Bolaning rivojlanishida o‘yinchoqlarning ahamiyati Reja



Download 121,46 Kb.
bet23/24
Sana02.08.2021
Hajmi121,46 Kb.
#136150
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
O‘rgimchak to‘ri. Bu jihoz yarim aylana shaklida kesilgan ikki juft quvurning bir-biriga yopishtirilgan va har ikkala juft quvurlarning o‘rtasida ularni bog‘lab turuvchi quvurlar payvandlangan bo‘ladi. Jihozning umumiy ko‘rinishi ag‘darilgan piyolani eslatadi. Turniksimon ko‘rinishda qator payvandlangan quvurlarga bolalar osilib o‘ynashi natijasida ularning bilak quvvati ortadi, tepalikka ko‘tarilib borgan sari ular o‘z kuchlarini hisoblashga va qanchalik darajada balandlikka yetib bora olishlarini sinab ko‘radilar.

Qumxona. Taxminan 1,5 x 1,5 metr yoki 2,0 x 2,0 metr kenglikdagi maydon yog‘och to‘siq bilan o‘ralib, uning o‘rtasiga qum to‘kiladi. Yog‘och to‘siq o‘tkir qirrali bo‘lmasligi kerak. Qumxonada o‘tkaziladigan o‘yinlar bolalarning mushohada qobiliyatini rivojlantiradi. U yerda qumdan yasaladigan imoratlar, inshootlar va turli ko‘rinishdagi minoralar ulardagi ijodiy qobiliyatni rivojlantirishga xizmat qilishi mumkin. Qumxonada foydalaniladigan chelakcha, xokandozcha, avtomashina va boshqa o‘yinchoqlar bolalarning o‘zlarida bo‘ladi va ularning fantaziyasidan kelib chiqib turli o‘yinlar o‘tkazilishi mumkin.

Sirpanchiq. Odatda metall yoki plastmassadan tayyorlanadigan sirpanchiq bolalarning eng sevimli snaryadi hisoblanadi. Sirpanchiqning tepasiga chiqib olish uchun esa narvon va undan yiqilib ketmaslik uchun qo‘l bilan ushlab chiqiladigan to‘siq ham bo‘lishi kerak. Sirpanchiqning pastki qismiga, odatda, bir oz qum to‘kib qo‘yiladi va bu bolalarning yerga qattiq urilmasligini, agar yiqilib tushsa ham jarohat olmasliklarini ta’minlaydi.

Turnik. Bolalarning qo‘l muskullarini rivojlantirish, ularda muallaq turish ko‘nikmalarini hosil qilish uchun xizmat qiladigan turniklar bolalar maydonchalarida turli shakllarda va turlicha balandliklarda bo‘lishi zarur. Eng sodda hisoblangan bu snaryad, odatda, boshqa jihozlarga xalaqit bermaydi.

Narvon. Bolalar maydonchalaridagi narvonlar oddiy narvonlardan yerga mahkamlanganligi, ko‘chmasligi va bir necha qatorligi bilan farqlanadi. Uch-to‘rt qatorli narvonlar bir tarafdan bir necha bolaning bir paytda shug‘ullanishi uchun sharoit yaratishidan tashqari, bolalar o‘rtasida kim birinchi bo‘lib narvonning tepasiga yetib borishi bo‘yicha musobaqalarni ham tashkil etish imkonini beradi.

O‘rindiqlar. Bolalar maydonchasida bolalar bilan bir qatorda kattalar uchun ham xizmat qiladigan jihozlardan biri o‘rindiqdir. Bolalar maydonchalaridagi o‘rindiqlarning balandligi boshqa joylarda kattalar uchun mo‘ljallangan o‘rindiqlardan pastroq bo‘ladi. Odatda bolalar maydonchalari o‘rindiqlari juda sodda, to‘rtta yog‘och yoki metall oyoq ustiga joylashtirilgan bir nechta taxtadan iborat bo‘ladi. O‘tirgich sifatida ishlatiladigan taxtalar silliqlangan, o‘tkir qirralari yo‘nilgan va albatta bo‘yalgan yoki laklangan bo‘lishi talab etiladi.

Karusel. Bolalar maydonchalariga o‘rnatiladigan karusellar o‘zining sodda konstruksiyasi va hajmining kichikligi bilan bog‘larda o‘rnatiladigan karusellardan farqlanadi. Bu karusellarda o‘tirgichlar bo‘lmaydi va bolalar unda tik turgan holda aylanadilar. Shu bilan birga, karusellar elektr quvvati bilan emas, kattalarning yoki bolalarning jismoniy harakatlari evaziga harakatlanadi. Bolalar maydonchalari karusellari bitta podshipnikka o‘rnatilgan o‘q (aksariyat hollarda yo‘g‘onroq temir quvur) va unga payvandlangan yuza qismdan iborat bo‘ladi. Aylana shaklidagi yuza qismning ustki tomonida bolalarning tushib ketmasligi uchun to‘siq va karuselni aylantirish uchun tirgaklar bo‘ladi. Bu jihoz bolalarning muvozanatlashtirish malakalarini rivojlantirishga, boshi tez aylanadigan bolalarning jismoniy quvvatini oshirishga, bolalarning balandlikka ko‘nikishiga xizmat qiladi.


Download 121,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish