7.3. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni tarbiyalash metodlari
Tarbiya metodlari deganda, har tomonlama barkamol shaxsni
shakllantirish maqsadida bolaning ongi, his-tuyg‘ulari, irodasi, xulq-atvori va
munosabatlari tizimiga ta’sir ko‘rsatish metodlari tushuniladi.
Tarbiyalash masalalari, turli metodlarni qo‘llash yordamida amalga
oshiriladi. Umumiy va maxsus pedagogika orqali turli metodlarni tasniflashga
harakat qilib ko‘rilgan. Umumiy pedagogikada, masalan, ishontirish, o‘qitish,
mashq bajartirish, jamoa bo‘lib ishlash jarayonida tarbiyalash, ya’ni tarbiyalash
vaziyatini yaratish kabi metodlar bilan bir qatorda, qo‘llab-quvvatlash,
qoralash, rag‘batlantirish, jazolash va x.k. metodlar o‘rin olgan.
Surdopedagogikada tarbiyalash metodlari quyidagicha guruhlangan:
o‘quvchilarning xulqini tarbiyalash metodlari, o‘quvchilarning ongini
tarbiyalash metodlari, rag‘batlantirish va jazolash metodlari.
O‘quvchilarning xulqini tarbiyalash metodlariga o‘qitish, mashq
bajartirish, jamiyatga nafi tegadigan ishlarni va o‘yinlarni tashkil etish, taqlid
qilish asosida ijobiy odatlarni tarbiyalash, pedagogik talablarni qo‘ya bilish
kabilar kiradi.
Ko‘p yillik tajriba shuni ko‘rsatyaptiki, o‘quvchilarning xulqini
164
tarbiyalashda keng qo‘llanayotgan metod bu ularning jamoa faoliyatlarini
maqsadli tashkil etishdir. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning ongiga xulq
va ijobiy odatlarni singdirish, ko‘p marotabalab misollarda xulqni ko‘rsatish
yo‘li bilan hamda pedagogning birgalikda amalga oshiriladigan ishlar jarayoni
misolida ko‘rish mumkin.
Bolalarning ish faoliyatlari ularning yoshlariga muvofiq holda
bo‘lishiga, ayniqsa, ko‘proq ahamiyat berish lozim. Shuning uchun turli
o‘yinlarning tarbiyaviy ahamiyatini inobatga olgan holda bu o‘yinlarni kundalik
va jamiyatga nafi tegadigan ishlar bilan almashtirib turish kerak. Jamoat ishlari
shunday tashkillashtirilishi kerakki, unda bolalar bajarayotgan ishlarini ongli
ravishda qilayotganliklarini, mehnat natijalarini ko‘rib undan shod bo‘lib,
zavqlanayotganliklarini bilishi darkor.
Ko‘pgina mutaxassislar pedagogik talablarni qo‘ya bilish metodining
effektivligiga ko‘proq ahamiyat beradilar. Talablar shakliga ko‘ra:
yo‘naltirilgan (buyruq) va ikkilamchi (iltimos, ma’qullash, ishonch
bildirish, maslahat, aybdor qilish, ishonchsizlik bildirish, xavf solish ) holda
bo‘ladi. Mutaxassislarning fikricha, eng tarbiyaviy samara, talablarni
moxirona ketma-ket ishlata bilishdan hosil bo‘ladi. Tajribalardan ma’lum
bo‘lishicha, o‘quvchilar talablarga hissiy javob berib, xulq me’yorlarini
tezda o‘zlashtirib oladilar
66
.
Yuqorida qayd etilganidek, tarbiya metodlari – bu shaxsning ijobiy
tomonlari shakllanishiga, pedagoglarning tarbiyalanuvchilarga ta’sir qiluvchi
yo‘l-yo‘riqlaridir. Tarbiya metodlarini tasniflashda turli xil yondashuvlar
mavjud.
Eshitishida
nuqsoni
bo‘lgan
bolalarning
rivojlanish
xususiyatlarini hisobga olgan holda tarbiya metodlarining quyidagi tasnifi qabul
qilingan.
Axborotlar metodi: (o‘quvchilarga axloq metodlari, normalari haqida
66
Embracing Diversity: Toolkit for Creating Inclusive, Learning-Friendly Environments
Specialized Booklet 3 Teaching Children with Disabilities in Inclusive Settings Published in
2015 by the United Nations Educational, Scientific and Cultural Organization 7, place de
Fontenoy, 75352 Paris 07 SP, France
165
ma’lumot berish, epik tushunchalar kiradi) Bunga suhbat, hikoya, tushuntirish,
filmlar ko‘rish, misol keltirish, pedagogik talablar kiradi.
Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun informasion metod
murakkab hisoblanadi, chunki bu metod so‘zlashuv nutqida asoslangandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |