Bo‘lib, «Maxsus pedagogika» fani namunaviy dasturi asosida yaratilgan


V.Bob.Zaif eshituvchi bolalar maktabi didaktikasi



Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/102
Sana13.09.2021
Hajmi2,41 Mb.
#173594
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   102
Bog'liq
Сурдопед янгиси

  
V.Bob.Zaif eshituvchi bolalar maktabi didaktikasi 
5.1. Zaif eshituvchi bolalarni o‘qitish mazmuni 
Zaif  eshituvchilar  maxsus  ta’limi  uzoq  davom  etuvchi  tarixga  ega. 
Eshitishni  yo‘qotgan  bolalar  bilan  olib  borilgan  ilmiy  izlanishlar  o‘qituvchi 
va  shifokor  tomonidan  yuzaga  keldi  (16-asr).  Bu  masala  karlik  va  kar-soqovlikni 
klinik  o‘rganish  bilan  hal  qilinar  edi.  Shuningdek,  eshitish  qoldig‘ini  rivojlantirish 
imkoniyatlari  ham  ko‘rib  chiqildi.  Zaif  eshituvchi  bolalar  maxsus  ta’limida 
eshitishning  pastligi  sababli  ulgurmovchi  o‘quvchilarga  katta  ahamiyat 
berilgan. 
Eshitishni  yo‘qotgan  bolalarni  kuzatib,  o‘qituvchi  ularga qarata aytilgan, 
turli  shovqin  va  tuzilishdagi  murojaatini  eshitishga,  lug‘at  boyligiga,  iboralar 
tuzishiga  e’tibor  bergan.  Ularning  nutqi  juda  sodda  bo‘lib,  fonetik  va  grammatik 
munosabatda  o‘ta  zaifligi  bilan  ajralib  turadi.  Ba’zi  surdopedagoglar  bunday 
bolalarni  kar-soqov  bolalardan  ajratib,  alohida  o‘qitishni  tavsiya  etganlar  (eshitish 
qoldig‘i  bilan  bog‘liq  holda).  Ba’zilari  esa  qulog‘i  og‘ir  bolalarning  nutqi 
yomonligini, tashqi ko‘rinishlarida nuqson kamligini hisobga olib kar-soqovlar bilan 
birga  o‘qitish  kerakligini  aytishgan.  3-toifa  pedagoglar  esa  bu  guruhdagi  bolalarda 
alaliya  nutq  nuqsoni  bor  deb  e’tirof  etishgan  (ular  nutqni  tushunishmaydi  yoki 
eshitishi  buzilganligi  tufayli  yomon  gapiradilar).  4-guruh  o‘qituvchilar 


89 
 
bolalarda  murakkab  nuqsonlarni  topishga  harakat  qilganlar:  afaziya  ko‘rinishida 
nutqning  buzilishi.5-toifa  o‘qituvchilar  bosh  sababini  eshitishning  pastligi  deb 
hisoblaganlar:  bolalarga  qaratilgan  nutqning  chuqur  shovqinda  bo‘lishida  ularning 
maxsus ta’limi muammosini amaliy jihatdan еchishi mumkin. 
Yomon  eshituvchi  va  qulog‘i  og‘ir  bolalarning  anomal  rivojlanishini  ko‘rib 
chiqib, ularni qanday maktabda o‘qitish kerakligi haqida turli fikrlar kelib chiqdi. Bu 
muammo  kar-soqov  o‘quvchilarni  yakka  o‘qitishdan  guruhli  o‘qitishga  o‘tishda 
yaqqol  namoyon  bo‘ldi.  Eshitishi  nuqsonli  bu  toifadagi  bolalar  uchun  birinchi 
muammo  13-asrning  ikkinchi  yarmida  G‘arbiy  Yevropada  va  19-asrning  boshlarida 
Rossiyada  ochildi.  Bizning  mamlakatimizda  ham  ularni  differensial  o‘qitish  turli 
usulda  hal  qilingan.  Maxsus  maktablar  tashkil  etilgunga  qadar  qulog‘i  og‘ir  bolalar 
ayrim  hollarda  ommaviy  maktablarda  ta’lim  olishar  edi.  Kar-soqov  bolalar  uchun 
maktablarning yuzaga kelishi ularning yomon eshituvchi  bolalar  bilan  bir  sinfda 
birga  o‘qish  imkoniyatini  shakllantiradi.  Lekin  bunday  bolalarning  ko‘pchiligi 
maktablarda o‘qitilmas edi. 
Kar-soqov o‘quvchilar  maktabida  eshitish  qoldig‘iga  ega  bo‘lgan  bolalar  ham 
uchrab  turar  edi.  Ularni  “eshitish  sinflari”  deb  atalgan  maxsus  sinflarga  ajratishga 
urinardilar.  Ilmiy  tasnifning  yo‘qligi  nutqiy  rivojlangan,  yaxshi  ulguruvchi  kar-
soqov o‘quvchilarning ham aralashib ketishiga olib keldi (maxsus ta’lim natijasida). 
“Eshitish  sinflari”dagi  ta’lim  jarayoni  kar-soqov  o‘quvchilar  ta’limidan  farq 
qilmasa-da,  eshitishi  saqlanib  qolgan  bolalar  o‘zlarining  potensial  imkoniyatlarini 
boshqara olishmasdi. 
19-asrning  oxirida  qulog‘i  og‘ir  o‘quvchilar  ommaviy  maktabdan  ajratib 
olindi.  Bu  esa  kutilgan  natijani  bermadi,  chunki  eshitishi  past  o‘quvchilar  uchun 
ta’lim  metodlari,  usullari,  tamoyillari  ishlab  chiqilmagan  edi.  Qulog‘i  og‘ir 
o‘quvchilarni labdan o‘qishga o‘rgatish to‘liq emas edi. Bu qiyinchiliklarga ommaviy 
maktab tarkibida qulog‘i og‘ir o‘quvchilarni komplektlash muammosi qo‘shildi. 
Qulog‘i  og‘ir  o‘quvchilarni  og‘ir  nutq  nuqsoniga  ega  bo‘lgan  bolalar 
bilan birga o‘qitish masalasi ham vujudga kelgan edi (alalik va boshqalar). Bunday 
maktablar  ba’zida  “eshitish  va  nutqida  nuqsoni  bor  bolalar  maktabi”  deb 


90 
 
yuritilar  edi.  Aqli  zaif  bolalar  maktabidagi  kabi  bu  maktabda  ham  bolalar  zarur 
rivojlanishni  qo‘lga  kirita  olmas  edilar  –  ularda  ta’lim  samarasiz  edi.  Zaif 
eshituvchilarning  asosiy  qismi  ommaviy,  kar-soqov  va  aqli  zaif  o‘quvchilar 
maktabida qolib ketishi davom etaverdi. 
19-20-asrlardagi urinishlar zaif eshituvchilar uchun 1-sinflarning ochilishiga 
sabab  bo‘ldi.  Zaif  eshituvchilarni  ajratib  o‘qitish  jarayoni  uzoq  davom  etsa-da, 
ulardagi  pedagogik  jarayon  ommaviy  maktab  pedagogik  jarayonidan  farq 
qilmas  edi.  O‘quv  rejasiga  kiritilgan  turli  o‘zgarishlar  maxsus  ta’lim 
muammosini hal qilib bera olmadi. 
Zaif  eshituvchi  bolalar  maktablarida  ta’lim  tuzilishini  aniqlash  uchun 
ta’lim-tarbiyaning umumiy va maxsus vazifalari hisobga olinadi. Bu vazifalar zaif 
eshituvchi bolalar rivojlanishi hamda nuqsonini bartaraf qilish uchun zarur bo‘lgan 
tamoyillar  bilan  uzviy  bog‘liqdir.  Zaif  eshituvchi  bolalar  maktablarida  maxsus 
vazifalar  katta  ahamiyatga  ega.  Zaif  eshituvchi  bolalar  maktablaridagi  ta’lim 
tuzilishi maxsus o‘quv rejalari dasturlari va darsliklarda ajratib ko‘rsatiladi hamda 
o‘rta maktab ta’lim tuzilishi bilan quyidagi tomonlari o‘xshashdir: 
-  zaif 
eshituvchilarga 
beriladigan 
ta’lim 
o‘rta 
umumta’lim 
maktablardagi kabi olib boriladi; 
-  o‘quv  dasturlari  va  rejalarida  fanni  xususiyatlarini  hisobga  olib, 
izchillik  tamoyili  amalga  oshiriladi  (ba’zi  fanlar  avvalroq,  boshqalari  kechroq, 
ayrimlari esa keyinroq o‘rganiladi ); 
-  maxsus  maktablardagi  ta’lim  o‘rta  maktablardagi  kabi  xalq  ta’limi 
tizimining uzluksizlik tamoyili asosida tashkil etiladi; 
-  dasturlar tuzilishi asosiy didaktik tamoyillarga mos keladi. 
Dasturlar  o‘quvchilarning  yosh  xususiyatlarini  hisobga  olgan  hodda  tuziladi. 
Alohida dasturlar fanlarning ichki va o‘zaro aloqasini ta’minlaydi. 
Shuningdek,  maxsus  maktablarda ta’lim  tuzilishi  mehnatga tayyorgarlik, 
eshituv  qobiliyatini  rivojlantirishni  hisobga  olgan  holda  ishlab  chiqiladi.  Bunday 
vaziyatlarda  zaif  eshituvchi  bolalar  maktabida  o‘quv  reja  dasturlari  quyidagi 
xusisiyatlarga ega bo‘ladi. 


91 
 
1.  3aif  eshituvchi  bolalar  maktabi  o‘zining  tuzilishi  bilan  birga  uch  xil 
turdagi  o‘quv  rejasiga  ega  bo‘ladi:  I  bo‘lim  uchun,  II  bo‘lim  uchun,  yordamchi 
sinflar uchun. 
I  bo‘lim  uchun  o‘quv  rejasida  11  yil  (0-10-sinflar)  davomida  o‘quvchilarga 
beriladigan o‘rta ta’lim nazarda tutiladi. 
II bo‘lim uchun o‘quv rejasida 13 yil (0-12-sinflar) davomida o‘quvchilarga 
beriladigan o‘rta ta’lim nazarda tutiladi. 
Yordamchi  sinflarga  ajratilgan  o‘quv  rejasi  9  yil  davomida  boshlang‘ich 
maktablardagi  umumta’limiy  hamda  maktabni  yakunlashda  mustaqil  mehnat 
faoliyatiga kasbiy tayyorgarlikni ta’minlaydi. 
2.  Fanlarning  o‘quv  rejasiga  kiritilish  ketma-ketligi,  o‘qish  yillari  va 
muddati  o‘quvchilarning  nutqiy  va  aqliy  rivojlanishiga  bog‘liq  holda  tashkil 
qilinadi. 
3.  Zaif  eshituvchi  bolalar  maktablaridagi  o‘quv  rejalari  o‘rta  maktab 
o‘quv  rejalaridagi  bo‘lim  va  fanlarni  o‘z  ichiga  oladi:  talaffuz  va  eshituv 
qobiliyatini  rivojlantirish  bo‘yicha  yakka  ish,  musiqali-ritmik  mashg‘ulotlar 
(yordamchi sinflarda). 
4.  Zaif  eshituvchi  bolalar  maktabining  o‘quv  rejasida  “Ona  tili”  o‘quv 
fani  katta  ahamiyatga  ega  bo‘lib,  bu  fan  maxsus  maktablarda  o‘rta 
maktablardagi  kabi  atalsa-da,  lekin  uning  tuzilishi,  vazifalari,  yo‘nalishi, 
tamoyillari  jihatidan  ma’lum  xususiyatlarga  ega.  Maxsus  maktablarda  bu 
fanning  o‘rganilishi  birinchi  o‘rinda  o‘quvchilarning  aqliy  va  sensor 
rivojlanish  hamda  nutqiy  tayyorgarligini  ta’minlaydi.  Uni  o‘rganish  uchun  vaqt 
ko‘proq ajratiladi. Bu fan bilan “tevarak-atrof bilan tanishish”, “eshituv qobiliyatni 
rivojlantirish”, “talaffuzga o‘rgatish” fanlari uzviy bog‘liqlir. 
5.  3aif  eshituvchi  bolalar  maktabining  o‘quv  rejasida  matematika, 
tevarak-atrof  bilan  tanishish,  tarix,  tabiatshunoslik  va  boshqa  fanlarni 
o‘rganish  uchun  vaqt  ajratilgan.  Bu,  birinchi  navbatda,  nutqiy  xususiyat 
qiyinchiliklarini bartaraf qilish bilan bog‘liq. 
6.  Zaif  eshituvchi  bolalar  maktabining  asosiy  vazifasi  o‘quvchilarni 


92 
 
mehnatga  faol  qatnashishga  tayyorlashdan  iborat.  Shuning  uchun  o‘quv  rejasiga 
“mehnat ta’limi” fani kiritilgan. 
Matematika,  tabiat  haqidagi  bilim  va  boshqa  bilimlarning  asosiy 
xususiyatlari  shundaki,  ularning  har  biri  o‘rganilayotgan  material  bilan  hamkorlikda 
nutqiy  rivojlanishni  ko‘rib  chiqadi.  Birinchi  bo‘limning  o‘quvchilari  o‘rta 
maktabning  dastur  va  darsliklari  bilan  ta’lim  olishadi.  Ikkinchi  bo‘lim 
o‘quvchilari 1-3-sinflarda maxsus  darslar  bo‘yicha  o‘qitiladi.  Bu  darsliklarda 
lingvistika,  tafakkur  va  nutq  psixologiyasi,  umumiy  didaktika,  ikkinchi  tilga 
o‘rganish  metodikalari,  shuningdek,  o‘rta  maktablardagi  nutqni  rivojlantirish 
metodikasi asoslari o‘rin olgan. 

Download 2,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish