GEN-ATROF-MUHIT O’ZARO TA’SIRI
Qanday qilib gen va atrof-muhit bir-biriga ta’sir qiladi.
Bizning shaxsiyatimiz faqatgina genlarimizning mahsuli ekanligini taxmin qila olamizmi? Yo’q, chunki gen va atrof-muhit, tabiat va tarbiya xuddi ikki qo’lning qarsagi kabi birga ishlaydi.
Bizning o’xshashliklarimiz ichida eng muhimi – turlarimizning xarakterli tamg’asi – bu bizning ulkan moslashuvchanlik imkoniyatimizdir. Ba’zi inson fe’l-atvori ikki ko’zga ega bo’lish kabi har muhitda hayolan bir xil rivojlanadi. Ammo boshqa fe’l-atvorlar aynan maxsus muhitlarda ifodalanadi. Yozda yalangoyoq yurib siz qattiqlikni rivojlantirasiz, qadoq oyoqlar – ishqalanishga moslashgan biologik holatdir. Ayni paytda sizning qo’shningizning taqasi – yangi kelgan odam bo’lib qoladi. Ikkingiz orangizdagi farq, albatta atrof-muhitning natijasidir. Lekin bu shuningdek biologik mexanizmning mahsuli – moslashish hamdir. Bizning bo’lishgan biologiyamiz bizning rivojlangan farqimizni osonlashtiradi (Buss, 1991).
Genlar – o’z-o’zlarini tartibga soluvchilardir. Vaziyatga qaramasdan bir xil natijaga olib boruvchi andazadek harakat qilgandan ko’ra genlar reaksiyaga kirishadi. Afrikaning yozdagi yashil xonqizisi kuzda jigarrangga aylanadi. Haroratni nazorat qiluvchi genetik o’zgarishdan mamnun holda ayrim vaziyatda jigarrangni ishlab chiqaradigan genlar boshqa vaziyatda yashilni ishlab chiqaradi. Shunday qilib, aynan bir xil, lekin turli tajribali odamlar bir-biriga o’xshash fikrlarga ega bo’ladi, lekin aynan emas. Bir egizak o’zining sherigining sevgisidan mutlaqo o’zgacha tarzda sevib qolishi mumkin.
Bizdan xarakterimiz ko’proq genlarimizning mahsulini yoki atrof-muhitnikimi deb so’rash xuddi dalaning hududi ko’proq uzunlikning mahsulimi yoki kengliknikimi deb so’rash kabidir. Shunga qaramay biz turli xil dalalarning turli xil hududlari ko’proq ularning kengligi va uzunligining farqining natijasimi deb so’ray olamiz. Va shuningdek insonning insonga xarakteri farqlari ko’proq tabiat tomonidanmi yoki tarbiya tomonidanmi deb so’ray olamiz.
Genlar va hayotiy tajribaning ikkalasi ham muhim deb aytish - to’g’ri. Lekin ko’proq anig’i, ular o’zaro ta’sir ko’rsatadi. Tasavvur qiling, ikkita chaqaloq: biri irsiy beg’am, kirishuvchan va jozibali, boshqasi esa kamroq. Taxmin qilamizki, birinchi chaqaloq mehribonlikka va rag’batlantiruvchi parvarishga ko’proq erishadi ikkinchisidan ko’ra va hayotda do’stona, dilkash inson sifatida rivojlanib boradi. Ikkalasi ham o’sib borarkan, tabiiy do’stona bola keyinchalik ko’proq ijtimoiy dadillikni rag’batlantiruvchi mashg’ulotlar va do’stlarni qidiradi.
Ularning natijaviy shaxsiy farqlariga nima sabab bo’lgan? Irsiyat ham, tajriba ham yolg’iz mos kelmaydi. Atrof-muhit genlarning ish-harakatiga sabab bo’ladi. (olimlar hozir qachon maxsus genlar oqsil yaralishiga sabab bo’lishiga atrof-muhitning ta’siri ustida tadqiqot olib borishyapti). Bizning irsiy ta’sirlangan xususiyatlarimiz boshqa raqsdagi hamrohimiz – shuningdek boshqalardagi muhim javoblarni chaqiradi. Shu sababli bolaning ta’sirchanligi va tajovuzkorligi sinfdagi namunali bolaga nisbatan iliq muomalada bo’lgan o’qituvchining jahldorona javobi bo’lishi mumkin. Ota-onalar ham o’zlarining bolalariga turli xil munosabatda bo’lishi mumkin: biri jazolanadi, boshqasi esa yo’q. Bunday holatda bolaning tabiati va ota-onaning tarbiyasi o’zaro ta’sir ko’rsatadi. Birortasi ham alohida harakat qilmaydi. Irsiyat va makon birga mos tushadi.
Esga soladigan bog’lanishlar bizga tushuntirishga yordam beradi. Nega aynan bir xil turli oilalarda voyaga yetkazilgan egizaklar ota-onalarining iliq munosabatini ajoyib o’xshashlik sifatida eslaydi – deyarli aynan bir xil ota-onalarda bo’lgani kabi (Plomin 1998, 1991, 1994). Do’stona egizaklar o’zlarining ilk oilaviy hayotlaridagi ajralib turuvchi eslatishlariga ega bo’ladi – hattoki bir xil oilada voyaga yetgab bo’lsa ham! “Bolalar bizda turli xil ota-onalardek tajriba qoldiradi, o’zlarining sifatlariga bog’liq holda”, deb qayd qilgan Sandra Skar (1990). Bundan tashqari saralash natijasi ishda bo’lishi mumkin. Yoshimiz o’tgani sayin biz atrof-muhitni bizning tabiatimizga mos kelishiga qarab tanlaymiz.
Shunday ekan, ilg’or tushuncha jihatidan, bizning irsiy mayl va bizni qurshab turgan atrof-muhit orasidagi o’zaro bog’liqlik pog’onasining mahsulimiz.
Xususiyatlarimizga bog’liq holda biz aniq ravishda atrof-muhitni tanlaymiz. Va biz o’zimizning tabiatimizdan reaksiya uyg’otamiz. Shu sababli bizning irsiyat odamlar qanday munosabatga kirishishi va bizga ta’sir ko’rsatishiga ta’sir qiladi.
Biologic xususiyatlar ijtimoiy natijalarga ega. Shunday ekan, tabiat tarbiyaga xilof ekanligini unuting, tabiat orqali tarbiyani o’ylang. [8] [3]
Egizklar usuli o’xshash belgilarning egizaklarda rivojlanib borishini o’rganishdan iborat. Ma’lumki, odamda egizaklar ikki xil bo’ladi. Ba’zi hollarda bir emas, balki ikkita (kamdan kam hollarda uchta va hatto to’rtta) tuxum hujayra urug’lanadi. Egizaklar bitta tuxum hujayradan va har xil tuxum hujayradan rivojlanadi. Bitta tuxum hujayradan rivojlangan egizaklar bir jinsli va bir-biriga nihoyatda o’xshash bo’ladi. Bu tushunarli albatta, chunki ular bir xil genotipga egadirlar. Ular o’rtasida tafovutlar esa faqat muhit ta’siriga bog’liq bo’ladi. Har xil tuxumdan rivojlangan egizaklar egizakmas aka-uka yoki opa-singillardek bir-biriga o’xshash, bir xil yoki har xil jinsli bo’ladi. Egizaklarni o’rganuvchi fan – gemellologiya hisoblanadi.[9] [3]
Tabiiy saralash mexanizmi: Tabiiy saralash jarayonida mutatsiya, ya’ni organizmlarning moslashuv jarayoni mustahkamlanadi. Tabiiy saralashni odatda “aniq-ravshan” mexanizmlar Psixologiya – (qadimgi grek tilidan olingan bo’lib, qalb to’g’risidagi fan degan ma’noni anglatadi)- inson, ruhiyati va ruhiy faoliyatining rivojlanishi vazifa va qonunlarini yaratilishini o’rganadigan fan. U ijtimoiy va tabiiy fanlar bilan yondashadi. U o’z ichiga psixologiyaning asosini, ma’lum bir faktlarini , mexanizmini va insonni va odamlar guruhini psixologik faoliyatini oladi.
1) Organizmlar yashab qolishidan ko’ra ko’proq avlod qoldiradi.
2) Bu organizmlar populatsiyasida nasldan naslga o’tadigan o’zgaruvchanlik mavjud
3) Genetik xususiyatlarga ega bo’lgan organizmlar kopayish va yashab qolishi turli darajada.
Ushbu yuz yillik boshida, CHarlz Darvinning evolyusiya nazariyasi ta’sirining oshib borgani sari, barcha xulq turlarini instinktlar ko‘rinishida tasniflash qabul qilindi. Agar insonlar o‘zlarini tanqid qilishsa, bu ularning “o‘zini-o‘zi kamsitish instinkti” oqibatida sodir bo‘lgan. Agar ular maqtansalar, bu ularning “o‘z shaxsini namoyon qilish instinktini” aks etgan. Sotsiologlardan biri, besh yuz kitobni ko‘rib chiqib, 5759 ta ehtimoldagi odam instinktlaridan iborat ro‘yxat tuzgan edi! Har bir xulqga o‘z instinktini belgilash bilan bog‘liq intilish alaqachon o‘z og‘irligi ostida yo‘q bo‘lib ketgan. Bu shuning uchun yuz berdiki, birinchi nazariyachi-instinktshunoslar insonning xulqini tushuntirmasdan, unga faqat nom berish bilan mashg‘ul bo‘lgan. Ushbu jarayon aqlli bolaga “darslarni o‘zlashtira olmaydigan” nom berib, uning past baholarini “tushuntirishni” eslatib turgan. Xulqni nomlash, uni tushuntirib berish degani emas.
Instinkt sifatida tasniflash uchun majmuaviy xulq ushbu tur orasida turg‘un modelga ega bo‘lishi va orttirilmagan bo‘lishi kerak (Tinberg, 1951). SHunga o‘xshash xulq hayvonot olamining boshqa turlari vakillariga xos (qushlardagi imprintingini (hotirada saqlab qolish) va lososning uvuldiriq sochish uchun o‘z joylariga qatishini esga oling). Insonning xulqida ham tug‘ma moyilliklar, shu jumladan go‘dakdagi emish va harakatlanish reflekslari kabi oddiy turg‘un modellar namoyon bo‘ladi. Biroq, ko‘pchilik psixologlar insonning xulqi fiziologik ehtiyojlarga va ruhiy intilishlarga bog‘liq deb hisoblaydi.
Instinkt nazariyasi odam harakatidagi sabablarni tushuntirib berishning uddasidan chiqmagan bo‘lsada, ammo uning asos bo‘ladigan farazi – genlari ushbu tur uchun xos bo‘lgan xulqni ta’minlaydi – bu esa juda ham muhim. Buni biz bizning ma’lum bir yoqtirmaydigan narsalarni o‘zlashtirishga bo‘lgan biologik moyilligimiz to‘g‘risida keying boblardagi baxsdan ko‘rdik hamda kelgusida ham o‘zaro yordam berishga, bizning xayolparast qiziqishimiz va jinsiy farqlarimizga qaratilgan xulqqa evolyusiya qanday ta’sir qilishi mumkinligini muhokama qilishda kuzatamiz...... [10] [3]
Instinktlar – hayvoning tabiiy ehtiyojlarini qondirish uchun qiladigan murakkab tug‘ma harakatlaridir. Qushlar juda ustalik bilan in yasar ekanlar, material tanlash va inni pishiq qilib qurish yo‘lida xilma-xil harakatlarni bajaradilar. Masalan, qaldirg‘ochlarning in qurishi, Kalyushka deb ataluvchi baliqning erkagi suv tagida erdan chuqurcha kovlab, uni mayda suv o‘simliklari bilan to‘sadi, inning yon devorini quradi va ustini berkitadi buni u yiriqroq o‘simliklardan o‘z tanasidan elimsimon modda chiqarib yasaydi. SHundan keyin erkak baliq urg‘ochi baliqni urug‘ qo‘yish uchun haydab kirgizadi va to urug‘dan baliqchalar ochib chiqqunga qadar in atrofini qo‘riqlab turadi. Rus zoopsixologi V.A.Vanger (1849-1934) urg‘ochi o‘rgimchakning nomaqul bo‘lib qolgan instinktlari sharotida uning xatti-harakatlarini kuzatgan va tasvirlab bergan edi. Chunonchi, ko‘pincha o‘rgimchak pillasining ichidagini zararkunandalar eb ketgan bo‘ladi. Lekin urg‘ochi o‘rgimchak bo‘shab qolgan pillani qo‘riqlashda va u yoqdan-bu yoqqa ko‘chirishda davom etadi. SHunday hollar ham bo‘ladi-ki, urg‘ochi o‘rgimchak pillani yasab va odatda tuxum qo‘yish chog‘ida bajariladigan harakatlarni bir necha marta takrorlab, amalda tuxum qo‘ymasligi ham mumkin. SHunday bo‘lsa-da, u kelgusi bosqichga, ya’ni bo‘sh pillani qo‘riqlashga va uni u yoqdan – bu yoqga ko‘chirishga o‘tadi. Asalarilar reaksiyasining maqsadga muvofiqligi ham nisbiydir. Agar mumkatakning orqa tomoni teshib qo‘yilsa, asalari yaroqsiz uyaga ma’lum miqdordagi shirani to‘kib bo‘lgach, garchi uning ikkinchi tomonidan shira oqib ketadigan bo‘lsa ham mum bilan berkitib ketadi. Fransuz tadqiqotchisi K.Fabri er arisining bir qolipdagi maqsadga muvofiq bo‘lmagan xatti-harakatini kuzatgan edi. Er arisi uyasining oldiga chalajon chigirtkani keltirib, barcha arilar singari uyasini tekshirish uchun kirib ketganida tadqiqotchi uning o‘ljasini yiroqqa surib ko‘yadi. Ari uyasidan chiqib, uni izlab, shoshib yana uyasining oldiga qo‘yadi va tekshirish uchun yana uyasiga kirib ketadi. Fabri arining uyasi oldidan chigirtkani qirq marta chetga surib qo‘yadi va ari qirq martasida ham o‘ljasini topib, uni olib kirish uchun uyasini tekshirgan. Bu misollar instinktning cheklanganligini ko‘rsatadi. Instinktiv harakatlar muayyan shart-sharoitlarga qat’iy bog‘liq bo‘ladi. Instinktning amal qilish mexanizmi shundan iborat-ki, tashqi shart-sharoitlar reflektor munosabatni bildirishga undaydi, eng oxirida esa navbatdagi munosabat bildirish uchun qo‘zg‘aydi va hokazo. Shu tarzda reflekslarning butun bir zanjirini harakatga keltiradi va nasliy yo‘l bilan mustahkamlangan dasturni amalga oshiradi. Instinktiv harakatlar standart shart-sharoitlar o‘zgarishi bilanoq o‘zining maqsadga muvofiqligini yo‘qotadi. SHunday qilib, xatti-harakatlarning instinktiv shakllari faqat doimiy sharoitlardagina maqsadga muvofiqdir.
Hayvonlarning instinktlari turli xil ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Ovqatlanish instinkti – hayvonlarning o‘zi va bolasi uchun ovqat qidirib topish, ovqat g‘amlash harakatlaridir.
Himoyalanish instinkti – hayvon o‘z hayotini va omonligini saqlash harakatlarida ifodalanib, u ikki ko‘rinishda sodir bo‘ladi. Birinchisi dushmanga hujum qilish, ikkinchisi o‘zini himoya qilishdir. Har bir hayvon dushmandan himoya qilish uchun biror organidan shoxlari, tuyoqlari, tish-tirnoqlari, tikanlari kabi yoki zaharli-hidli suyuqlikdan foydalanadi. Masalan, Afrika kobrasi o‘z zahrini 3,5 metr masofagacha ota oladi. Amerikada terisining usti qora jun bilan qoplangan uncha katta bo‘lmagan bir yirtqich hayvon yashaydi. U amalda barcha turdagi yirtqich hayvonlarning hujumidan saqlangandir. Hayvonlar uni orqasidagi uzun chizig‘idan tanib oladi. Bu hayvon skuns deb ataladi. Tabiat skunsga bir bezni ato etganki, u benihoya zaharli, hidli suyuqlik tarqatadi. Salgina xavf tug‘ilishi bilanoq, skuns dushmaniga orqasini o‘girib, dumini ko‘taradi va havoga suyuqlik purkaydi. Natijada eng katta yirtqichlar ham bir necha soat davomida «hushidan ketib qoladi». Amerika qit’asidagi barcha hayvonlar skunsni chetlab o‘tishga harakat qiladilar. Bu hayvonni yangi iqlimga moslashtirishga qaror qilinib, yosh hayvonlarni oldiniga o‘ralgan maydonda saqlashdi. Yirtqichlarni parvarish qilishda xizmatchilar qiynalmas-liklari uchun hayvonlardagi mumak bezlari olib tashlandi. Erkinlikka qo‘yib yuborilgan skunslar o‘rmonlarda bemalol yurishardi. Skunslarga hujum qila boshlanganida, ular qochmasdan, orqalarini o‘girib turishaverdi va dushmanlarining engilgina o‘ljasiga aylanishdi. SHundan keyin, skunslarning bezlari kesib tashlanmay, ularni boqishning boshqa usulari topildi.
Nasl qoldirish instinkti – bu ota-onalik instinkti sifatida ko‘rinib, nasl – avlod uchun g‘amxo‘rlik qilish, uni ma’lum vaqtgacha ovqat bilan ta’min etish, xavf-xatardan saqlash o‘z bolalarini parvarish qilish tug‘ma mahoratiga ega bo‘lib, o‘z naslining kelajagi haqida g‘amxo‘rlik qiladi. Jumladan, o‘rgimchakning ba’zi turlarida urg‘ochilari o‘z tuxumi uchun tolalardan pillalar yasaydi. Bu pillani urg‘ochi o‘rgimchak qo‘riqlab va tez-tez ko‘chirib yuradi, o‘rgimchak bolalari paydo bo‘lishi bilan urg‘ochi o‘rgimchak uyalarini yonidan siljimasdan qo‘riqlab turadi. Nasli kattalashgani sari urg‘ochi o‘rgimchak ham ularga shuncha befarq bo‘la boradi va so‘ngra esa o‘rgimchak bolalari mustaqil harakat qiladigan bo‘lib, qolgandan keyin ularni tashlab ketadi. [2]
To‘da bo‘lib yashash instinkti–bu instinkt hayvonlarning turli usullar bilan o‘zaro aloqa qilishida xilma-xil shaklda birgalashib, to‘dalashib, poda bo‘lib, gala bo‘lib yashashlarida zohir bo‘ladi. Bu to‘dalanish ba’zi hayvonlarda doimiy xarakterga ega bo‘lsa (chunonchi, chumolilar, asalarilar), ba’zilari esa o‘ziga o‘xshash hayvonlar bilan vaqti-vaqti bilan birgalashib yashaydi asosan yirtqich hayvonlar masalan, qoplon eng kuchli va maymun uchun eng qo‘rqinchli yirtqich hisoblanadi. Qoplon maymunlarga erda doim mushukdek chaqqon hujum qiladi, SHimpanze doim kuchli hayvon, lekin qoplondan ularga doim kun yo‘q. SHimpanzelar qoplonni odatda yomon ko‘radilar, uni ko‘rishlari bilanoq shimpanze maymunlari to‘da bo‘lib, vahshiyona bukchayib qo‘llarini pastga tushirib, sakrab, baqirishib hayvonni hamma tomonidan qurshab oladilar. Ayrim hollarda shimpanzelar qo‘llariga kaltak olib, qoplonni urib haydaydilar. Hashoratlar galasi, kushlar galasi, sut emizuvchilar podasi, yirtqichlar to‘dasi, hayvonlarning doimiy to‘da bo‘lib yashash shaklidir.
Ma’lumki, asalarilar uyasida bitta ona ari, bir necha o‘nlab erkak va bir necha yuzlab bepusht ishchi ari (jinsiy organlari etishmagan)lar bo‘ladi. Ishchi arilarning xatti –harakatlari juda ham murakkabdir. Rivojlana borgan sari har bir ishchi asalari uyadagi vazifasini o‘zgartira boradi. Oldiniga u asalari bolalarini (gumaklarini) boqadi, uyani tozalaydi, so‘ngra uyani qo‘riqlaydi, ozuqa topib keladi, katakchalar yasaydi. Erda yashaydigan arining instiktlari ham juda murakkab harakatlar zanjiridan iboratdir. U o‘ziga uya qazib olib, uchib ketishidan oldin har gal uni og‘zini tuproq bilan qoplaydi. O‘ljasini olib kelganidan keyin ari uni uyaga kiraverishiga qo‘yib, haligi tuproqni chetga surib, uyani tekshirib ko‘radi, shundan keyingina uni uyaga olib kiradi. Instinktiv harakatlar, tug‘ma va nasldan-naslga o‘tadigan ongsiz harakatlardir. Ular hayvonlarning hayot uchun kurashish va muhitga eng muvaffaqiyatli uyg‘unlashish jarayonida hosil qilingan holda irsiy yo‘l bilan mustahkamlanib qolgan, ongsiz harakatlardir. Bular aql bilan o‘ylab bajariladigan oqilona harakatlar emas. Masalan, yangi tug‘ilgan sichqon bolalarini cho‘miltirib, mushuk oldiga olib kelinsa, u sichqonni o‘z bolalaridek mehr bilan boqadi, emizadi, himoya qiladi, ammo uni sichqon bolasi ekanligini anglamaydi. O‘rdak tuxumlari tovuqqa bostirilganda, u o‘rdak tuxumining farqiga bormasdan, shu tuxumdan chiqqan o‘rdak bolalarini boqadi, ular suvga tushib suzganlarida suv labida u yoq, bu yoqqa yurib ularning tovuq jo‘jalari emasligini anglamaydi. Demak, instinktlar doimo bir shaklda ko‘rinadigan harakatlardir, ammo instinktlar sharoitga muvofiq o‘zgarishi mumkin. Instinktga asoslangan hulq-atvor – biror bir turga mansub hayvonlarning barchasida bir xil yo‘naltirilgan turga xos bo‘lgan hulq-atvor hisoblanadi. Qoidaga ko‘ra, instinktga asoslangan hulq-atvor biologik maqsadga muvofiqlik bilan belgilanadi va biror turning ma’lum vakilini yoki yaxlit turni yashab qolish imkoniyati bilan ta’minlaydi. Ammo, hayvon hulq-atvori faqat irsiyat tomonidan belgilangan va uning hayoti davomida o‘zgarmasligi haqidagi fikrni juda ham to‘g‘ri deb bo‘lmaydi.[2]
Hayvon hulq-atvorini qo‘zg‘atuvchi va yo‘naltiruvchi **lar ta’sirining biologik mohiyati muntazam bo‘lmasdan, organizm yashash tarzining aniq sharoitlari va muhit xossalariga bog‘liq ravishda o‘zgarib turishi va rivojlanishini ta’kidlab o‘tish lozim. Masalan, agar och qolgan baqa chuvalchanglar bilan oziqlantirilgandan so‘ng oldiga gugurt va bir siqim yo‘sin (mox) qo‘ysak, baqa chuvalchanglarga o‘xshash uzunchoq shaklga ega bo‘lgan gugurtni tutib oladi. Ammo baqa o‘rgimchaklar bilan oziqlantirilsa, u gugurtga e’tibor bermay, yo‘singa tashlanadi. Endi dumaloq shakllar uning uchun ozuqaviy mohiyatni kasb eta boshlaydi.
Taxminan XVII asr o‘rtalarigacha bo‘lgan davrda ko‘pchilik inson va hayvonlar o‘rtasida tanasining ichki tuzilishi va hulq-atvorida, shuningdek, kelib chiqishida ham hech qanday umumiylik bo‘lishi mumkin emasligi haqida fikr yuritgan edi. So‘ngra tana mexanikasining umumiyligi tan olinib, inson psixikasi va hulq-atvori o‘rtasidagi tafovutlar saqlanib qoldi (XVII-XVIII asr.).
1872 yilda CH. Darvin o‘zining «Odam va hayvonlar hissiyotlarining ifodalanishi» kitobini chop ettirdi, bu kitob biologik va psixologik hodisalar o‘rtasidagi aloqani tushunib etishda burilish yasadi. O‘zining bu asarida Darvin evolyusiya tamoyilining hayvonlarning faqat biologik rivojlanishiga emas, balki ularning psixologik, hamda, hulq-atvor rivojlanishiga ham qo‘llanilishi mumkinligini isbotladi. Uning fikriga ko‘ra, hayvon va odam hulq-atvori o‘rtasida umumiylik ko‘pchilikni tashkil etadi. O‘zining bunday nuqtai nazarini u hayvonlar va odamlarda turli emotsional holatlarning tashqi ifodalanishi ustidan olib borgan kuzatishlaridan kelib chiqqan holda asoslab berdi. SHu davrdan boshlab, inson va hayvonlar psixikalarini tadqiq etish ishlari jadallik bilan boshlab yuborildi. Boshlang‘ich davrda Darvinning ta’siri ostida bu ishlar hissiyotlar va tashqi reaksiyalar ustida olib borilgan bo‘lsa, keyinchalik amaliy fikrlash sohasiga ham yoyildi.[2]
XX asrda hayvonlar o‘rtasidagi temperamentlarning alohida tafovutlari tadqiqotchilarda qiziqish uyg‘otdi (I.P. Pavlov), so‘ngra odam va hayvonlar kommunikatsiyasida, hulq-atvorning guruhli shakllarida va bilish mexanizmlaridagi o‘xshashliklarni izlash ishlari boshlab yuborildi.
Inson va hayvonlar o‘rtasida mavjud bo‘lgan tafovutlarni aniqlashdan avval shunga o‘xshash tadqiqotlarning natijalarini bilish pedagog uchun qanchalik ahamiyatga ega ekanligi haqidagi savolga javob topish zarur.
Hayvon psixologiyasi va hulq-atvoriga tegishli barcha mavjud bo‘lganlar egallanishi mumkin bo‘lgan ikki usuldan biri orqali: irsiyat tomonidan berilishi yoki tabiiy bilish jarayonida o‘zlashtirilishi mumkin. Irsiyat tomonidan o‘tkaziladigan belgi va xususiyatlar ta’lim-tarbiyaga bo‘ysunmaydi; hayvonda o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladigan xususiyat odamda ham maxsus ta’lim-tarbiya jarayonisiz yuzaga kelishi mumkin. Insonni o‘rganishda uni hayvonlar bilan qiyoslashtirish orqali bir xilda anatomik va fiziologik kurtaklarning mavjudligida inson o‘z psixologiyasi va hulq-atvorida hayvonga nisbatan yuksakroq rivojlanish darajasiga erishgan ekan, u holda bu yutuq ta’lim va tarbiya orqali ongli ravishda boshqarish mumkin bo‘lgan bilishning natijasidir. SHunday qilib, inson va hayvonlarni qiyosiy psixologik-hulq atvor jihatdan tadqiq etish bolalarga ta’lim-tarbiya berish mazmuni va metodlarini to‘g‘ri, ilmiy asoslangan ravishda aniqlash imkonini beradi.[1]
Insondagi kabi, hayvonlarda ham bilish xususiyatiga ega, ularga olamni oddiy hissiyotlar ko‘rinishida idrok qilib, axborotni eslab qolish imkonini yaratuvchi tug‘ma boshlang‘ich layoqatlar mavjud. Barcha asosiy bo‘lgan his-tuyg‘ular: idrok, ko‘rish, e**ish, sezish, hid va ta’m bilish, teri sezuvchanligi va boshqalar odam va hayvonlarda dunyoga kelishlari bilan tarkib topgan bo‘ladi.
Kupincha biz psixika bilan ongni bir ma`noda ishlatamiz. Bu tugri. Chunki psixikaning yuksak shakli ong bulib xisoblanadi. Lekin psixika insonlarga xam, xayvonlarga xam xosdir, ong esa fakat insonlarga xos xususiyatdir. Shunday ekan, xayvon psixikasi bilan inson ongini bir-biridan fark kila bilmok kerak. Yana shuni kushish kerakki, psixika suzi mantik jixatdan olganda keng ma`noli, ong esa unga nisbatan tor ma`noli tushunchadir.
Inson ongining xayvon psixikasidan asosiy farkini kuyidagilarda kurish mumkin:
Inson xayvonlardan fark kilib uz faoliyatining bulajak natijasini oldindan kura olishi mumkin. Bundan tashkari, kishi uz ishini oldindan rejalashtiradi, uni bajarish uchun eng oson yul, usullarni tanlaydi.
Agar xayvonlar atrofdagi muxitga ongsiz ravishda maslashsalar, inson esa uz extiyojini kuprok darajada kondirish uchun muxitga ongli, rejali ravishda moslashadi. Bu moslashish mexnat jarayoni orkali buladi.
Inson shuning uchun uz faoliyatini rejalashtiradiki, oldindan kura biladiki, chunki u nutkka egadir. Uning nutkka ega bulishi xayvonlardan ajratib turuvchi ikkinchi muxim farkidir. Doimo boshkalar bilan munosabatda bulish, kitob ukish, ishlab chikarish madaniyati bilan tanishish, texnikani egallash tufayli inson uz ongini boyitib, ustirib boradi.
Insonning xayvonlardan yana bir muxim farki shuki, u u jamiyat ichida, jamoa ichida yashaydi. Jamiyatda yashamasdan, jamoa a`zolari bilan munosabatda bulmasdan turib inson shaxsi shakllanmaydi.
Insonning ongi mexnat jarayonida, yangi-yangi mexnat kurollarini yasash protsessida usib boradi.Xulosa kilganimizda, psixologiya inson va xayvonga xos bulgan psixik jarayonlarni, ularning paydo bulish yullarini va rivojlanish xususiyatlarini urganadigan fandir. Psixika esa bosh miya va nerv sistemasining maxsulidir. U doim usib, rivojlanib boradi. Psixikaning eng yuksak shakli ong bulib, u fakat insonlarga xosdir. Ong shaxsiy va ijtimoiy shaklda buladi.
Kupgina ukituvchilar uz amaliy faoliyatlarida xamisha shaxsiy tajribalarini va boshkalarning tajribalarini umumlashtiradilar. Lekin, shunday bulsa xam, xar xolda,bunday umumlashtirishlar ilmiy jixatdan etarli asoslangan bulmaydi,ya`ni, boshkacha kilib aytganda, muxim aniklik va teranlik bilan ajralib turmaydi.
Inson psixikasining paydo bwlishi va rivojlanishi masalasi tadkikotchilar oldida turgan eng dolzarb va murakkab masalalardan biridir. Ilmiy-materialistik ta`limotga kwra psixikaning paydo bwlishi materiyaning wzok rivojlanishi natijasidir. Organik va anorganik materiya doimo xarakatda, wzgarishda va rivojlanishda bwladi.
Xayvonlar psixikasining tarakkiyoti masalasi bilan atokli rus psixologi A.I.Leont`ev, zoopsixologlar K.E.Fabri va A.I.Severtsov shugullanganlar. K.E.Fabri eng sodda xayvonlar psixikasi tarakkiyotini ikki boskichga – kuyi va yukori boskichga buladi. Psixik tarakkiyotning kuyi boskichi bir xujayrali, kisman kup xujayrali xayvonlarga xos bulib, bu boskichda psixika primitiv xolatda buladi va xayvon tashki ta`sirlarga sekanuvchanlik bilangina javob beradi. Wsimlik va xayvon shaklidagi barcha tirik organizmlar wz evolyutsiyasining xamma boskichlarida aks ettirishning biologik shakli seskanuvchanlikka ega bwladi. Seskanuvchanlik tirik organizmning biologik ta`sirlarga javob berish kobiliyatidir.
Oddiy seskanuvchanlikni bir xwjayrali xayvonlarda xam kwrish mumkin. Ular muxitning ta`siriga xarakatlanish bilan javob beradilar. Biologik ta`sirlarga organizmning wziga xos xarakatlari bilan javob berish usuliga tropizm yoki taksis deyiladi. Tropizmning bir kancha turi fark kilinadi. Buni kuyidagi jadvaldan kwrish mumkinU`
Tropizm turlari
Fototropizm
|
Tapotropizm
|
Termopropizm
|
«eleotropizm
|
Xemotropizm
|
Barotropizm
|
«idrotropizm
|
|
Kwpxujayrali xayvonlarda kuzgaluvchanlikning yangi shakli- -- – sezuvchanlik mavjuddir. A. A. Leont`evning gipotezasiga kura sezuvchanlik genetik jixatdan olganda seskanuvchanlikning uzidir. U xam muxitning tashki ta`sirlariga javob berish asosida vujudga keladi. Fakat sezuvchanlik seskanuvchanlikka nisbatan yukorirok boskichdir.
K.E.Fabri fikricha, psixik tarakkiyotning ikkinchi boskichi kup xujayrali xayvonlarga xosdir. Kup xujayrali xayvonlarda aks ettirish bir muncha yukori buladi. Bunday xayvonlarga kavakichlilar (gidra,meduza) ni kiritish mumkin. Ular xam bir xujayrali xayvonlar kabi suvda yashaydi. Lekin kavakichlilar uzining tuzilishi jixatdan bir xujayrali xayvonlardan ancha murakkabdir. Ularning murakkabligi xujayralarning bir- biridan fark kilganligidadirU` tanasining tashki kismidagi xujayralar koplagich, ichki xujayralar esa xazm kiluvchi buladi.
Evalyutsiya zanjirining yukorirok pogonasida turgan kup xujayrali xayvonlarda tana tuzulishi xam ancha murakkablashadi, er sharoitiga mos uzgarishlar yuz beradi, turli taassurotlarni aks ettiradigan sezgi organlari vjudga keladi, aks ettirish xam murakkablashadi.
Tugunli nerv sistemasiga ega bulgan xayvonlarda aks ettirish fakat shartsiz reflekslar orkaligina bulmaydi, balki xayot davomida ta`sirlanishning tugma turiga nisbatan ancha yangi, serxarakat shakli – shartli reflekslar xosil bwladi.
Tugunsimon nerv sistemasining murakkabrok shakllari atrofni aks ettirish imkoniyatini oshiradi. Ancha murakkab tugunsimon nerv sistemasiga ega bulganlardan wrgimchaksimonlar va xashoratlarni olish mumkin. Ularning organizmi ancha murakkab tuzilishga ega. Xayvonlarning evolyutsiyasi natijasida ularning retseptorida ajralish (spetsializatsiya) yuz bera boshlaydi. Masalan, kiskichbakaning uzun moylovi – tuygu organi, kaltalari xid biluvchi organlardir.
Asalarida yana xam murakkabrok instinktlarni kwramiz. Ma`lumki bir asalari uyasida tuxum kwyadigan katta ona ari, bir nechta erkak ari va juda kwp ishchi arilar bwladi. Eng murakkab kiliklar ishchi arilarda bwladi. Ular yoshi wzgara borishi bilan oilada turli ishlarni bajaradiU` uy tozalaydi, lichinkalarni ovkatlantiradi, uy kuradi, ovkat yigadi, eshik oldida korovullik kiladi.
Yosh xayvonlar instiktiv xarakatlarini kuzatganimizda ularning xati-xarakatlari xech kanday urgatishsiz yuz berishini, ya`ni ota- bobolarining xarakatlarini uz- uzidan takrorlab ketaverishini kuramiz. Lekin yoshlarning xarakatlari kattlarinikiga nisbatan bir muncha yomonrok buladi. Nasldan utgan xarakatlar pragrammasini anik bajarish asosida va tajribaning ortishi tufayli instinktlar wsib boradi.
Xarakatlarning instinktiv shakli fakat bugimoyoklilarda emas, balki barcha umirtkali xayvonlarda (balik, anfbiya, kush va xashoratlarda) kurish mumkin. Ularda jinsiy, ovkatlanish, ximoyalanish instinktlari kuplab uchraydi.
Shunday kilib xayvonlarning instinktiv xarakatlarini n` guruxga bulish mumkinU`
Ovkatlanish instinkti – xayvonlarning uz va bolasi uchun ovkat kidirib topish, ovkat gamlash xarakatlari.
Ximoyalanish instinkti - xayvonning uz xayotini va omonligini saklash xarakatlarida ifodalanib, u ikki kurinishda sodir bulishi mumkin. Birinchisi, dushmanga xujum kilish, ikkinchisi , uzini ximoya kilish. Xar bir xayvon uzini dushmandan saklash uchun biror organidan ( shoxlari, tuyoklari, tish- tirnoklari, tikonlari kabi ) yoki zaxarli suyuklikdan foydalanadi.Masalan, afrika kobrasi uz zaxarini q,o` m masofaga ota oladi.
Nasl koldirish instinkti. Bu ota –onalik instinkti sifatida kurinib nasl- avlod uchun gamxurlik kilish, uni ma`lum vaktgacha ovkat bilan ta`min etish, xav- xatardan saklash, uz bolalarini parvarish kilish tugma maxoratiga ega bulib, uz naslining kelajagi xakida gamxurlik kiladi.
Tuda bulib yashash instinkti. Bu instinkt xayvonlarining turli usullar bilan uzaro aloka kilishida,xilma –xil shaklda birgalashib, tudalashib, poda bulib, gala bulib yashashlarida zoxir buladi.
Yukori darajadagi xayvonlarda birinchi urinda yangi, bir muncha plastik, ya`ni sharoitga karab uzgara oladigan xatti-xarakatlar chikadi. Ular olamni ancha keng aks ettirish imkoniyatini beradi. Xayvonlar tarakkiyotining kanchalik yukori boskichida tursa ular turli muvvakat boglanishlarni shunchalik tez xosil kiladilar.
Olamni aks ettirishning bundan keyngi boskichi individual xayot tajribalari asosida xosil kilingan bir muncha murakkab, shu bilan birga,plastik xarakatlar tufayli buladi. Individal plastik xarakatlar uchun muxitni, shu paytdagi sharoitni analiz va sentiz kilish xosdir.
Ayniksa sut emuzuvchilar sharoitni ancha yaxshi taxlil kila oladilar va uzgargan muxitga uz xarakatlarini moslashtira oladilar. Yukori darajadagi xayvonlarda instinktiv xarakat bilan bir katorda tez uzgaruvchan individual xarakatlar – malakalar va faxm bilan alokador xarakatlar xam mavjud buladi.
B. Keller maymunning xarakatlarini batafsil kuzatib «`Yukori darajada tashkil topgan xayvonlar sharoitni analiz kilish asosida faxm bilan alokador xarakatlar kila oladi»` degan xulosaga kelgan. Keyinchalik amerika psixologi Ierks, avstriya psixologi K.Byuler, gollandiyalik psixolog Boytendayk xam maymunlar bilan tajribalar utkazib yukoridagi fikrni tasdikladilar.
Xayvonlardagi faxm bilan alokador xarakatlarni urganish masalasi bilan rus olimlari xam shugullangan. Bu ishni dastlab zoopsixolog-darvinist olim V.A.Vagner boshlab bergan edi. Keyinchalik esa I.P.Pavlov, N.N.Ladigina-Kots, N.Yu.Voytonis, «.Z.Roginskiy, L.S.Vigotskiy, A.N.Leont`ev kabi olimlar bu ishni davom ettirdilar. Ayniksa Ladigina-Kotsning shimpanze bolasi bilan psixikasining rivojlanishi ustida utkazgan tadkikotlari butun jaxonga mashxurdir.
Rus olimlarining kalamushlar, tovuklar, karga, it va maymunlar ustida olib borgan tadkikotlari xayvonlarda psixikaning rivojlanish boskichlari, ularda kunikmalar xosil bulishi va faxm bilan alokador xarakatlar kila olishini bilishda juda katta axamiyatga ega buladi.
Odamsimon maymunlar kuplab faxm bilan alokador xarakatlar kila olishda boshka xayvonlar ichida aloxida urinda turadi. Masalan, odamsimon maymunlarning bir turi primatlar boshka sut emizuvchi xayvonlarga karaganda fakat ovkat manbalarinigina emas, balki xamma turdagi narsalarni timirskilab, tekshirib kurishga juda ustadir. Bunday kizikishni I.P.Pavlov «`sabotli»`, «`begaraz kizikuvchanlik»`, «`sinchkovlik impul`si»` deb atagan edi.
Maymundagi ana shu xususiyat, buning ustiga ularda kuzning yuksak darajada tarakkiy kilganligi ularning idrok doiralarini bekiyos ravishda kengaytiradi, tajriba boyliklarini nixoyada oshirib yuboradi va kunikmalarning tarkib topishida, murakkab xarakat shakllarining vujudga kelishida boshka xayvonlarga karaganda unga keng imkoniyatlar yaratadi.
Boshka xayvonlarga karaganda maymunlarda tekshirish refleksining kuchliligi ulardagi kul tipidagi oyokning mavjudligidir. Chunki ular «`kul»` yordamida tevarak-atrofdagi narsalar bilan juda murakkab munosabatlarga kirishish imkoniyatiga egadir. Shuning uchun ularda boshka xayvonlarda bulmagan vaktli boglanishlar kuplab xosil buladi.
Xayvonlar xam uzaro munosabatda buladilar va bir-birini tushunadilar. Xatto ganglioz nerv sistemasiga ega bulgan xayvonlar xam katta-katta galaga uyushib xayot kechiradi.
Chumolilarning tili yanada murakkabdir. Olimlarning utkazgan tadkikotlaridan ma`lum bulishicha, chumolilar bir-birini juda yaxshi tushunar ekan. Bunda ular topgan uljasi, xavf – xatar va boshka kup extiyojlari xakida bir-birini xabardor kiladi.
Xush, ular kanday kilib gaplashadiW Kupchilik olimlar chumolilarning uzaro aloka kiladigan asosiy tili – kimyoviy til bulsa kerak, deyishadi. Chumolilar kaysi tomonga yurishini, xavf-xatarni va boshka signallarni xidli modda chikarish bilan ma`lum kiladi. Kimyoviy signallar chumolilarning bir-biri bilan aloka kilish yullaridan biri xolos. Umuman olganda, bu xashoratlarning «`nutki va aloka vositalari xilma-xil»`.
«anlioz nerv sistemasiga ega bulgan xayvonlarning turli kiyofada turishlari, tovush signallari , xid tarkatishlari, xar xil usulda suykalishlari ularda til vazifasini utaydi.
Xasharotlarning tudadagi yalpi xatti –xarakatlari maksadga muvofikligi va uygunligi bilan kuzatuvchini xayratda koldiradi. Lekin ularning bu xarakatlari negizida axborot oluvchi xayvonlarning bir xildagi reaktsiyalari yotadi. Ularning reaktsiyalarida zarracha xam anglash, axborotlarni kayta ishlash xollalarini mutlako uchratmaymiz.
Xayvonlar tili kanchalik murakkab va xilma-xil bulmasin, ular bir-birini kanchalik yaxshi tushunmasin, xayvonlar «`tili»` da bitta eng muxim narsa etishmaydi, u xam bulsa xayvonlar tili tajriba almashish va uz tajribasini keyingi avlodga meros kilib berish vositasi bula olmaydi.Ana shunisi balan xayvonlar tili insonlar tilidan tubdan fark kiladi.
Yukoridagilardan kurinib turibdiki, psixikaning tarakkiyoti nerv sistemasining tarakkiyoti bilan chambarchas boglik ekan. Odamning nerv sistemasi esa bosh miya va uning kobik kismi shakllanganligi bilan belgilanadi va unda psixikaning eng yuksak kurinishi – ongning paydo bulganligini kursatadi.
Inson psixikasi xayvon psixikasidan uzining kuyidagi xususiyatlari bilan fark kiladiU`
Inson uzi anglagan zaruratga kura ongli xatti-xarakat kilish kobiliyatiga ega.
Odamning xayvondan ikkinchi farki uning kurollarni yaratishga va saklashga layokatli ekanligidir. Xayvonlar xam kurol yasashi mumkin, lekin ular kurolni odamlar singari birgalashib, jamoa bulib yasamaydi.
Inson psixik faoliyatining ajralib turadigan uchinchi belgisi ijtimoiy tajribaning biridan ikkinchisiga utkazilib turishidir.
Xis-tuygulardagi tafovut xayvon bilan inson urtasidagi turtinchi juda muxim tafovut bulib xisoblanadi. Xis-tuygu ikkisida xam bor. Fakat inson boshka kishining gam-gussasini va kuvonchini birgalikda baxam kura oladi, fakat odamgina tabiat manzaralaridan zavklanadi.
Inson psixikasining xayvon psixikasidan eng muxim farki ularning rivojlanish shart-sharoitlarida kurinadi. Agar xayvonlar psixakasining usishi biologik konunlar asosida ruy bersa. Inson tajribani uzlashtirmasdan, uziga uxshaganlar bilan mulokotda bulmasdan turib uning ongi rivojlanmaydi. Masalan, Amola va Kamola. Shunday ekan, inson ijtimoiy munosabatlar maxsulidir.
Diqqat psixologik noyob hodisa bo‘lib, hozirgacha ruhshunoslar u haqda yagona fikrga ega emaslar. Ba’zi bir mualliflarning fikriga ko‘ra, diqqat istalgan psixik jarayonda u yoki bu darajada ishtirok etganligi sababli, mustaqil hodisa sifatida o‘rganilishi mumkin emas. Boshqalar esa diqqatning psixik jarayon sifatida mustaqilligini yoqlaydilar.
Bundan tashqari, diqqatning psixik hodisalarning qaysi sinfiga tegishliligi haqida ham turli fikrlar mavjud. Ba’zilarning ta’kidlashiga ko‘ra, diqqat – bu psixik bilish jarayoni. Boshqalar diqqat har bir faoliyatning zarur sharti ekanligiga, diqqatning o‘zi esa ma’lum iroda kuchlarining ifodalanishini talab etishiga asoslangan holda, diqqatni iroda va insonning faoliyati bilan bog‘laydilar.[1]
Diqqat hodisasini tushuntirishning murakkabligi, uning «toza» ko‘rinishda uchramasligidan iborat. Diqqat o‘zining bilish mazmuniga ega emas, u faqat boshqa bilish jarayonlari faoliyatiga xizmat ko‘rsatadi. SHuning uchun diqqatni bilish jarayonlarining o‘sish xususiyatlarini xarakterlovchi holat, psixofiziologik jarayon sifatida o‘rganish zarur. Diqqat o‘zi nima?
Do'stlaringiz bilan baham: |