Bo’lim. Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida ta’limning me’yoriy-huquqiy asosi sifatida qonunosti hujjatlari



Download 46,39 Kb.
bet1/6
Sana04.06.2022
Hajmi46,39 Kb.
#634735
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-maruza




  1. bo’lim. UMUMIY O’RTA TA’LIM MUASSASALARIDA TA’LIMNING ME’YORIY-HUQUQIY ASOSI SIFATIDA QONUNOSTI

HUJJATLARI

  1. mavzu. Qonun osti hujjatlari - ta’lim tizimini isloh qilish vositasi.

Reja:

  1. Qonun osti hujjatlari tushunchasi va turlari

  2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qonun osti hujjatlari

  3. O’zbekiston Respublikasi davlat boshqaruv organlarining qonun osti hujjatlari

  4. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’limga oid farmon va qarorlari

  1. Qonun osti hujjatlari tushunchasi va turlari

O’zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to’g’risida”gi qonunining 5-moddasida qonun osti hujjatlari sifatida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning buyruqlari va qarorlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari belgilangan.
Qonun osti hujjatlari normativ-huquqiy hujjatlar sifatida o’z xususiyatlariga ega bo’ladi. Ularga vakolatli davlat organi tomonidan qabul qilinishi, barcha uchun umummajburiyligi, huquqiy munosabat sub’ekti huquq va burchlarining ifoda etilishi, o’rnatilgan qoidalarning davlat tomonidan himoyalanishi kiradi.
Qonun osti hujjatlari qonunda belgilangan asoslar bo’yicha vakolatli organlar tomonida qabul qilinadi. Davlat hokimiyati organi yoki mansabdor shaxsning qabul qilgan qonun osti hujjati uchun uning o’zi javobgar sanaladi. Mansabdor shaxs yoki davlat organi qabul qilayotgan hujjatni qonunda belgilangan tartib va shakllarda rasmiylashtiradi. Qonun osti hujjati O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga mos kelishi lozim. Tegishli tartibda Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, vazirliklari, davlat qo’mitalari va idoralari tomonidan ishlab chiqilgan qonun osti hujjatlari O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga mos kelishi talab qilinadi. Agar hujjatda o’rnatilgan qoidalar ularga mos kelmagan taqdirda O’zbekiston Respublikasining qonunlarida nazarda tutilgan tartibda bekor qilinadi.
Qonun osti hujjatlari xilma-xil bo’lganligi sababli turli mezonlar asosida tasniflanadi. Ularning tasniflanishida quyidagi mezonlar muhim rol’ o’ynaydi:

  • huquqiy tartibga solish predmeti yoki tartibga solinayotgan ijtimoiy munosabatlarning turi;

  • huquqni yaratuvchi sub’ekt;

  • huquqiy hujjatning yuridik kuchi;

  • huquqiy hujjat harakat qiladigan hudud;

- normativ-huquqiy hujjatning yuridik nomlanishi.
Qonun osti hujjati muayyan sub ’ekt yoki sub ’ektlar uchun huquq va majburiyatlarni shakllantiradi. Qonun osti hujjatida belgilangan normativ qoidalar huquqiy munosabat ishtirokchisining muayyan doiradagi harakat yoki harakatsizlikda ifodalanuvchi huquq va burchlarini o’zida ifodalaydi. Sub’ektlar uchun huquqlardan foydalanish ixtiyoriy asosga ega bo’ladi. Huquqiy munosabat ishtirokchisining o’z huquq va erkinliklaridan foydalanmasligi uning uchun javobgarlikni keltirib chiqarmaydi.
Majburiyatlar qonun osti hujjatida belgilangan sub’ektga muayyan harakat yoki harakatsizlikni bajarish mas’uliyatini yuklaydi. Qonun osti hujjatida sub’ektlarga nisbatan o’rnatilgan majburiyatlar huquqiy munosabat ishtirokchisidan unga bo’ysunishni talab etadi. Qonun osti hujjatlarida ifodalanadigan yuridik majburiyat ta’qiqlangan xatti-harakatlarni sodir etishdan tiyilish yoki muayyan xatti- harakatlarni sodir etishda ifodalanadi. Majburiyatlar bajarilmasligi natijasida majburlov choralari kelib chiqishi mumkin. Masalan, Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan qarorning mahalliy hokimiyat organi mansabdor shaxsi uchun taalluqli bo’lgan qismining shu shaxs tomonidan bajarilmasligi unga nisbatan kamida “Xayfsan” shaklidagi intizomiy jazo chorasi qo’llanilishi uchun asos bo’ladi.
Qonun osti hujjatlari qonun hujjatlari singari davlat ro’yxatidan o’tkazishn i talab qiladi. Davlat ro’yxatidan o’tkazilgan normativ-huquqiy hujjatlar o’zining rasmiy kuchiga ega bo’ladi. Ro ’yxatdan o ’tmasdan hujjatni kuchga kiritish mumkin emas.

Download 46,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish