytaruvchi va shlakni hosil bo‗lishi, bu esa katta hajmda apparatlar qo‗llashga, texnika xavfsizligiga qattiq rioya qilishga undaydi, chunki natriy boshqa metallarga qaraganda juda faol metall hisoblanadi. Kamchiliklar amalda, texnika xavfsizligiga rioya qilgan holda, bu usulni ishlatish mumkinligini ko‗rsatadi. Yuqorida ko‗rsatilgan bir qancha boshqa usullardan ham korxonalarda sharoitga qarab foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |