Bo’lim. Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida ta’limning me’yoriy-huquqiy asosi sifatida qonunosti hujjatlari



Download 46,39 Kb.
bet2/6
Sana04.06.2022
Hajmi46,39 Kb.
#634735
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-maruza

Qonun osti hujjatlarining hudud bo’yicha amal qilishi uni qabul qilgan organning yurisdiksiyasi bilan belgilanadi. Hujjatni qabul qilgan organ uning hudud bo’yicha amal qilish doirasini cheklashi ham mumkin.
Qonun osti hujjatining amal qilish muddati, uning matnida boshqacha tartib belgilanmagan bo’lsa, cheklanmagan tarzda amal qiladi. Uni ng amal qilishi butun hujjat yoki qismlari uchun belgilanishi mumkin. Bunday holatda muddatning amal qilish davri yoki qanday hodisa ro’y berguncha o’z kuchini saqlab qolishi hujjatda o’z aksini topishi lozim. Hujjatning amal qilishini uni qabul qilgan org an yoki undan yuqori turuvchi organ to’xtatib qo’yishi mumkin.
Qonun osti hujjatlari O’zbekiston Respublikasining fuqarolari, Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga nisbatan amal qiladi. O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lsa, xalqaro shartnoma qonun osti hujjatlaridan ustun huquqqa ega bo’ladi.
Qabul qilingan qonun osti hujjatlariga ijtimoiy munosabatlarga muvofiq o’zgartishlar kiritilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Ilgari qabul qilin gan hujjatlar yoki ularning qismlari yangi huquqiy qoidalarga zid kelsa yoki yangi hujjat bilan qamrab olinsa yoxud amalda o’z ahamiyatini yo’qotsa o’z kuchini yo’qotgan deb topiladi. Qonun osti hujjatlarning ijrosini tashkil etilishi uni qabul qilgan va undan quyida turuvchi organ tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek hujjatni qabul qilgan organ yoki mansabdor shaxs uning ijrosini va nazorat qilishni o’z zimmasida qoldirishi ham mumkin.
Qonun osti hujjatlari yuqori turuvchi organning hujjatlari ijrosini ta ’minlash maqsadlarida ham qabul qilinadi. Masalan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari ijrosini ta’minlash maqsadlarida Vazirlar Mahkamasi tomonidan qarorlar qabul qilinishi yangilik emas. Shu tartibda Vazirlar Mahkamasining qarorlari bo’yicha vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning, hamda mahalliy hokimiyat organlarining ijroga qaratilgan qonun osti hujjatlari qabul qilinishi mumkin.
Qonun osti hujjatlarining xususiyatlarini umumlashtiradigan bo’lsak, quyidagilar kelib chiqadi:

  • qonun osti hujjatlari uni qabul qilishga vakolatli bo’lgan davlat organi yoki mansabdor shaxs tomonidan qabul qilinadi;

  • vakolatli davlat organi yoki mansabdor shaxs qonunda belgilangan vakolatlarni qonun osti hujjatlari yordamida amalga oshiradi;

  • qonun osti hujjatlari Konstitutsiya va qonunlarga mos kelishi lozim;

  • Konstitutsiya va qonunlarga mos kelmaydigan qonun osti hujjatlari yuqori turuvchi organ yoki Konstitutsiyaviy sud tomonidan bekor qilinishi mumkin;

  • qonun osti hujjatlari serqirra bo’lganliklari sababli turli mezonlar asosida tasniflanadi;

  • qonun osti hujjatlari huquqiy munosabat ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini o’zida ifoda etadi;

  • qonun osti hujjatlarida o’rnatilgan qoidalar davlat tomonidan himoyalanadi;

  • qonun osti hujjatlari O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari asosida, ularni ijro etish uchun qabul qilinadi va h.k.

Qonun osti hujjatlari uni yaratuvchi sub’ekt, hujjatning yuridik kuchi, nomlanishi va boshqa asoslarga ko’ra farmon, qaror, buyruq shaklida ishlab chiqiladi.
O’zbekiston Respublikasida qonunlardan farqli ravishda, qonun osti hujjatlari qisqa muddatlarda ishlab chiqiladi va qabul qilinadi. Shuningdek qonun osti hujjatlari umumiy huquqiy normalarni o’rnatish bilan cheklanmasdan, uning normalarida sub’ektlar uchun vakolatlar ham belgilanishi mumkin.

  1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qonun osti hujjatlari

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ko’ra, davlat boshlig’i hisoblanadi. U Konstitutsiya va qonunlarga asoslanib hamda ularni ijro etish yuzasidan respublikaning butun hududida majburiy kuchga ega bo’lgan farmonlar, qarorlar va farmoyishlar qabul qiladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari qonun osti hujjatlari ichida yuridik kuchi bo’yicha ustun turuvchi hujjatlar sanaladi.
Prezident farmonlari ijroiya hokimiyati tizimida eng yuqori kuchga ega bo’lgan qonun osti hujjati bo’lib, an’anaga ko’ra qonundan keyingi o’rinda turadi. Farmon Prezidentning Konstitutsiyada belgilangan vakolatlarini amalga oshirish hujjati hisoblanadi. Uning qonundan farqli jihatlari mavjud. Prezident tomonidan qabul qilingan farmonni qonun bilan bekor qilish mumkin emas. Jumladan Prezident Bosh Vazir taqdimiga binoan Toshkent shahar hokimini lavozimiga farmon bilan tayinlasa, uni qonun bilan bo’shatib yuborish mumkin emas. Chunki qonun alohida olingan shaxsni hokim lavozimiga tayinlash maqsadlarini o’z ichiga olmaydi. Agarda biror qonun bilan bu ish amalga oshirilsa ham u Konstitutsiyaga muvofiq kelmaydi. O’z navbatida Konstitutsiyada qonun bilan tartibga solish nazarda tutilgan masala bo’yicha farmon chiqarish mumkin emas.

Download 46,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish