Bo’lim. Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida ta’limning me’yoriy-huquqiy asosi sifatida qonunosti hujjatlari



Download 46,39 Kb.
bet5/6
Sana04.06.2022
Hajmi46,39 Kb.
#634735
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-maruza

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati yuqori turuvchi organlarining qarorlari asosida va ularni ijro etish uchun qabul qilinadi.
Mahalliy davlat hokimiyati organining normativ-huquqiy tusdagi qarori xalq deputatlari viloyat, tuman shahar Kengashlari va viloyat, tuman, shahar hokimlari tomonidan qabul qilingan, umummajburiy davlat ko’rsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, o’zgartirishga va bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjat hisoblanadi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan har yili qabul qilinishi lozim bo’lgan va umummajburiy ko’rsatmalar mavjud bo’lgan, amaldagi farmon va qarorlarni ijrosini hududlarda ta’minlash bilan bog’liq qarorlarga quyidagilar kiradi:

  1. Viloyat mahalliy byudjetining daromadlari hamda harajatlarining hajmlarini tasdiqlash bo’yicha xalq deputatlari viloyat Kengashi qarori (O’zbekiston Respublikasi Prezidentining asosiy makroiqtisodiy ko ’rsatkichlar prognozi va Davlat byudjetining asosiy parametrlarini tasdiqlashga doir qarori qabul qilingandan so ’ng bir haftalik muddatda);

  2. Umumdavlat soliq tushumlaridan ajratmalarning normativlari, subvensiyalar, aylanma kassa mablag’lari miqdorini tasdiqlashga oid (byudjet parametrlari) viloyat hokimi qarori (xalq deputatlari viloyat Kengashining mahalliy byudjet daromadlari va harajatlarining hajmlarini tasdiqlash bo ’yicha qarori qabul qilingandan so ’ng o’n ish kuni ichida);

  3. Qishloq xo’jaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik ko’rikdan o’tkazish bo’yicha tuman hokimlari qarorlari (har yili 15 yanvargacha);

  4. Transport vositalarini majburiy texnik ko’rikdan o’tkazishga oid tuman (shahar) hokimlarining qarorlari (har yili 15 fevralgacha);

  5. Bozorlar va savdo komplekslarining ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig’imlar, ijara to’lovi va ko’rsatiladigan xizmatlar qiymati miqdorlarini tasdiqlashga oid viloyat hokimi qarori (O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo ’mitasi tomonidan minimal miqdor belgilangandan so'ng);

  6. Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’ektalrini kuz-qish davrida barqaror ishlashga komples tayyorlashga oid viloyat, tuman (shahar) hokimliklari qarorlari (O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori qabul qilingandan so 'ng qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda);

  7. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj aholi qatlamlariga ish o’rinlarini band qilib qo’yish to’g’risidagi tuman (shahar) hokimliklarining qarorlari (har yili 30 sentabrga qadar);

  8. Ko’chma savdo ob’ektlarining joylashish sxemasini, o’rinlar sonini, sotiladigan tovarlar ro’yxatini va ko’chma savdo davrini tasdiqlashga oid viloyat hokimi qarori (har yili 1 dekabrga qadar);

  9. Davlat ko’chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara to’lovining eng kam stavkalarini tasdiqlashga oid viloyat hokimi qarori (haryili 31 dekabrga qadar).

Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjat shaklidagi boshqa qarorlar ham qabul qilinadi. Qabul qilinadigan qarorlar mahalliy hokimiyat organlari vakolatlariga kiruvchi quyidagi asoslar bo’yicha chiqariladi:

  • qonuniylikni, huquqiy-tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash;

  • hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish;

  • mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig’imlarni belgilash, byudjetdan tashqari jamg’armalarni hosil qilish;

  • mahalliy kommunal xo’jalikka rahbarlik qilish;

  • atrof-muhitni muhofaza qilish;

  • fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta’minlash;

  • O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusga ega bo’lgan qarorlari hududiy adliya organlari tomonidan huquqiy ekspertizadan o’tkaziladi. Qarorlar yuridik kuchi ustun bo’lgan hujjatlarga zid bo’lgan taqdirda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, yuqori turuvchi xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari va hokimlari tomonidan bekor qilinadi.
Normativ-huquqiy hujjatlar bilan ularning tarkibiy qismi hisoblanadigan nizomlar, reglamentlar, qoidalar, yo’riqnomalar, kontsepsiyalar, doktrinalar, dasturlar va boshqa hujjatlar tasdiqlanishi mumkin.


  1. Download 46,39 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish