O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI MAKTABGACHA VA BOSHLANG`ICH TA’LIM FAKULTETI Maktabgacha ta`lim yo`nalishi 4-kurs “V” guruhi talabasi
BOLTAYEVA OYSULTON ODILBEK QIZIning “BOLALARNI KATTALAR VA O’Z TENGDOSHLARI BILAN VAZIYATGA MOS RAVISHDA MULOQOT QILISHGA O’RGATISH”mavzusidagi
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
Ilmiy rahbar: DSc. Davlatova R.H.
Navoiy - 2021
Мundarija ISHNING UMUMIY TAVSIFI.......................................................... KIRISH................................................................................................................ I BOB. Maktabgacha yoshdagi bolalarда коммуникатив мулоқотнинг аҳамияти....................................................................... 1.1. Мулоқот табиати, унинг individual ва ёш хусусиятлари.................................
1.2. Мактабгача ёшдаги болаларнинг мулоқот қилиш кўникмаларини шакллантириш........................
II BOB. BOLALARNI KATTALAR VA O’Z TENGDOSHLARI BILAN MULOQOTGA O’RGATISH МЕТОДИКАСИ............................................... 2.1. Мактабгача ёшдаги болаларнинг тенгдошлари билан мулоқоти хусусиятлари......................................... 2.2. Мактабгача ёшдаги болаларнинг катталар билан мулоқоти хусусиятлари
2.3. Тажриба таҳлиллари ва тавсиялар
III. Xulosa va tavsiyalar……………………………………………………. IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati…………………………………… V. Ilovalar
ISHNING UMUMIY TAVSIFI
Mavzuning dolzarbligi: Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 7-fevralda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi Farmonida 2017–2021 yillarda mamlakatimiz taraqqiyotini yanada jadallashtirishga doir belgilab berilgan beshta yoʻnalishdagi ustuvor vazifalarning toʻrtinchisi ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilganligi hammamizga ma’lum. Bu yoʻnalishda aholi farovonligini ta’minlash, bandlik, salomatlikni muhofaza qilish, uy-joy masalalari qatoridan ta’lim-tarbiya tizimini taraqqiy ettirish masalasi ham ustuvor vazifalar etib belgilangan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5198-son Farmoni, 2017 yil 30 sentyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3305-son qarori katta ahamiyat kasb etmoqda.1 Ҳар бир соҳада зарурий бўлган коммуникатив мулоқот инсонда мактабгача ёшдан шакллантирилади ва ривожланиб боради. Мулоқот мураккаб ва кўп қиррали жараён бўлиб, у бир вақтнинг ўзида шахслар ўртасидаги ўзаро таъсир ва ахборот жараёни сифатида, одамларнинг бир-бирига муносабатини акс эттиради. Мулоқот субъектлари-тирик мавжудотлар, одамлар. Мулоқот барча тирик мавжудотларга хосдир, лекин фақат инсонларга хос мулоқот жараёни онгли, оғзаки ва оғзаки бўлмаган ҳаракатлар билан боғлиқ бўлади. Мазкур жараённи кичик ёшдан ўрганиш эса уни камчиликларини ўз вақтида тўғрилаш ва ривожлантириш, мукаммаллаштириш ва чиройли бир ҳолатга келтириш имконини беради.
Shu nuqtayi nazardan bitiruv malakaviy ishi uchun tanlangan “BOLALARNI KATTALAR VA O’Z TENGDOSHLARI BILAN VAZIYATGA MOS RAVISHDA MULOQOT QILISHGA O’RGATISH”mavzusi бугунги кун тараққиётида ўта dolzarbdir.