Tayanch tushunchalar
Ta’lim – bolalarni bilim va ko‘nikmalar bilan kurollantirish, ongiga va
xulqiga ta’sir etish, bilish faoliyatini rivojlantirish.
Tarbiya - bolalarga ilmiy bilimlar tizimini singdirish va buning natijasida har
tomonlama shakllangan kishini tarbiyalash
O‘quv dasturi – har bir o‘quv fanidan o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi
lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning mazmuni va hajmini belgilab
beruvchi o‘quv rejasiga muvofiq ravishda ishlab chiqilgan hujjat.
Bilim – ta’lim mazmunining asosiy elementi bo‘lib, o‘quvchilar tomonidan
atrof borliqdagi fan va hodisalarni, tabiat va jamiyatning rivojlanish qonuniyatlarini
bilib olish natijasidir.
Ko‘nikma – muayyan faoliyatni bajarish qobiliyatini ta’minlovchi metodlar
yig‘indisini egallash.
Do'stlaringiz bilan baham: |