Bo’lim. Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida ta’limning me’yoriy-huquqiy asosi sifatida qonunosti hujjatlari


O’zbekiston Respublikasi davlat boshqaruv organlarining qonun osti



Download 46,39 Kb.
bet4/6
Sana04.06.2022
Hajmi46,39 Kb.
#634735
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-maruza

O’zbekiston Respublikasi davlat boshqaruv organlarining qonun osti

hujjatlari
Qonun osti hujjatlari davlat boshqaruv organlari tomonidan ham qabul qilinadi. Boshqaruv organlariga O’zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralar hamda viloyat, tuman va shahar hokimliklari kiradi. Mazkur organlar boshqaruv siyosatini olib boruvchi tuzilmalar sifatida o’zlaridan yuqori turuvchi organlarning normativ-huquqiy hujjatlari ijrosini ta’minlaydi. Ijroni ta’minlash jarayonida o’zidan quyi turuvchi organ faoliyatini boshqarib turadi.
Vazirlar Mahkamasi konstitutsiyaviy normalar doirasida va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasining butun hududidagi barcha quyi turuvchi davlat organlari, korxonalar, muassasalar tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan qarorlar chiqarish huquqiga ega.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari asosida va ularni ijro etish va quyi organlarga farmoyish berish maqsadida chiqariladi.
Vazirlar Mahkamasining qarorlari O’zbekiston Respublikasining Prezidenti, Bosh Vazir, Bosh Vazir o’rinbosarlari topshirig’i asosida hamda davlat organlari va boshqa tashkilotlar tashabbusi bilan ularga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida ham ishlab chiqiladi.
Vazirlar Mahkamasi samarali iqtisodiy, ijtimoiy, moliyaviy, pul-kredit siyosati yuritilishi, ilm-fan, madaniyat, ta’lim, sog’liqni saqlash hamda iqtisodiyotning va ijtimoiy sohaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirish, fuqarolarning iqtisodiy, ijtmoiy va boshqa huquqlarini hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlari bo’yicha normativ-huquqiy hujjatlar chiqaradi. Umuman 2019 yil 10 dekabrdagi O’RQ-591-sonli “O’zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi to’g’risida”gi qonunga ko’ra, o’z vakolatlari doirasida normativ -huquqiy hujjatlar qabul qilinishi mumkin. Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy hujjat xususiyatiga ega bo’lgan qarorlari quyidagi masalalar bo’yicha qabul qilinadi:

  • hududlar, kommunikasiyalar va mudofaa sanoatini rivojlantirish;

  • makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o’zgarishlar, moliya-bank tizimi va xususiy tadbirkorlik;

  • investisiya va xalqaro iqtisodiy aloqalar;

  • ijtimoiy rivojlanish;

  • FHDYO organlari faoliyati, ayollar va oilalarni qo’llab-quvvatlash;

  • yoqilg’i-energetika va sanoat asosiy tarmoqlarini rivojlantirish;

  • agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish;

  • telekommunikasiya, IT-texnologiyalar va innovasiyalarni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash;

  • yoshlar siyosati, madaniyat, ma’naviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va j amoat tashkilotlari.

Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy shakldagi qarorlari “O’zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to’plami”da, “O’zbekiston Respublikasi qonu n hujjatlari to’plami”da, “Xalq so’zi”, “Narodnoe slovo” gazetalarida va O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinadi. Zarur hollarda boshqa ommaviy axborot vositalari orqali aholi e’tiboriga yetkaziladi.
Vazirliklar, davlat qo ’mitalari va idoralar Konstitutsiya va qonunlar, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida tegishli hujjatlar qabul qilishga vakolat berilgan bo’lsa, normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishlari mumkin. Ularning qonun osti hujjatlari qaror va buyruq shaklida chiqariladi.
Normativ-huquqiy hujjat xarakteriga ega bo’lgan buyruqlar vazirlar tomonidan yoki idora nomidan qarorlar qabul qilish yakka tartibda amalga oshiriladigan idoralar rahbarlari tomonidan qabul qilinadi.
Normativ-huquqiy hujjat xarakteriga ega bo’lgan qarorlar davlat qo’mitalari yoki idora nomidan qarorlar qabul qilishni ushbu idoraning kollegial organi amalga oshiradigan idoralar tomonidan qabul qilinadi.
Normativ-huquqiy hujjatlar vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralar tomonidan qo ’shma qarorlar tarzida ham qabul qilinadi. Bunday qo’shma qaror uni imzolagan vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralar hamda ularning tarkibiy bo’linmalari va hududiy organlari uchun amal qiladi.
Vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlar bilan bog’liq holatlarda quyidagi xususiyatlari ko’zga tashlanadi:

  • vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning tarkibiy bo’linmalari va hududiy organlari normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish vakolatiga ega bo’lmaydi;

  • vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralar qayta tashkil etilganda ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish, ularning amal qilishini to’xtatib turish va tugatish vakolatlari ham o’tadi;

  • vazirlik, davlat qo’mitasi va idora tugatilgan yoki unga tegishli normativ - huquqiy hujjatlarni qabul qilish huquqini huquqiy vorisga bermasdan qayta tashkil etilgan taqdirda, ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish, ularning amal qilishini to’xtatib turish va tugatish vakolatlari yuqori turuvchi yoki boshqa vakolatli organga o’tadi;

  • vazirlik, davlat qo’mitasi yoki idora nomi o’zgarganda normativ -huquqiy hujjatning nomga oid qismi ham o’zgartirilishi kerak;

  • vazirlik, davlat qo’mitasi yoki idora maqomining o’zgartirilishi ular tomonidan ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar amal qilishining tugallanishiga olib kelmaydi.

Vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralardan keyingi o’rinda mahalliy davlat hokimiyati organlari turadi. Ular davlat boshqaruvidagi normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish vakolatiga ega bo’lgan eng quyi davlat tuzilmalaridir.
Mahalliy davlat hokimiyati organlariga viloyatlar, tumanlar va shaharlar (tumanga bo’ysunadigan shaharlardan tashqari) hokimiyatlari kiradi. Ularning hokimlari ijroiya hokimiyatga boshchilik qiladi. Viloyat, tuman, shahar hokimlari o’z vakolatlari doirasida qaror shaklidagi normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi. Xalq deputatlari Kengashlari hokimiyatning vakillik organlari bo’lib, ular davlat va fuqarolarning manfatlarini ko’zlab o’z vakolatlariga taalluqli masalalarni hal etadilar.

Download 46,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish