Bo‘lib, «Maxsus pedagogika» fani namunaviy dasturi asosida yaratilgan


Fan  asoslarini  o‘qitishning  so‘zli  metodlari



Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/102
Sana13.09.2021
Hajmi2,41 Mb.
#173594
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   102
Bog'liq
Сурдопед янгиси

Fan  asoslarini  o‘qitishning  so‘zli  metodlari.  Hikoya  –  kar  o‘quvchilarning 
bilimlarni muayyan tizimda o‘zlashtirishlariga ko‘maklashadigan amaliy materialni 
jonli,  obrazli,  emotsional  bayon  qilishdir.  Surdopedagog  so‘zi  kar  o‘quvchilar 
bilimlarining muhim manbaidir. Hikoyaning qimmatliligi shundaki, qisqa vaqt ichida 
o‘qituvchi kattagina  hajmli  ma’lumotlarni berishi  mumkin. O‘qitish  metodi sifatida 
hikoya  o‘quvchilarning  bilimlarini  yangi  amaliy  material  bilan  to‘ldirish  zarur 
bo‘lganida qo‘llaniladi. Ushbu metod barcha sinflarda jami o‘quv fanlarini o‘qitishda 
ishlatiladi.O‘qituvchining  nutqiga  qo‘yiladigan  talablar  nihoyatda  muhimdir.  U 
artikulyatsiyaga  zo‘r  bermasligi,  yuzi  yaxshi  yoritilgan,  nutqi  aniq;  ifodali, 
ravon,  barcha  orfoepiya  me’yorlariga  rioya  qilingan  bo‘lishi  kerak.  O‘qituvchining 
nutq  sur’ati  nutqiy  material  xususiyati  va  o‘qitish  bosqichiga  bog‘liq  bo‘ladi. 
Kichik yoshdagi bolalar sinflarida hikoyadan foydalanilganda surdopedagogning 
nutqi  me’yordan  sekinlashgan,  aniq,  lekin  tabiiy  artikulyatsiyali  bo‘lishi 
darkor. O‘quvchilarning ko‘rib, eshitib qabul qilish ko‘nikmalari rivojlanib borgan 
sayin o‘qituvchining nutqi so‘zlashuv sur’atiga ega bo‘la boradi. 
Tushuntirish  –  so‘zli  metodi  ishlatilishi  jarayonida  hodisalar  qonuniyatlari 
ochib  ko‘rsatiladigan,  sabab-oqibat  bog‘lanishlari  aniqlanadigan  so‘zli  metoddir. 
O‘qituvchining  tushuntirishida  hamisha  mulohaza,  isbot  va  xulosalar  ko‘p  bo‘ladi. 
Uning  tushuntirishi  o‘qitilayotgan  hodisalar  va  qonun-qoidalar  mohiyatini  ochib 
berishga  qaratilgan.  Tushuntirish  o‘quvchilarning  faol  fikrlash  faoliyatini  nazarda 


82 
 
tutadi.  Bunda  o‘quvchilarning  mustaqilligi,  ularning  kitob  bilan,  ko‘rgazmali  va 
didaktik  material  bilan  ishlay  olishi  muhimdir.Pedagog  vazifasi  –  zaruriy  yordam 
ko‘rsatgan holda karlarning amaliy va fikrlash faoliyatiga moxirlik bilan boshchilik 
qilishdir.  Tushuntirish  fan  asoslarini  o‘qitish  metodi  sifatida  maktab  amaliyotida 
hikoya, suhbat, ko‘rgazmali va amaliy metodlar bilan birga ko‘riladi. 
Suhbat.  Monologik  bayondan  farqli  ularoq,  suhbat  dialogik  so‘zlashuv 
metodidir.  Uning  qimmati  shundaki,  u  surdopedagogga  o‘quvchilar  faoliyatini  ancha 
faollashtirishga  imkon  beradi.  Mulokotning  savol-javob  shakli  kar  o‘quvchilarda 
dialogik  nutqni  shakllantirishga  ko‘maklashadi.Suhbat  turlicha  pedagogik  maqsadlar 
bilan  o‘tkazilishi  mumkin.  Shunga  ko‘ra,  uning  xususiyati  va  o‘tkazish  uslubiyati 
o‘zgaradi.  Jumladan,  surdopedagog amaliyotida kirish suhbati  keng  qo‘llaniladi.  Shu 
jarayonda  surdopedagog  kar  bolalardagi  bilimlar  darajasi,  hajmi  va  xususiyatlarini 
aniqlaydi. Bunday qilish keyingi ishlar uchun va materiallarni o‘qitish metodlarini 
belgilash  uchun  boshlang‘ich  nuqta  bo‘ladi.  Kirish  suhbati  kar  o‘quvchilarning 
ilgari  o‘zlashtirgan  bilimlarini  dolzarblashtirish  va  ularni  yangi  materialni  qabul 
qilishga  tayyorlashga  yordam  beradi.Suhbat  o‘tkazishda  surdopedagogning 
savollarni  tanlashi  va  ta’riflashi  eng  qiyini  hisoblanadi.  Savollar  kar  o‘quvchilar 
haqiqiy 
bilimlarini 
aniqlashgagina 
emas, 
balki 
hodisalarning 
sababiy 
bog‘lanishini,  o‘zaro  aloqadorligini  tushunib  olishga,  ularning  mohiyatini 
anglashga 
qaratilishi 
lozim. 
Bu 
esa 
o‘quvchilarni  evristik  izlanishga 
rag‘batlantiradi.Suhbat  boshqa  metodlar:  suhbatga  kiritsa  bo‘ladigan  hikoya, 
suhbatga 
qo‘shimcha  qilinadigan  namoyish  va  hakozolar  bilan  uzviy 
bog‘langandir.  Xususiyatiga  ko‘ra  suhbat  axborot  –  reseptiv,  reproduktiv  yoki 
izlanish  metodlariga  kiritilishi  mumkin.  Uni  o‘tkazishning  mantiqiy  yo‘li  ham 
turlicha  bo‘lishi  mumkin.Suhbat  usulidan  foydalanganda  kar  bolalar  fikrlash 
faoliyatining  kuchayishi  bilan  bir  qatorda  ularda  nutqni  ko‘rib  qabul  qilish 
ko‘nikmalarini  shakllantirish,  eshitib  qabul  qilishni  rivojlantirish,  shuningdek, 
nutqning to‘g‘ri talaffuzi ustida ishlash uchun qulay sharoitlar yaratiladi. 

Download 2,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish